Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Ko‘rsatmali uslublar
0 ‘qitishning ko‘rsatmali uslublari 
0
‘quvchilarga kuzatishlar asosida bilim 
olish imkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkuming faol shaklidir, bundan 
boshlang‘ich sinflarda keng foydalaniladi. Atrof-borliqdagi narsa va hodisalar
ulaming turli-tuman modellari (har xil tipdagi ko‘rsatm aqo‘llanmalar) 
kuzatish obyektlari hisoblanadi. 0 ‘qitishning ko‘rsatma)i uslublarini 
o‘qitishning og‘zaki uslublaridan ajratib bo‘lmaydi. Ko‘rsatma qo‘llanmalarni 
namoyish qilish har doim 
0
‘qituvchining tushuntirishlari bilan birgalikda 
olib boriladi.
Yordamchi maktabda ta’lim berishda ko‘rgazmalilik o‘quv materialini 
mustahkam va ongli o‘zlashtirish shartlaridan biri hisoblanadi. Bundan 
tashqari, ko‘rgazma]ilik o‘quvchilarning nutqi va tafakkuridagi nuqsonlarni 
tuzatishda zaruriy shart hisoblanadi.
Ko‘rgazmalardan foydalanib, maktab bir tom ondan o ‘quvchilarda 
o‘zlarini qurshab turgan dunyo haqida aniq tasawurlami vujudga keltirishni
86


ta’minlab borsa, ikkinchi tomondan, bolalarni real dunyoda kuzatilayotgan 
aloqa va m unosabatlarni ifodalash uchun til vositalaridan (so ‘z, 
jumlalardan) to ‘g‘ri foydalanishga o ‘rgatadi.
Yordamchi maktabda pedagogikada ma’lum bo‘lgan hamma ko‘rgazmali 
vositalar: natural ko‘rgazmalilik, tasviriy ko‘rgazmalilik (rasmlar, mulyajlar
diapozitivlar, kinokartinalar), so‘z ko‘rgazmaliligi va ramzli ko‘rgazmalilik 
(suratlar, chizmalar, jadvallar, diagramrnalar)dan keng foydalaniladi.
Quyi sinflarda narsalar, hodisalar ustida tasawurlami vujudga keltirish 
uchun natural va tasviriy ko‘igazmalilikdan keng foydalanilsa, yuqori sinflarda 
tasviriy va ramziy ko‘rgazmalardan foydalaniladi, chunki bola rivojlanishining 
dastlabki bosqichlarida mavhum materialni faqat aniq, ko‘rsatmali material 
orqali o‘zlashtirishga qobiliyatli boiadi.
Yordamchi maktablarda ta’lim berishda ko‘rgazmalilikni o ‘quvchi- 
laming amaiiy faoliyatlari bilan bog‘lash juda muhim. Shuning uchun 
ko‘pgina fan darslarida bolalar o‘rganilgan narsalarni yasaydilar yoki rasmini 
solish bilan tasvirlaydilar, ularning mehnati maktab hovlisida hamda sinfda 
tashkil qilinadi.
0 ‘quv kinosi va diafilmlami ko‘rsatish ham ta’limning ko‘rgazmalilik usuliga 
kiradi. Kinofilmni ko'rsatishdan oldin o'quvchilaiga qator savollar berish kerak. 
Bolalar filmni ko‘rish jarayonida ularga javob topishlari aru r.
Sayohat ham ko'rgazmali usulga kiritiladi. Uning afzalligi shundaki, bolalar 
sayohatda narsalarni tabiiy vaziyatda o'rganadilar. Sayohat 
0
‘qituvchi tomonidan 
yaxshi o‘ylanib, yaxshi tayyorlanilsa va uyushtirilsagina samarali boiadi. 0 ‘qituvchi 
sayohatning maqsadini, uning o‘quv materialini o‘rganishdagi ahamiyatini, 
shuningdek, uning tarbiyaviy ahamiyatini aniq tasawur etishi kerak. Sayohatni 
o‘tkazishdan oldin suhbat o‘tkazib, bolalardan kuzatiladigan obyektdan ularga 
nima ma’lum ekanligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Diqqatni nimaga 
qaratish, nimani kuzatishlari kerakligi ustida bolalarga ko‘rsatma berish kerak, 
ulaming oldiga savollar qo‘yish lozim, ularga javobni bolalar sayohat vaqtidagi 
kuzatishlar jarayonida topishlari kerak.
Sayohatdan olingan taassurotlami, kuzatish natijalarini umumlashtirish 
juda muhimdir.
Yangi bilim berishda o‘qituvchi didaktik material, harf va sonlaming yozilishi 
o‘quvchilar tomonidan kuzatilishini keng qo‘llaydi. Ayrim hollarda matematika 
darslarida kuzatishning o‘zi yetakchi usul bo‘lib xizmat qiladi. 0 ‘qituvchi kuzatish 
usulidan foydalanib, o‘quvchilaming bilish faoliyatini shunday tashkil etadiki, 
ular mustaqil ravishda o‘zlari uchun oson bo‘lgan umumlashtirish, xulosa 
chiqarish ishlarini amalga oshirishlari mumkin.
Kuzatishni tashkil qilish bir qator usullami qo‘llashni talab etadi. Bunda 
aniq maqsadni qo‘yish juda muhim. Bolalar nimani kuzatishlari kerak 
ekanligini aniq bilishlari kerak. Bundan tashqari, ko‘rsatilayotgan buyumning 
xarakterli belgilarini aniq bilishlari kerak. 0 ‘rganilayotgan obyektni oldingi
87


o‘iganilgani bilan taqqoslashdan foydalanish ham muhimdir. Va nihoyat, 
obyektni kuzatishni o'qituvchining og‘zaki tushuntirishlari bilan birga qo‘shib 
olib borish zarur.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling