Maxsus pedagogika
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
nazarda
tutish muhim. Yordamchi maktablarda turli faoliyatlar ichida o‘yin alohida ahamiyatga ega. 0 ‘yin jarayonida bola o‘z kuchlarini sinaydi va o‘zi yaratgan narsalarga mustaqil ravishda egalik qiladi. Aqli zaif bolalarning o‘yin faoliyati maktabgacha bo‘lgan yoshda vujudga kelib, o‘z rivojlanishida ibtidoiy taqlid qilish shaklidan to murakkab rolli o‘yingacha bo‘lgan yo‘lni bosib o ‘tadi. Dastlab bolalarning o'yini odamlarning predmetli faoliyatiga o‘xshab ketadi, so‘ngra ular o‘yinda kishilarning o ‘zaro munosabatlari, ijtimoiy yurish-turish normalari va qoidalarini aks ettiradilar. Maktab yoshidayoq bolalar ularni hayot va faoliyatning jamoa shakllariga o'rgatadigan jamoa o‘yinlarini afzal ko‘radilar. Kuzatishlaming ko‘rsatishicha, o‘yin vaziyatlari bolalarning hissiy idrokini boyitadi, qiziqishini oshiradi, tasavvur, fikr yuritish faoliyatlarini rivojlantiradi va o ‘zlarining istak va kayfiyatlarini muayyan talablarga bo‘ysundirishga o‘rgatadi. Bola o‘yinda o ‘zini qanday tutsa, katta bo‘lganidan keyin ko‘p jihatdan o ‘zini ishda shunday tutadi. 0 ‘yinda ixtiyoriylik asosiy rol o‘ynaydi, mehnat esa, ko‘pincha majburiy xarakter kasb etadi. 0 ‘yinga kirishish payti 107 bolalarning istagiga bog‘liq bo‘ladi, mehnat faoliyati esa burchga asoslanadi. Ammo xohish, ixtiyoriylik, istak bo‘lmagan mehnat bolaga og‘ir botadi. Shu mazmundagi o ‘yin ham majburiy tus oladi, aqli zaif bolaga yoqmaydi. 0 ‘yin, yuzaki qaraganda, betashvish, yengil tuyuladi. Aslida esa, o ‘yin ijrochidan g‘ayrat, bardosh, uyushqoqlik talab etadi. Shuni qayd etish kerakki, har qanday o ‘yin tarbiya vositasi bo‘la olmaydi. 0 ‘yin faoliyatiga pedagogik rahbarlik aqli zaifbola e ’tiborini asta-sekin, lekin tobora ko‘proq o ‘yin o ‘rnini egallaydigan mehnat sohasiga bosqichma-bosqich qaratishni taqozo etadi. Bolalarning o‘yin faoliyatini tezlashtirish, unga kattalarga xos elementlami kiritish, bolalar tashabbusi o ‘miga yuqoridan rahbarlik qilish maqsadga muvofiq emas. Aqli zaif bolalarning o‘qish faoliyati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. 0 ‘qish mehnatning eng murakkab turi — aqliy mehnatga asoslanadi. Aqli zaif o'quvchilarda bilimlarni, malaka va ko‘nikmalami egallash o'qish jarayonidagina emas, balki o'yin va mehnat jarayonida ham ro‘y beradi. Aqli zaif bolalar m ehnatning ijtimoiy ahamiyatini to ‘la tushunib yetmasliklari natijasida ularning ayrimlarida mehnatga nisbatan salbiy munosabatlar ham shakllanadi. Turli xil mehnat turlarida mashq qilish, ularni doimo boyitib, takomillashtirib borish orqaligina aqli zaif bolalar faoliyatning mustaqil usullariga o ‘tadilar, o ‘zlarini shaxs sifatida anglay boshlaydilar. Inson birorta axloqiy yoki m a’naviy fazilatni tayyor holda, meros shaklida olmaydi. Bularning hammasi faoliyat jarayonida, awalo mehnatda tarbiyalanadi, rivojlanadi, shakllanadi va takomillashib boradi. Yordamchi maktablarda 0 ‘qituvchi va tarbiyachilar bolalarning mehnat faoliyatini to ‘g‘ri tashkil etib, ularni mehnatga faol jalb eta olsa, bu faoliyat tarbiyaning yetakchi vositasi sifatida qollanilishi mumkin. Tarbiyalash aqli zaif bolalarga qanday ishlami qilish-qilmasfik haqida ko‘rsatma berishdangina iborat emas. Tarbiyalanuvchi ana shunday xatti- harakatlarning ijtimoiy mazmunini anglab olishiga, unda to ‘g‘ri xatti- harakatlarning ijtimoiy yoki shaxsiy qadri borligiga ishonch hosil bo‘lishiga erishish kerak. Aqli zaif bolalarda ko‘p hollarda shaxc motivlari bilan harakatlari o‘rtasida bir xil bog‘liqlik yo‘qligini aytib o‘tish muhim. Juda katta istak bo‘lishiga qaramay, ko‘pincha harakat mutlaqo ro‘y bermaydi. Aqli zaif bolalar psixologiyasida uning xulq-atvorini yo‘naltirib turadigan boshqa omillar ham borki, ular orasida shaxsning intellektual va hissiy-irodaviy faolligi muhim ahamiyatga ega. Yordamchi maktablardagi tarbiyaviy jarayon shaxsning ehtiyoj, motivlarini qanchalik boyitsa va qayta qursa, uning intellektual va hissiy-irodaviy faolligini qancha ko‘proq rivojlantirsa, bu jarayonning samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Aqli zaif o ‘quvchiga mehnatning foydali va qadrli ekanligini qancha uqtirmang, agar bola mehnatning ta ’sirini, charchoqni, mehnat zavqini 108 o‘zi tatib ko‘rmasa, ko‘ngildagi natijaga erishib bo‘lmaydi. Shu sababli yordamchi maktabda tarbiya ishining asl mohiyati bola bilan o‘tkaziladigan turli suhbatlarda emas, balki bola hayotini tashkil etishdadir. Tarbiya ishi awalo tashkilotchining ishidir. Xulq-atvor ko‘nikm alari va odatlari bamisoli insonning zaruriy ehtiyojiga aylangan harakatlar va xulq-atvoming barqaror shakllari bo‘lib, ularning bajarilmasligi noxush, ko‘ngilsiz, ba’zan og‘ir oqibatlarga olib keladi. Inson qanchalik ko‘p oqilona va foydali ishlarni o‘zi uchun odat qilib olsa, uning hayoti shunchalik mazmunli, samarali bo'ladi. Yaxshi odat insonning axloqiy boyiigi ekanligi barchaga m a’lum. Odob to ’g'ridan- to ‘g‘ri shaxsiy xususiyat b o ‘lm asdan, balki m uayyan sharoitlarda tarbiyalanib boradi. Abu Ali ibn Sino odamning oliy asab faoliyatini o ‘rganar ekan, bu faoliyatning nihoyatda moslanuvchan ekanligini doimo ta’kidlar edi. Hech narsa harakatsiz, ta ’sirsiz qolmaydi, balki hamma riarsaga hamisha erishish mumkin, yaxshi tomonga o'zgartirish mumkin, buning uchun faqat tegishli sharoitlar yaratilishi lozim. Bu so'/larda o'quvchi faoliyatining rivojlanishiga ishonch, pedagogik optimizm, tarbiyaning g'ovat katta imkoniyatlarini tan olish ifodalangan. Ajab emaski, Abu Ali ibn Sino shu katta, juda sermazmun jumlasida aqli zaif bolalarni ham nazarda tutgan bo‘lsa. I.P.Pavlov va uning shogirdlari asarlarida ta ’lim-tarbiya jarayoni murakkab, ko‘p tom onlam a, shartli reflektor aktidan iborat ekanligi tasdiqlangan. Tarbiya va ta’lim vositasi bilan tashqi ta ’sir hamda muayyan javob faoliyati o ‘rtasida shartli refleks deb ataladigan aloqa vujudga keladi. Organizmga bir necha bor takrorlanadigan sistematik ta ’sir dinamik stereotipni, shartli bog‘liqlikni vujudga keltiradiki, bu bogiiqlik muayyan darajada doimiylik, stabillik, barqarorlik xususiyatiga ega bo‘ladi. .Asab tizimining bu xususiyatini bilgan pedagoglar bir xil harakatlarni, bir xil ishlarni ko‘p marta takrorlash asosida aqli zaif o‘quvchilar xulq- atvorining mustahkam ko‘nikma va odatlarini hosil qilish imkoniyatlariga ega boladilar. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling