Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Molekula — bu moddaning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlab qolgan eng kichik zarrachasidir.
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlariAtom va molekulalar. Qadimgi grek faylasufi Demokrit bundan 2500 yil muqaddam barcha jismlar juda mayda, ko‘zga ko‘rinmaydigan, bo‘linmaydigan, doimo harakatdagi zarrachalardan — atomlardan tarkib topgan, degan fikrni aytgan edi. „Atom“ so‘zi tarjima qilinganda „bo‘linmas“ degan ma’noni bildiradi. Molekula va atomlar haqidagi ta’limot XVII asrning o‘rta- larida rus olimi M.V.Lomonosov tomonidan takomillashtirildi. U tabiatdagi jismlar korpuskulalar (molekulalar)dan tarkib topgan, korpuskulalar tarkibiga element (atom)lar kiradi, degan fikrni aytdi. Olim moddalarning turli-tumanligini mole- kulalarda turli atomlarning birikishi va ularda atomlar turlicha joylashganligi bilan tushuntirdi. Molekula va atomlar haqidagi ta’limot faqat 1860- yilda kimyogarlarning Karlsruedagi butunjahon syezdida uzil-kesil e’tirof etildi. Molekula — bu moddaning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlab qolgan eng kichik zarrachasidir.Molekulalar kimyoviy reaksiyalarda parchalanadi. Ular atomlardan iborat. Atomlar — moddaning kimyoviy jihatdan bo‘linmaydigan eng mayda zarrachalaridir.Bu ta’rifdagi „kimyoviy jihatdan bo‘linmaydigan“ degan iborani alo- hida ta’kidlash lozim, chunki atom- lar parchalanadigan va atom ener- giyasi ajralib chiqadigan hodisalar ham ma’lum. Bunday hodisalarda atomlar bir-biriga aylanadi. Qattiq va gaz holatida moleku- lalardan tarkib topgan moddalar suv molekulasi 1.1- rasm. Muz kristali: suvning kristall tuzilishi. molekular tuzilishga ega bo‘ladi. Bunday moddalarning tipik vakili suvdir. Suv kristallarining tuzilishi sxema tarzida 1.1- rasmda ko‘rsatilgan. Moddaning alohida zarrachalari (molekulalar, atomlar) qattiq (kristall) holatida muayyan izchillikda joylashib, panjarani eslatadigan struktura hosil qiladi. Shu sababli „moddaning kristall panjarasi“ degan tushunchadan foyda- laniladi. 1.1- rasmda ko‘rsatilganidek, suv qattiq holatda kristall tuzilishga ega bo‘ladi. Suvning kristall panjarasining tugunlarida suv molekulalari bo‘ladi. Demak, suv molekular-kristall tuzilishga ega. Kristall panjarasining tugunlarida molekulalar emas, balki atomlar turadigan moddalar ham ma’lum (masalan, temir sulfid), bu holda panjara tugunlarida temir va oltingugurt atomlari bo‘ladi (1.1- rasm, a). Kristall moddani suyuqlantirish uchun uning kristall panjarasini yemirish lozim. Kristall panjarada molekulalar orasidagi bog‘lanish atomlar orasidagi bog‘lanishga qaraganda ancha bo‘sh bo‘ladi. Shu sababli, odatda, molekular tuzilishli moddalarning suyuqlanish harorati past, nomolekular tuzi- lishli moddalarniki esa yuqori bo‘ladi. Berilgan moddaning molekular yoki nomolekular tuzil- ganligini uning fizik xossalariga qarab oldindan aytib berish mumkin. Molekular tuzilishli moddalar odatdagi sharoitda — gazlar (kislorod, vodorod, azot va boshqalar), suyuqliklar (suv, spirt, efir va boshqalar) yoki oson suyuqlanadigan qattiq moddalardir (oltingugurt—suyuqlanish harorati 1130 C, fosfor—suyuqlanish harorati 440 C va boshqalar). Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling