Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet11/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Avogadro qonuni. Italyan olimi A.Avogadro barcha gazlar bir xilda siqilishiga (Boyl-Mariott qonuni), termik kengayish koeffitsiyenti bir xilligiga (Gey-Lyussak qonuni) va ba’zi umumiy xossalari borligiga e’tibor bergani holda kuzatishlari asosida 1811- yilda quyidagi qonunni yaratdi: bir xil sharoitda turli gazlarning teng hajmlarida molekulalar soni bir xil bo‘ladi.
Bir xil sharoitda barcha gazlarda alohida molekulalar orasidagi masofa taxminan bir xil bo‘ladi. Molekulalarning hajmi molekulalar o‘rtasidagi masofaga nisbatan nihoyatda kichik bo‘ladi. Bundan turli gazlarning teng hajmlarida (bir xil sharoitda) molekulalar soni bir xil bo‘lishi kerak, degan xulosa kelib chiqadi. Demak, agar bir xil sharoitda gazlarning teng hajmlarida molekulalar soni bir xil bo‘lsa, u holda bir xil sondagi molekulalari bo‘lgan turli gazlarning massalari ham bir xil hajmni egallashi kerak.
Bizga ma’lumki, molyar massalar va ularga proporsional bo‘lgan gazlarning massalari ana shunday massalardir. Masalan, 2 g vodorod bilan 32 g kislorodda molekulalar soni bir xil, ya’ni 6,02•1023 ta bo‘ladi (Avogadro doimiysi). 2 g vodorod bilan 32 g kislorod (normal sharoitda) bir xil — 22,4 l hajmni egallashi tajribada isbotlangan. Demak:

normal sharoitda 1 mol gazning hajmi 22,4 l bo‘ladi. Bu hajm gazning molyar hajmi deyiladi.


Gazning molyar hajmi gaz hajmining (n.sh. dagi) moddaning tegishli miqdori n ga nisbatidan topiladi:


V =V ,
m n
bunda V — hajm (l hisobida), n — moddaning miqdori (mol hisobida).
Avogadro qonuni asosida gazsimon moddalarning molyar massalari aniqlanadi. Gaz molekulalarining massasi qancha katta bo‘lsa, bir xil hajmdagi gazning massasi shuncha katta bo‘ladi. Gazlarning teng hajmlarida bir xil sharoitda mole- kulalar soni, binobarin, gazlarning mollar soni ham bir xil bo‘ladi. Gazlarning teng hajmlari massalarining nisbati ular- ning molyar massalarining nisbatiga teng:
m1 : m2 = M1 : M2,
bunda m1 — birinchi gaz muayyan hajmining massasi, m2 — ikkinchi gaz xuddi shunday hajmining massasi, M1 va M2 — birinchi va ikkinchi gazning molyar massalari.
Bir gaz muayyan hajmi massasining xuddi shunday hajmdagi ikkinchi gaz (o‘sha sharoitlarda olingan) massasiga nisbati birinchi gazning ikkinchi gazga nisbatan zichligi de- yiladi (D harfi bilan belgilanadi):

M1 = D, bundan M

= M D



M2 1
2 M2

Odatda, gazning zichligi eng yengil gaz — vodorodga nisbatan aniqlanadi (DH2 bilan belgilanadi). Vodorodning molyar massasi 2, kislorodniki 32 g/molga teng. Shu sababli quyidagini olamiz:
M = 2 Dí2

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling