Maxsus pedagogika
Yordamchi maktab, uning maqsad va vazifalari
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
2.3. Yordamchi maktab, uning maqsad va vazifalari
39 muvaffaqiyatli amalga oshirish davlatning umumiy ishlari orqali ro ‘ yobga chiqarilishi mumkin. L. S. Vigotskiyning 1924-yilda aytgan optimistik bashorati naqadar haqiqiy ekanligini hozir defektologiya sohasida erishilgan, eri- shilayotgan yutuqlar ham ko‘rsatib turibdi. «Ehtimol, insoniyat ertami, kechmi ko‘rlik, karlik, aqli zaiflikni yengadi. Ammo ularni biologik va tibbiyot tom onidan ko‘ra, ijtimoiy va pedagogik tom ondan ancha ilgari yengadi», — deb ta ’kidlaydi L. S. Vigotskiy. Turli nuqsonli bolalarga ta ’lim -tarbiya berish maktablarining, davolash muassasalarining keng tizimi olim fikrining dalili emasmi? Fan yutuqlarini hayotga tatbiq etish tufayli turli xil yuqumli kasalliklar um um an tugatildi. Bilim egallashi m um kin bo ‘lgan nuqsonli bolalar uchun majburiy ta ’lim joriy etildi. Barcha maxsus m aktablar, m aktab-internatlar, maxsus bog‘chalar butunlay davlat ta ’minotiga o'tkazilgan. Ayrim chet mamlakatlarda nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan xususiy muassasalar, diniy tashkilotlar, nuqsonlilarga yordam berish jamiyatlari hamda ayrim maxsus maktablar shug‘ullanadi. Ulardagi ta’lim-tarbiya ishlari qat’iy tizim asosida olib borilmaydi. Bizdagi yordamchi maktablar ommaviy maktablar singari yosh avlodga ta ’lim-tarbiya berish, ularni jamiyatning foydali kishisi qilib yetishtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, yordamchi maktablaming maxsus, xususiy vazifalari ham mavjud. Bularga aqli zaif o‘quvchilaming psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularga alohida yondashgan holda bilim berish orqali bilish jarayonlarini tuzatib borish vazifasi kiradi. Yordamchi maktablar aqli zaif bolalar uchun dastlabki va oxirgi o ‘quv yurti bo‘lganligi sababli, o ‘quvchilar maktabni bitirgandan so‘ng bevosita hayotga yo‘llanma olishlarini hisobga olib, ularga maktabda turli xil kasbiy mehnat ko‘nikmalari, malakalari beriladi. Yordamchi maktablarda davolash ishlari umumiy ta’lim-tarbiya ishlari bilan birgalikda qo‘shib olib boriladi. Yordamchi maktablar tajribasini ilmiy jihatdan umumlashtirish asosida ta’lim-tarbiya nazariyasini ishlab chiqish oligofrenopedagogika fanining bosh mavzuini tashkil qiladi. Ta’limning didaktik asoslari, darsning umumiy tizimi, maktabda o ‘quv ishlarini tashkil etish, xususiy uslubiyotlarning umumiy masalalari kabi pedagogik masalalar umumiy pedagogik talablarga suyanadi. Oligofrenopedagogika fani qator umumiy va maxsus fanlar bilan chambarchas bog‘liq holda o‘rganiladi. Aqli zaif bolalar oliy asab faoliyatlari, ularning rivojlanish xususiyatlari, kasalliklari, kechishi, davolash ishlarini nevropatologiyadan, aqli zaif bolalar mhiy jarayonlarining xususiyatlari, ulaming taraqqiy etish xususiyatlari oligofrenopsixologiyadan, yordamchi m aktabda davolash-sog'lom lashtirish ishlarini tashkil etish uchun m a’lum otlar oligofreniya klinikasidan olib o'rganiladi. Yordam chi 40 maktablarda ta’lim 9 yil olib boriladi. 0 ‘quv rejasiga kiradigan fanlar haqida qisqacha to ‘xtalib o‘tamiz: Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling