Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet2/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

SO‘ZBOSHI


Kimyo tabiiy fanlar qatoriga kiradi. U moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va o‘zgarishlarini, shuningdek, bu o‘zgarishlarda sodir bo‘ladigan hodisalarni o‘rganadi.
Kimyoning vazifalaridan biri — moddalarni, ularning xossalarini o‘rganish va moddalardan xalq xo‘jaligida qanday maqsadda foydalanish mumkinligini oldindan aytib berishdir. Masalan, aluminiy moddasini shunday ta’riflash mumkin. Aluminiy — kumushsimon oq rangli metall. U 660°C da suyuqlanadi, juda plastik, elektr o‘tkazuvchanligi jihatdan oltin, kumush va misdan keyin turadi.
Kimyoning ikkinchi vazifasi — xalq xo‘jaligida zarur bo‘ladigan turli xil moddalar olish, masalan, turli xil plast- massalar, mineral o‘g‘itlar (superfosfat, ammiakli selitra va boshqalar), dori-darmonlar (aspirin, streptotsid va boshqalar) va hokazo. Bu moddalar turli xil kimyoviy o‘zgarishlar yo‘li bilan olinadi.
Demak, kimyo — moddalar, ularning xossalari, modda- larning o‘zgarishlari va bu o‘zgarishlarda bo‘ladigan hodisalar haqidagi fandir.
Ilmiy-texnika taraqqiyotida kimyoning ahamiyati katta. Bundan tashqari, kimyo xalq xo‘jaligining hamma sohalariga kirib bormoqda, foydali qazilmalar qazib olish, metallar va xalq xo‘jaligida zarur bo‘lgan metallarning qotishmalarini yaratishda kimyo yutuqlaridan keng foydalanilmoqda. Qishloq xo‘jaligining mahsuldorligi ham ko‘p jihatdan kimyo sanoatiga bog‘liq. Mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni zararkunandalardan hi- moya qilish vositalari kimyo sanoatining mahsulotlaridir. Qu- rilish materiallari, sintetik gazlamalar, plastmassalar, bo‘yoqlar, yuvish vositalari, dori-darmonlar ishlab chiqarishda ham kimyoning muhim roli bor.
Kimyo fizika, geologiya va biologiya kabi tabiiy fanlar bilan uzviy bog‘langan. Kimyo bilan geologiya o‘rtasida geokimyo fani vujudga keldi. Kimyo bilan biologiya orasida tirik organlarda

4

sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlarni o‘rganadigan bioanor- ganik, bioorganik va biologik kimyo fanlari tarkib topdi.


Darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida yozildi. Mualliflar darslikning yaratilishida o‘zlarining qimmatli maslahatlari bilan yaqindan yordam bergan kimyo fanlari doktori, professor, akademik M. A. Asqarov va texnika fanlari doktori, professor S. S. Qosimovalarga chuqur minnatdorchilik
bildiradilar.









    1. Download 1.22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling