Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Kataliz va katalizatorlar


Download 1.22 Mb.
bet51/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

6.2. Kataliz va katalizatorlar


Biror kimyoviy reaksiyada ishtirok etib, uning tezligini o‘zgartiruvchi, o‘zi esa reaksiya oxirida kimyoviy jihatdan o‘zgarmay qoladigan moddalar katalizatorlar deb ataladi. Katalizator ishlatish yo‘li bilan tezligini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan reaksiyalar katalitik reaksiyalar deyiladi.
Kataliz — kimyoviy reaksiya tezligining katalizator ishti- rokida o‘zgarishidir.
Ba’zi katalizatorlar reaksiyani juda tezlashtirib yubora- di. Ular musbat kataliz yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri kataliz deb ataladi. Ayrim katalizatorlar reaksiyani sekinlashtiradi, ular manfiy kataliz deyiladi. Musbat katalizga sulfat kislotaning olinishi, ammiakning platina katalizator ishtirokida oksidlanib, azot (II) oksidga aylanishi va boshqalar misol bo‘la oladi. Manfiy katalizga natriy sulfid eritmasi bilan havo kislorodi- ning o‘zaro ta’sir reaksiyasining etil spirt ishtirokida sekin- lashishi yoki vodorod peroksid parchalanish tezligining oz miqdordagi sulfat kislota (0,0001 mas.q.) ishtirokida kamayishi va boshqalar misol bo‘ladi. Manfiy kataliz ko‘pincha ingibitor- lash, reaksiya tezligini kamaytiruvchi manfiy katalizatorlar esa ingibitorlar deyiladi (ularning ta’sir etish mexanizmi katalizatorlarning ta’siridan farq qiladi).
Kataliz ikki turga bo‘linadi, ya’ni gomogen va geterogen kataliz.
Gomogen katalizda reaksiyaga kirishuvchi moddalar va katalizatorlar bir fazali sistemani hosil qiladi, katalizator bilan reaksiyaga kirishuvchi moddalar orasida chegara sirti bo‘lmaydi.
Geterogen katalizda reaksiyaga kirishuvchi moddalar bilan katalizator turli fazalardan iborat sistemani hosil qiladi. Bunda reaksiyaga kirishuvchi moddalar bilan katalizator orasida chegara sirti bo‘ladi. Odatda, katalizator — qattiq modda, reaksiyaga kirishuvchi moddalar — gazlar yoki suyuqliklar bo‘ladi.
Biologik katalizatorlar fermentlar alohida ahamiyatga ega. O‘simlik va hayvon a’zolaridagi murakkab kimyoviy jarayonlar me’da-ichak sistemasida, qonda va hujayralarda kechadigan ko‘pgina kimyoviy reaksiyalar katalitik reaksiya- lardir. Bu jarayonlar maxsus moddalar — fermentlar ta’siri ostida boradi. Fermentlar (enzimlar) — bu biologik sistema- lardagi kimyoviy reaksiyalarning tezligini o‘zgartiruvchi oqsil tabiatiga ega bo‘lgan moddalar. Ularsiz biokimyoviy reaksiya- larning ayrimlari juda sekin kechib, tirik a’zoning normal faoliyatiga to‘sqinlik qilar edi.



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling