Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Element atomining valentligi


Download 1.22 Mb.
bet9/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Element atomining valentligi. Element atomlarining boshqa elementlarning muayyan sondagi atomlarini biriktirib olish xususiyati shu elementning valentligi deyiladi. Valentlikning o‘lchov birligi qilib vodorod atomining valentligi qabul qilin- gan. Vodorod atomi boshqa elementlarning bittadan ortiq atomini biriktira olmaydi, shu sababli vodorodning valentligi birga teng deb qabul qilingan. Boshqa elementlarning valentligini esa shu elementning atomi o‘ziga nechta vodorod atomini biriktira olishini ko‘rsatuvchi son bilan ifodalanadi.

Ba’zi elementlarning vodorod bilan hosil qilgan birikmala- rining kimyoviy formulalarini ko‘rib chiqamiz.
HBr, H2S, PH3, SiH4
Bu formulalarni quyidagicha yozish mumkin:
H
H — Br, H — S — H, H — P — H, H — Si — H
H H
Bu yerda chiziqchalar atomlar orasidagi bog‘lanishlarni ifodalaydi.
Molekulalarning tuzilishi bunday ifodalanganda qanday atomlar bir-biri bilan bog‘langan, qaysilari esa bog‘lan- maganligini aks ettiradi. Masalan, suvning formulasidan uning molekulasida vodorodning ikkala atomi kislorod atomi bilan bog‘langan. Yuqoridagi formulalardan ko‘rinib turibdiki, bir xil elementlarning (xlor, brom) atomlari vodorodning faqat bittadan atomini biriktirib oladi (bu elementlar bir valent- lidir); boshqa elementlarning (kislorod, oltingugurt) atomlari esa vodorodning ikkitadan atomini biriktirib oladi (bu ele- mentlar ikki valentlidir) va hokazo.
Shunday qilib, elementning vodorodli birikmalaridagi va- lentligi shu elementning atomi biriktirib olgan vodorod atom- larining soni bilan aniqlanadi.
Ikki elementdan iborat moddada bir elementning valentligi ma’lum bo‘lsa, shu moddaning formulasiga qarab ikkinchi elementning valentligini aniqlash mumkin.
Moddalar massasining saqlanish qonuni. Har qanday reaksiya mahsulotlari boshlang‘ich moddalar qanday atom- lardan tuzilgan bo‘lsa, shunday atomlardan tarkib topgan bo‘ladi. Atomlar kimyoviy reaksiyalar vaqtida saqlanib qoladi, demak, ulardan har birining va, binobarin, jami atomlarning massasi ham saqlanib qolishi kerak. Bu holda har qanday reaksiya mahsulotlarining massasi boshlang‘ich moddalarning massasiga teng bo‘lishi lozim.
Atom-molekular ta’limot nuqtayi nazaridan massaning saqlanish qonuni shunday tushuntiriladi: kimyoviy reaksiya natijasida atomlar yo‘qolmaydi va yo‘qdan paydo ham bo‘lmaydi, balki ular qayta gruppalanadi. Atomlar soni
reaksiyadan oldin ham, keyin ham o‘zgarmaganligi sababli ularning umumiy massasi ham o‘zgarmaydi.
Massaning saqlanish qonunini dastlab M.V.Lomonosov shunday ta’riflagan edi: „Tabiatda sodir bo‘ladigan har qan- day o‘zgarishning mohiyati shundaki, biror jismdan qancha miqdor kamaysa, ikkinchi jismga shuncha miqdor qo‘shiladi. Demak, materiya biror joyda kamaysa, ikkinchi o‘rinda ko‘payadi“.
Massaning saqlanish qonunidan moddalar yo‘qdan bor bo‘lmaydi va mutlaqo yo‘qolib ham ketmaydi, degan xulosa kelib chiqadi. Shu sababli agar kimyoviy reaksiya vaqtida modda yo‘q narsadan paydo bo‘layotganga yoki mutlaqo izsiz yo‘qolib ketayotganga o‘xshasa, biz reaksiyada qatnashayotgan va reaksiya natijasida hosil bo‘layotgan moddalarni to‘liq hisobga olmagan bo‘lamiz.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling