Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
Metanol CH3OH, metil spirtini (yog‘och spirti, karbinol) tabiatda oz miqdorda bo‘lsa ham efir moylarida uchratish mumkin. Ammo metanolning hosilalari keng tarqalgan bo‘lib, uning oddiy efirlari tabiiy moddalarda, masalan, tabiiy bo‘yoqlarda, alkaloidlarda va hokazolarda, murakkab efirlari esa o‘simlik moylarida, masalan, jasmin moyida va hokazolarda bo‘ladi.
Metanol ko‘p yillar davomida yog‘ochni quruq haydash usuli bilan olinib kelindi. Shuning uchun ham metanol yog‘och spirti deb atalgan. Yog‘och quruq haydalganda qattiq, suyuq va gazsimon mahsulotlar hosil bo‘ladi. Bu mahsu- lotlarda 1—2% metil spirt, 5—10% sirka kislota va 0,2—0,5% aseton bo‘ladi. Aralashmadagi metil spirtni ajratib olish uchun, avvalo, aralashma ohak [Ca(OH)2] yordamida sirka kislotadan tozalanadi, so‘ngra aseton bilan metanol aralashmasi rektifika- tsion kolonnada haydaladi va natijada metanol ajratib olinadi. Bu usul bilan metanol olish hozirgacha saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda metanol sanoatda, asosan, metan konver- siya qilinganda hosil bo‘ladigan gazdan, ya’ni sintez-gazdan olinadi. Buning uchun uglerod (II) oksid vodorod bilan birga- likda 840—1000 kPa bosim ostida, katalizator (~90% rux oksidi bilan 10% xrom oksidi aralashmasi) ishtirokida 300—600°C temperaturada qizdiriladi. CO + 2H2 CH3OH Toza metanol rangsiz suyuqlik bo‘lib, suv bilan yaxshi aralashadi. Uning hidi etil spirtnikiga o‘xshaydi. 64,7 °C da qaynaydi, och ko‘kimtir rang alanga hosil qilib yonadi. Metanol zaharli, u ichilsa, kishini ko‘r qilib qo‘yadi; ko‘p- roq miqdori esa o‘limga olib keladi. Texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan metanolning hidi toza metanolnikidan farq qiladi va kuygan modda hidini eslatadi. Metanol birlamchi spirtlarga xos kimyoviy xossalarga ega. Bundan tashqari metanol, spirtlar orasida gidroksil uchta vodorod atomi bilan birikkan uglerod atomiga (radikaliga) bog‘langan yagona spirt hisoblanadi. Shuning uchun ham metanol oksidlanganda boshqa birlamchi spirtlar kabi ikkita mahsulot (aldegid va organik kislota) emas, balki uch xil (karbonat kislota ham) mahsulot hosil qiladi: [O] [O] [O] CH3—OH CH2O HCOOH CO2 + H2O CO(OH)2 Metanoldan sanoatning turli sohalarida keng ko‘lamda foydalaniladi. Metanolning ko‘p miqdori chumoli aldegid (formaldegid) tayyorlashda, ko‘pgina moddalar sintez qilish- da, masalan, metilasetat, metil va dimetilanilin, metilamin, metilxlorid, dimetilsulfat, toluol-sulfokislotaning metil efirlari hamda bir qancha bo‘yoqlar, farmatsevtik preparatlar, atir- upalar va hokazolar olishda xomashyo bo‘lib xizmat qiladi. Metanol yaxshi erituvchi bo‘lib, sanoatning turli tarmoq- larida, masalan, lok-bo‘yoq sanoatida, neftni qayta ishlash sanoatida va boshqa sohalarda keng ko‘lamda ishlatiladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling