Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Modda tarkibining doimiylik qonuni


Download 1.22 Mb.
bet10/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Modda tarkibining doimiylik qonuni. Tarkibning doimiylik qonuni kimyoning asosiy qonunlari qatoriga kiradi: har qanday toza modda olinish usulidan qat’i nazar, o‘zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega bo‘ladi.
Masalan, uglerod (IV) oksid (karbonat angidrid) CO2 ning tarkibini ko‘rib chiqamiz. U uglerod bilan kislorod- dan tarkib topgan (sifat tarkibi). CO2 da uglerodning miqdori
22,27 %, kislorodniki — 72,73 % (miqdoriy tarkibi).
Atom-molekular ta’limot tarkibning doimiylik qonunini tushuntirishga imkon beradi. Atomlarning massasi o‘zgarmas bo‘lganligi sababli moddaning massa tarkibi ham umuman o‘zgarmas bo‘ladi.
Kimyoning rivojlanishi shuni ko‘rsatadiki, o‘zgarmas tarkibli birikmalar bilan bir qatorda, o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar ham bo‘lar ekan. N.S.Kurnakovning taklifiga ko‘ra, o‘zgarmas tarkibli birikmalar daltonidlar (ingliz kimyogari va fizigi Daltonning xotirasiga), o‘zgaruvchan tarkiblilari—bertollidlar (shunday birikmalar borligini oldin- dan aytgan fransuz kimyogari Bertolle xotirasiga) deb ataladi. Daltonidlarning tarkibi butun sonli stexiometrik indekslari bor oddiy formulalar bilan ifodalanadi, masalan, H2O, HI,
CCl4, CO2. Bertollidlarning tarkibi o‘zgarib turadi va stexio-
metrik nisbatlarga muvofiq kelmaydi. Masalan, uran (VI)
oksidning tarkibi, odatda, UO3 formula bilan ifodalanadi. Haqiqatda esa uning tarkibi UO2,5 dan UO3 gacha bo‘ladi. Olinish sharoitiga qarab, vanadiy (II) oksidning tarkibi VO0,9 dan VO1,3 gacha bo‘lishi mumkin.
O‘zgaruvchan tarkibli birikmalar borligi munosabati bilan tarkibning doimiylik qonunining hozirgi ta’rifiga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi.

Molekular strukturali, ya’ni molekulalardan tuzilgan birikmalarning tarkibi, olinish usulidan qat’i nazar, o‘zgar- mas bo‘ladi. Nomolekular strukturali (atomli, ionli va metall panjarali) birikmalarning tarkibi esa o‘zgarmas bo‘lmaydi va olinish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.


Masalan, vanadiy (II) oksidning tarkibi temperaturaga va sintezda ishlatiladigan kislorodning bosimiga bog‘liq bo‘ladi. Elementlarning izotop tarkibini ham hisobga olish kerak: masalan, odatdagi suvda 11,19%, og‘ir suvda esa 20% vodo- rod bo‘ladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling