Olinish usullari. 1. Yog‘lar gidroliz qilinganda glitserin va yog‘ kislotalar hosil bo‘ladi:
12 — Kimyo
177
O
CH2 — O— C — R
O CH2OH
CH — O — C—R + 3HOH CH—HO + 3R—COOH
yog‘ kislota
O CH2—OH
glitserin
CH2—O—C—R
Monosaxaridlar maxsus fermentlar bilan bijg‘itilganda glitserin hosil bo‘ladi:
O
ferment
C6H12O6 CH2—CH—CH2 + CH3—C + CO2
OH OH OH H
Hozirgi vaqtda glitserin sanoatda neftni krekinglashda hosil bo‘ladigan propilendan olinmoqda. Propilen xlorlanganda, allil xlorid hosil bo‘ladi:
+ Cl2, 500 °C
CH3—CH=CH2 CH2Cl—CH = CH2 + HCl
allil xlorid
So‘ngra allil xlorid so‘ndirilgan ohak Ca(OH)2 ta’sirida allil spirtga aylantiriladi:
2CH2Cl—CH= CH2 + Ca(OH)2 2CH2OH—CH= CH2 + CaCl2
allil spirt
Nihoyat, olingan allil spirt oksidlanadi va glitserin olinadi:
[O] + HOH
CH2OH—CH = CH2 + CH2OH—CHOH—CH2OH
(KMnO4 + OH–)
Fizik xossalari. Glitserin 290 °C da qaynaydigan quyuq, shirin ta’mli, gigroskopik suyuqlik, suv va spirt bilan har qanday miqdorda aralashadi, efir va xloroformda erimaydi.
Suv bilan aralashtirilgan glitserin terini yumshatish uchun ishlatiladi. Bu maqsadda suvsiz glitserinni qo‘llash mumkin emas, chunki suvsiz glitserin gigroskopik modda bo‘lgani uchun teri hujayralaridagi suvni tortib olish, ya’ni terini kuydirish xossasiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |