Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Kimyoviy elementlarning belgilari
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy formulalar.
Kimyoviy elementlarning belgilari. Kimyoda moddalarning tarkibini va ular orasidagi kimyoviy reaksiyalarni bayon qi-
lishni osonlashtiradigan til — kimyo tili bor. Endi shu tilning „alifbosi“ — elementlarning kimyoviy belgilari bilan tanishib chiqamiz. Har bir kimyoviy element o‘zining maxsus belgisi bilan ifodalanadi. Kimyoviy belgi, element lotincha nomining bosh harfi yoki bosh harfi bilan keyingi harflaridan biri orqali ifodalanadi. Masalan, lotincha Hidrogenium (gidrogenium) deyiladigan vodorod — H harfi bilan, simob Hidrargirum — (gidrar- girum) Hg harfi bilan, kislorod — Oxigenium (oksigenium) O harfi bilan belgilanadi va hokazo. Bunda H belgisi vodorod elementini ham, vodorodning bitta atomini ham bildiradi. O harfi kislorod elementini ham, kislorodning bitta atomini ham bildiradi va hokazo. Kimyoviy formulalar. Moddaning tarkibini kimyoviy belgilar bilan ifodalash moddaning kimyoviy formulasi deyiladi. Oddiy moddaning kimyoviy formulasini yozish uchun avval ele- mentning kimyoviy belgisi yoziladi va uning o‘ng tomonining pastiga moddalar molekulasidagi atomlar sonini ko‘rsatuvchi indeks deb ataladigan raqam yozib qo‘yiladi. Masalan, kis- lorod va vodorod molekulalari ikki atomdan iborat, shu sababli ularning tarkibi O2, H2 formulalar bilan ifodalanadi (o-ikki, ash-ikki deb o‘qiladi). Murakkab moddaning formulasini yozish uchun modda qanday kimyoviy elementlardan tuzilganligini va uning molekulasida har qaysi elementning nechtadan atomi borligini bilish lozim. Avval kimyoviy elementlarning belgilari, so‘ngra belgining o‘ng tomoni pastiga indekslar yoziladi. Masalan, ikki atom vodorod va bir atom kisloroddan iborat suv molekulasi H2O formula bilan ifodalanadi va ash-ikki o deb o‘qiladi. Molekula ayni moddaning eng kichik zarrachasi sifatida qaralgani sababli molekula tuzilishiga ega bo‘lmagan qattiq moddalarda atomlarning son nisbatlari kristalldagi, masalan, FeS dagi kabi bo‘lgan eng oddiy majmuyi molekula deb qabul qilinadi. Moddaning kimyoviy formulasiga qarab ayni modda oddiy yoki murakkab modda ekanligini, u qanday elementlardan hosil bo‘lganligini, uning molekulasi tarkibiga har qaysi elementning nechtadan atomi kirganligini ayta olamiz. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling