Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Moddaning molyar massasi — uning bir molining massa- sidir


Download 1.22 Mb.
bet8/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Moddaning molyar massasi — uning bir molining massa- sidir.


Molyar massa, odatda, bir molga to‘g‘ri keladigan gramm- lar (g/mol) bilan ifodalanadi. Masalan, M (H2)=2 g/mol;
M (FeS) = 88 g/mol; M(Fe)=56 g/mol; M(S)=32 g/mol.
Molyar massa atom va molekulalarning massalari (m.a.b.da) hamda nisbiy atom va molekular massalar bilan son jihatdan mos keladi. Masalan, temir bilan oltingu- gurtning reaksiya tenglamasidan quyidagi ma’lumotlarni olamiz:
Fe + S = FeS
1 mol 1mol 1mol 56 g/mol 32 g/mol 88 g/mol
Moddaning massasi va miqdori orasidagi nisbatdan foydalanib, amalda muhim bo‘lgan masalalarni yechish mumkin.
Moddaning ma’lum miqdoriga ko‘ra massasini hisoblab topish. Oltingugurt bilan reaksiyada 0,5 mol temir ishtirok etadi. Reaksiya uchun olinishi lozim bo‘lgan temirning massasini aniqlang. Quyidagi formuladan foydalanamiz:
Yechish.
M = m ; m = M · n
n


m = 56 g/mol•0,5 mol = 28 g
Javobi: 28 g temir.
Moddaning ma’lum massasiga ko‘ra miqdorini hisoblab topish. Masala: Reaksiya natijasida 22 g temir (II) sulfid olindi. Bu massaga temir (II) sulfidning qancha miqdori to‘g‘ri keladi?
Yechish. M (FeS)=88 g/mol. Quyidagicha mulohaza yuritiladi:
88 g FeS 1 molga to‘g‘ri keladi.
22 g FeS n molga to‘g‘ri keladi.
88 g : 22 g=1 mol : x mol.

22 1


x
88

= 0,25





x = 0,25 mol FeS
Moddaning kimyoviy formulasi asosida elementlarning massa ulushlarini ham hisoblab topish mumkin. Elementning massa ulushi deganda, element atomlari massasining molekula massasiga nisbati tushuniladi va, odatda, birlikning ulush- larida yoki foizlarda ifodalanadi.
Agar suv molekulasining massasi 18 m.a.b. va uning tarkibidagi vodorodning massasi esa 2 m.a.b., kislorodniki —
16 m.a.b. bo‘lsa, suvdagi vodorod va kislorodning massa ulushi:
2 m.a.b. = 0,11 yoki 11%
18m.a.b.


16m.a.b. = 0,89 yoki 89%
18m.a.b.
Har qanday miqdor suvning tarkibi 89% kislorod bilan 11% vodoroddan iborat. Shunday qilib, kimyoviy formula:

Kimyoviy formula asosida:

  • moddaning nisbiy molekular massasini va molekulasi- ning m.a.b. dagi massasini;

  • moddadagi elementlarning massa ulushlarini (foiz hiso- bida) hisoblab topish mumkin.


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling