Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Etilenglikolning kimyoviy xossalari


Download 1.22 Mb.
bet102/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Etilenglikolning kimyoviy xossalari, asosan, bir atomli spirtlarning xossalariga muvofiq keladi. Bunda reaksiyalar bitta gidroksil gruppadan ham, ikkala gidroksil gruppadan ham borishi mumkin. Masalan, etilenglikol ishqoriy metallar bilan chala va to‘liq glikolatlar hosil qiladi:


CH2OH CH2ONa
2 +2Na  2 +H2 CH2OH CH2OH
CH2ONa CH2ONa
2 +2Na  2 +H2 CH2OH CH2ONa
Etilenglikol o‘yuvchi ishqorlar bilan ham reaksiyaga kiri- shadi:


CH2OH CH2ONa
+2NaOH  +2H2O CH2OH CH2ONa
Etilenglikolning degidratlanishi diqqatga sazovordir. Etilen- glikoldan suv ajralib chiqishi sharoitga qarab ikki xil bo‘lishi mumkin: ichki molekular degidratlanish va molekulalararo degidratlanish. Faqatgina bitta molekuladan suv ajralib chiqishi bilan boradigan jarayon ichki molekular degidratlanish deyiladi. Ikki va undan ortiq molekulalarning birikishidan suv ajralib chiqishi molekulalararo degidratlanish deyiladi. Masalan, etilenglikolni ichki molekular degidratlab sirka aldegid olish mumkin:


CH2—CH—OH O
 H2C = CH—OH  CH3—C
–H 2 O


OH H H
Bunda oraliq modda sifatida to‘yinmagan vinil spirt hosil bo‘ladi. Ammo molekulasidagi bitta uglerodda bir vaqtning o‘zida ham qo‘shbog‘, ham gidroksil gruppa bo‘ladigan birik- malar beqaror bo‘lishi sababli vinil spirt tezda qayta gruppalanib, sirka aldegidga aylanadi.
Etilenglikolni molekulalararo degidratlanishga uchratilganda siklik birikma — dioksan olinadi:


HO—CH2—CH2—O H CH2—CH2
t°C
 2H2 O + O O
ZnCl2
H O—CH2—CH2— OH CH2—CH2
dioksan

Dioksan birinchi marta 1906- yili A.E.Favorskiy tomoni- dan sintez qilingan bo‘lib, u 101°C da qaynaydigan rangsiz tiniq suyuqlik. Erituvchi sifatida ko‘p ishlatiladi.


Etilenglikol sanoatning turli tarmoqlarida ishlatiladigan birikmadir. U suv bilan aralashtirilganda suvning muzlash temperaturasini pasaytirib yuborishi sababli „antifrizlar“, ya’ni past temperaturada muzlaydigan aralashmalar tayyor- lashda ishlatiladi. Antifrizlardan samolyot va avtomashinalarning motorini sovitishda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda etilenglikol sintetik tola — lavsan va turli xil plastmassalar olishda keng ishlatilmoqda.
Glitserin. Molekulasidagi uchta uglerod atomida uchta gidroksil gruppa saqlagan uglevodorod hosilalari uch atomli spirtlar yoki triollar deyiladi. Uch atomli spirtlarning eng oddiy vakili propantriol yoki glitserindir:
CH2—CH—CH2 OH OH OH
Glitserinni birinchi marta kimyogar va farmatsevt
Sheyelye yog‘ni qo‘rg‘oshin oksid bilan qizdirish natijasida hosil qilgan. Uning tuzilishini va xossalarini Shevrel, Bertlo va boshqalar chuqur o‘rgangan.
Glitserin tabiatda yuqori organik kislotalar bilan birga murakkab efir holida uchraydi. Glitserinning bunday birikma- lari yog‘lar deb ataladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling