Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet133/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

shakarlanish ham deyiladi va sellu- lozaning juda muhim xossasi hisoblanadi, u yog‘och qipiqlari va qirindilaridan glukoza olishga imkon beradi, glukozani bijg‘itish yo‘li bilan esa etil spirt olinadi. Yog‘ochdan olingan etil spirt gidroliz spirti deyiladi.
Gidroliz zavodlarida 1 t yog‘ochdan 200 l gacha etil spirt olinadi, bu esa 1,5 t kartoshkani yoki 0,7 t donni tejashga imkon beradi.
Selluloza yonadi. Bunda uglerod (IV) oksid va suv hosil bo‘ladi. Yog‘och havosiz joyda qizdirilganda selluloza va boshqa moddalar parchalanadi. Bunda pistako‘mir, metan, metil spirt, sirka kislota, aseton va boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi. Qo‘llanilishi. Selluloza insoniyat tomonidan juda qadim zamonlardan foydalanib kelingan. Uning qo‘llanilishi juda
xilma-xil.

229

Sellulozaning eterifikatsiya mahsulotlari katta ahamiyatga ega. Masalan, asetilsellulozadan asetat ipak olinadi. Buning uchun triasetilselluloza dixlormetan va etanol aralashmasida eritiladi. Hosil bo‘lgan yopishqoq eritma filera orqali juda ko‘p teshikchalari bo‘lgan qalpoqchalardan bosib o‘tkaziladi. Eritmaning ingichka oqimlari qarshi oqimda qizdirilgan havo kelayotgan shaxtaga tushiriladi. Natijada erituvchi bug‘lanadi va triasetil selluloza uzun iplar holida ajralib chiqadi. Bu iplarni yigirib, asetat ipak tayyorlanadi.


Asetilselluloza yonmaydigan plyonkalar va ultrabinafsha nurlarni o‘tkazadigan organik shishalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.






Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling