Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet14/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Yadro
Bitta elementning yadro zaryadlari bir xil, lekin massa sonlari turlicha bo‘lgan atomlar turlari izotoplar deyiladi. Har qaysi izotop ikkita kattalik: massa soni (tegishli kimyoviy element belgisining chap tomoni yuqorisiga yoziladi) va tartib raqami (kimyoviy element belgisining chap tomoni pastiga yoziladi) bilan xarakterlanadi. Masalan, vodorodning protiy, deyteriy va tritiy nomli izotoplari quyidagicha yoziladi:
1 H, 2 H(D), 3 H(T)
1 1 1
Barcha kimyoviy elementlarning izotoplari borligi ma’lum. Masalan, kislorodning massa sonlari: 16, 17, 18 bo‘lgan
izotoplari bor: 16 O, 17 O, 18 O. Argonning izotoplari: 36 Ar,
8 8 8 18
38 Ar, 40 Ar. Kaliyning izotoplari: 39 K, 40 K, 41 K. Shunday

18 18
19 19 19

atomlar turi mavjudki, ular turli elementlarga tegishli bo‘lsa- da, atom og‘irligi bir xil bo‘ladi. Yadro zaryadi turlicha bo‘lib, atom og‘irliklari bir xil bo‘lgan elementlar atomlari izobaralar deyiladi. Masalan: 40K, 40Ca atomlari o‘zaro izobarlardir.

Elementning atom massasi uning barcha tabiiy izotoplari massalarining shu izotoplarning tarqalganlik darajasi e’ti- borga olingan o‘rtacha qiymatiga teng.


Masalan, tabiiy xlorning 75,4% massa soni 35 bo‘lgan izotopdan va 24% massa soni 37 bo‘lgan izotopdan iborat; xlorning o‘rtacha atom massasi 35,453.

Shunday qilib, turli xil kimyoviy elementlar atomlari yadrolarining tarkibi bir xil emas, shu sababli elementlar atom massalari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Yadro tarkibida protonlar mavjudligi tufayli yadro musbat zaryadlangan. Yadroning zaryadi son jihatdan elementning tartib raqamiga tengligi sababli u atomning elektron qobig‘idagi elektronlar sonini belgilaydi va bu bilan kimyoviy elementning xossalarini ham belgilab beradi.
Yuqorida keltirilgan mulohazalar asosida kimyoviy elementga quyidagicha ta’rif berish mumkin:

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling