Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birmuncha oddiy uglevodlar hosil qilish bilan gidroliz- lanadigan uglevodlar polisaxaridlar deyiladi.
ganligidan kelib chiqqan bo‘lib, uglerod va suvdan tashkil
topgan degan ma’noni bildiradi. Uglevodlarni keyinchalik tekshirish bu nomning aniq emasligini ko‘rsatdi. Birinchidan, tarkibi bu formulaga javob bermaydigan uglevodlar topildi. Ikkinchidan, shunday birikmalar borki (formaldegid CH2O, sirka kislota C2H4O2), tarkibi Cn(H2O)m umumiy formulaga to‘g‘ri kelsa ham, xususiyatlari jihatidan uglevodlardan farq qiladi. Uglevodlarni ularning tuzilishiga ko‘ra monosaxaridlar, disaxaridlar va polisaxaridlarga ajratish mumkin. Gidrolizlanmaydigan va oddiy uglevodlarga ajralmaydigan uglevodlar monosaxaridlar deyiladi. Bu moddalardan ko‘pchi- ligining tarkibi umumiy CnH2nOn formulaga mos keladi, ya’ni ularda uglerod atomlarining soni kislorod atomlarining soniga teng. Birmuncha oddiy uglevodlar hosil qilish bilan gidroliz- lanadigan uglevodlar polisaxaridlar deyiladi. Bu moddalardan ko‘pchiligining tarkibi umumiy CmH2nOn formulaga mos kela- di, ya’ni ularda uglerod atomlarining soni kislorod atomlari soniga teng emas. Polisaxaridlar, o‘z navbatida, shakarsimon polisaxaridlar (disaxaridlar) va shakarsimon bo‘lmagan polisa- xaridlarga bo‘linadi. Saxaroza va maltoza shakarsimon polisaxa- ridlarga, kraxmal va selluloza esa shakarsimon bo‘lmagan polisaxaridlarga misoldir. Gidrolizlanganda ikkita monosaxarid zvenolariga parchala- nadigan uglevodlarga disaxaridlar deb aytiladi. Uglevodlar klassifikatsiyasini umumiy holda quyidagi sxema tarzida tasvirlash mumkin: Riboza Maltoza Monosaxaridlar kimyoviy jihatdan poligidroksialdegidlar va poligidroksiketonlar bo‘lib, ular molekulasi uchun shoxlan- magan uglerod zanjiri xususiyatlidir. Aldegid gruppa saqlaydi- gan monosaxaridlar aldozalar deb atalsa, keton gruppa saq- lagan monosaxaridlar ketozalar deb ataladi. „-oza“ qo‘shim- chasi hamma monosaxaridlarning nomi uchun xosdir. Aldo- zalarning eng muhim vakili — glukoza, ketozalarniki — fruktozadir: CHO CH2OH C = O CH2OH CH2OH D-glukoza D-fruktoza Monosaxaridlar uglerod zanjirining uzunligi (uchtadan o‘ntagacha) uglerod atomiga qarab trioza, tetroza, pentoza, geksoza, geptoza va boshqalarga bo‘linadi. Molekulasida uchta uglerod saqlagan aldotriozaga misol qilib glitserin aldegid CH2OH—CHOH—CHO ni, ketotriozaga misol qilib esa digidroksiaseton CH2—CO—CH2OH ni ko‘rsatish mumkin. Demak, glitserin aldegid va digidroksiasetonni monosa- xaridlarning eng oddiy namoyandalari deb qarash mumkin. Monosaxaridlardan pentoza va geksozalar tabiatda eng ko‘p tarqalgan va muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, monosa- xaridlar oksogruppaning tabiati va zanjirining uzunligiga qarab tasnif qilinar ekan. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling