Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
Etil spirt C2H5OH, etanol (vino spirti) rangsiz suyuq- likdir. 78,3°C da qaynaydi, —114°C da muzlaydi. Salgina shu’lalanadigan alanga berib yonadi. Etanol suv bilan yaxshi aralashadi. Suv bilan aralashganda umumiy hajm kamayadi, masalan, 52 hajm spirt va 48 hajm suv aralashtirilganda 100 emas, balki 96,3 hajm suyultirilgan spirt hosil bo‘ladi. Etanol tabiatda uglevodorodlarning fermentlar ta’sirida achi- shidan hosil bo‘ladi. Etanol tuproqda, tabiiy suvlarda, atmosferada uchrashi mumkin, o‘simliklarda, hayvon hujayra- larida va qon tarkibida ham etil spirt juda oz bo‘lsa-da, borligi aniqlangan.
Etanolni yuqorida spirtlar uchun ko‘rsatilgan umumiy olinish usullaridan biri bilan olish mumkin. Hozirgi vaqtda etil spirt, sanoatda, asosan, uch xil usul bilan olinadi: biokimyoviy usul, etilenni sulfat kislota ishtirokida gidratlash usuli va etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratlash usuli. Sanoatda etanol etilenni sulfat kislota ishtirokida gidratlash usuli bilan olinadi. Ammo bu usul etilenga to‘g‘ridan to‘g‘ri suv biriktirib (gidratlab) olish usuliga nisbatan biroz noqulay hisoblanadi. Etanol xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ishlatiladi. U ko‘p miqdorda sintetik kauchuk ishlab chiqarishda, loklar, dorilar hamda hidli moddalar ishlab chiqarishda erituvchi va dastlabki xomashyo hisoblanadi. Undan sirka kislota, dietilefir, turli murakkab efirlar, bo‘yoqlar va boshqa moddalar olinadi. Etanol tibbiyotda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi. Etanoldan, shuningdek, spirtli ichimliklar tayyorlanadi. Lekin shuni nazarda tutish kerakki, etanol — zaharli narkotik modda. U tezda qonga singadi va tana a’zolariga kuchli ta’sir qiladi. Spirtli ichimliklar asab sistemasini (asab hujayralarini yemira- di), ovqat hazm qilish organlarini, yurakni, qon tomirlarni og‘ir kasalliklarga duchor qiladi. Spirtli ichimliklar iste’mol etish inson umrini qisqartiradi, ayniqsa, bolalikda va yoshlikda a’zolarga katta zarar yetkazadi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling