Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Kimyoviy bog‘lanish turlari


Download 1.22 Mb.
bet22/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Kimyoviy bog‘lanish turlari


Kimyoviy elementlar orasidagi bog‘lanishni bilish kimyo- ni o‘rganuvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ana shundagina kimyoviy birikmalarning turli-tumanlik sabablarini, ularning hosil bo‘lish mexanizmini, tuzilishini va reaksiyaga kirisha olish xususiyatlarini tushunib olish mumkin bo‘ladi. Kimyoviy elementlar atomlarini o‘rganish asosida atom- ning tashqi energetik pog‘onasida bittadan sakkiztagacha elektron bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Agar atomning tashqi pog‘onasidagi elektronlar soni shu pog‘ona sig‘dira oladigan eng ko‘p elektronlar soniga teng bo‘lsa, u holda bunday pog‘ona tugallangan pog‘ona deyiladi. Tugallangan pog‘onalar juda mustahkamligi bilan tugallanmagan pog‘onadan farq qiladi. Nodir gazlar atomlarining tashqi pog‘onalari ana


shunday tugallangan pog‘onalardan iboratdir.
Kimyoviy elementlar o‘zaro bog‘lanish tabiatiga qarab
kovalent, ionli, metall va vodorod bog‘lanishlarga bo‘linadi. Kimyoviy bog‘lanish xususiyati atomlarning tabiatiga,
ya’ni ularning tuzilishi va xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Kimyoviy bog‘lanishning xususiyatlari ko‘p jihatdan elektrmanfiylik deb ataluvchi atomlarning xossalariga bog‘liq bo‘ladi.
Kimyoviy element atomi o‘zining sirtqi qavatini tugallash uchun boshqa atomlardan elektronlar tortib olish xossasi elektrmanfiylik deb ataladi.
Elementlar elektrmanfiyligi ularning davriy jadvaldagi o‘rinlariga bog‘liq bo‘ladi. Kimyoviy elementning atomi sirtqi elektronlarini qancha puxta ushlab tursa va boshqa atomlardan elektronni qanchalik kuchli tortsa, bu element shuncha ko‘proq elektrmanfiy bo‘ladi. Ammo bizga ma’lumki, davrlarda element tartib raqamining ortib borishi asosiy gruppachalarda element tartib raqamining kamayishi bilan atomlardan elektronlar tortib olish tobora qiyinlashadi, qo‘shimcha elektronlar biriktirib olish esa tobora osonlashadi. Demak,
davrlarda elementlarning elektrmanfiyligi chapdan o‘ngga tomon, bosh gruppalarda esa pastdan yuqoriga tomon ortib boradi. Shu sababli kimyoviy elementlar ichida eng elektr- manfiysi ftordir. Ftor davriy jadvalning (inert gazlar hisobga olinmaganda) yuqorigi o‘ng burchagini ishg‘ol etadi, bino- barin, u har qanday boshqa elementga qaraganda yo yuqorida o‘ngda, yoki ham yuqorida, ham o‘ngda joylashgan. Shuning uchun ftorning barcha boshqa elementlar bilan (tartib raqam- lari katta inert gazlar bilan ham) birikishida ftor atomlari shu elementlarning atomlaridan elektronlarni o‘ziga tortadi.
Ftordan chaproqda kislorod joylashgan. Kislorod ham o‘zining ftor bilan hosil qilgan birikmalaridan tashqari boshqa barcha birikmalarida faqat manfiy oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Ftordan boshqa metallmaslarning atomlari qaysi element bilan birikishiga qarab, musbat oksidlanish darajasini ham, manfiy oksidlanish darajasini ham namoyon qila oladi.
Kimyoviy elementlar elektrmanfiyligining ortib borishi tartibida quyidagicha qatorga terilishi mumkin:
Si, As, H, P, Se, I, C, S, Br, Cl, N, O, F.
Kimyoviy elementlar bir-biri bilan birikishida elektronlar shu qatorda chaproqda turgan element atomidan o‘ngroqda turgan element atomiga tomon siljiydi.
Kimyoviy bog‘lanishlarni turlicha ifodalash qabul qilingan:

      1. elementning kimyoviy belgisiga qo‘yilgan nuqtalar ko‘rinishidagi elektronlar yordamida. Bunda vodorod moleku- lasining hosil bo‘lishini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin:

H + H  H : H

      1. kvant katakchalar (orbitallar) yordamida, bunda qarama-qarshi spinli ikkita elektronning bitta molekular kvant katakchada joylashuvi sifatida ko‘rsatiladi:



1 s1 1 s1
H H H H H


yoki
+


H2
Chap tomonda joylashgan molekular-energetik pog‘ona boshlang‘ich atom pog‘onalariga qaraganda past va, binobarin, moddaning molekular holati atom holatiga nisbatan barqaror ekanligini ko‘rsatadi;

      1. ko‘pincha, ayniqsa, organik kimyoda kovalent bog‘la- nishning elektronlar jufti chiziqcha (shtrix) bilan tasvirlanadi (masalan, H—H).

Kimyoviy bog‘lanish har qaysi atomning juftlashmagan elektroni hisobiga hosil bo‘ladi. Juftlashmagan elektronlar bog‘lanib, umumiy elektronlar juftini hosil qiladi, u taqsim- langan juft ham deyiladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling