Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Didaktik o‘yin uslubi
Yordamchi maktab sharoitida bilimlami mustahkamlashda didaktik o ‘yin 
samarali uslub hisoblanadi.
Didaktik o ‘yinlarda fikrlashning asosiy jarayonlari — tahlil, taqqoslash
xulosa chiqarish va hokazolar rivojlantiriladi. Didaktik o ‘yin bir turdagi 
materialni o ‘quvchilar uchun qiziqarli qilish imkonini beradi. 0 ‘yinda


o ‘q u v c h ila rn in g o ‘zlari sezm agan h o ld a k o ‘p d a n - k o ‘p ish larn i 
bajaradilar.
Yordamchi maktabning matematika darslarida didaktik o ‘yinlar har 
qanday mavzuni mustahkamlashda keng qo‘llaniladi.
0 ‘quv jarayoriining samaradorligini oshirish ustidagi izlanishlar 
dasturlashtirilgan o‘qitishdan foydalanishga olib keldi. 0 ‘quv materialining 
uncha katta bo‘lmagan, mantiqan o'zaro bog'langan qismlarini o ‘z ichiga 
olgan va maxsus ishlangan topshiriqlar bo'yicha materialni o ‘rgatish 
dasturlashtirilgan o ‘qitish deyiladi.
Dasturlashtirilgan ta’lim usulining yordamchi maktab pedagoglari va 
uslubiyotchilarini o ‘ziga jalb etishga sabab teskari bog‘lanishning mavjudligi, 
o'quvchilarning o ‘z - o ‘zini tekshirish malakalariga ega b o ‘la olish 
imkoniyatidir.
Dasturlashtirilgan ta ’lim elementlaridan foydalanish tajribasi undan 
bilimlarni mustahkamlashda foydalanishning maqsadga muvofiq ekanligini 
ko'rsatdi. Kuzatishlardan ayonki, o ‘quvchilar dasturlashtirilgan vazifalarga 
katta qiziqish bilan qaraydilar, ularni bajarishda yuqori darajali mustaqillik 
paydo bo‘ladi. Bu uslub o ‘qituvchiga vazifalami bajarishda o'quvchilarning 
qiyinchiliklarini tezda aniqlash va ularga zarur yordam ko‘rsatish imkonini 
beradi.
Savol va topshiriqlar
1. 0 ‘qitish uslublari deyilganda nimani tushunasiz?
2. Boshlang‘ich sinflarda qanday og‘zaki o ‘qitish uslublari qo'llaniladi?

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling