Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Gaz holatidagi moddaning molekular massasi uning vodorod bo‘yicha zichligining 2 ga ko‘paytirilganiga teng


Download 1.22 Mb.
bet12/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Gaz holatidagi moddaning molekular massasi uning vodorod bo‘yicha zichligining 2 ga ko‘paytirilganiga teng.


Ko‘pincha, gazning zichligi havoga nisbatan aniqlanadi. Havo gazlar aralashmasi bo‘lsa ham uning o‘rtacha molekular
massasini hisoblash mumkin. Ya’ni agar havoning taxminan
4 hajm azot (molyar massasi 28 g/mol) va 1 hajm kisloroddan (molyar massasi 32 g/mol), ya’ni 4 N2+O2

dan tarkib topganligi hisobga olinsa, uning o‘rtacha molyar massasini hisoblab topish mumkin. Bundan quyidagicha ish yuritiladi:

Mã =
4  28+1  32

4  1


= 28,8 g/mol yaxlitlangani 29 g/mol

Bu holda molyar massa ushbu ifodadan aniqlanadi:
M = 29•Dx.
Molekular massalarni aniqlash shuni ko‘rsatadiki, oddiy gazlarning molekulalari 2 atomdan (H2, F2, Cl2, O2, N2), nodir gazlarning molekulalari esa 1 atomdan tarkib topgan (He, Ne, Ar, Kr, Xe, Rn). Nodir gazlar uchun
„molekula“ va „atom“ tushunchalari teng qimmatlidir. Lekin ayrim boshqa oddiy moddalarning molekulalari 3 va undan ko‘p atomlardan tarkib topgan, masalan, ozon O3,
tetrafosfor P4 molekulalari, o‘rtacha temperaturada oltingu-
gurt bug‘lari Sg.
Bizga ma’lumki, kimyoviy belgilar va formulalar oldidagi koeffitsiyentlar atom va molekula soninigina emas, balki reaksiyada ishtirok etadigan mollar sonini ham ko‘rsatadi. Shu sababli gazlar orasidagi reaksiyalarning tenglamalarini quyida- gicha yozish ham mumkin.
H2 + Cl2  2HCl 2H2 + O2  2H2O
1 mol 1 mol 2 mol 2 mol 1 mol 2 mol
22,4 l 22,4 l 44,8 l 44,8 l 22,4 l (suv bug‘lari) 44,8 l Agar reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo‘layotgan gazlar hajmlarining ko‘rsatilgan son qiymatlari 22,4 soniga qisqar- tirilsa, u holda gazlarning hajmiy nisbatlarini ko‘rsatadigan oddiy butun sonlar olinadi: birinchi reaksiyada — 1 : 1 : 2, ikkinchi reaksiyada esa 2 : 1 : 2. Demak, gazsimon moddalar orasidagi reaksiyalar muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadi: o‘zgarmas bosimda reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo‘layotgan gazlarning hajmlari o‘zaro kichik butun sonlar

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling