Maxsus pedagogika
Darsga qo‘yilgan davr talablari
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
Darsga qo‘yilgan davr talablari
Hozirgi kunda yordamchi maktablarda dars 2 xil yo‘nalishda: an’anaviy, interfaol tarzda olib boriladi. An’anaviy dars olib borish bu shu kungacha o'tiladigan dars jarayonlari kabi olib boriladi. Interaktiv, ya’ni interfaol yo‘nalish yangi pedagogik texnologiyaga asosan olib boriladi. Bunda darsda o‘qituvchi emas, o‘quvchilar faol, amaliy ishtirok etadilar. Yordamchi maktabda o‘quvchilarga beriladigan fanlar asosidagi bilimlar, u ularning e’tiqodlariga aylanishi o ‘ta muhimdir. Yordamchi maktab o ‘quvchilarining aqliy qobiliyatlarini korreksion rivojlantirish davr talabidir. Yordamchi maktab o‘quvchilari barcha fanlardan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llay olish, faoliyatlarini faollashtirish va ko‘nikma, malaka hosil qilish lo/.imdir. Ular o'zlarining ko‘rgan- kecliirganlarini sabab-oqibat qonuniyatlarini anglab yetish va hayotga tatbiq qila olishi o‘ta muhim. Yordamchi maktabda o ‘quvchilarga individual yondashish shu boisdan ham ta’lim jarayonining muhim talabidir. Yordamchi maktabda o'qitishdagi individual yondashish faqat mashq ishlarida emas, balki o ‘quv jarayonining hamma bosqichlarida: yangi materialni o ‘tishda, mustahkamlashda va takrorlashlarda ham, uy vazifasini tuzishda va darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ham amalga oshirilishi zarur. Hozirgi davrda ta’lim-tarbiya jarayonlarida pedagogik texnologiyani qo‘llash bilan uzviy bog‘lab olib borish, tanqidiy fikrlovchi shaxsni tarbiyalashdek muhim vazifani kutmoqda. Hozirgi kun amaliyotiga tatbiq etilayotgan yangi o ‘qitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan maxsus pedagogika tizimiga aylantirish davr talabidir, zero ijtimoiy tajriba elementlari — bilim, ko‘nikma va malaka ijodiy faoliyat tajribalari — maxsus maktab pedagogika tizimi doirasida, milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlami qo‘llagan holda korreksion- ped ag og ik ish m a z m u n in i ta k o m illa s h tiris h m axsus m a k tab oligofrenopedagoglari oldida turgan dolzarb, asosiy vazifadir. Yordamchi maktabda ta’lim jarayonida ta’lim mazmunining yangi loyihasini, ilg‘or pedagogik texnologiyalami qo‘llash zarurati vujudga keldi. 7 - 3 3 97 Pedagogik texnologiya shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida oligofrenopedagog faoliyati yangilanadi. 0 ‘quvchilarda hurfikrlilik, insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg‘ulari tizimi shakllantiriladi. Davr talabi — «shaxs manfaati va ustuvorligi» maxsus ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning asosiy omillaridan bin ekan, buni amalga oshirishda pedagogik texnologiya kerakli omil bo‘lib xizmat qiladi. Yangi pedagogik texnologiya deganda ishlab chiqarish mahsulotini tayyorlash jarayoni, bu jarayonni amalga oshirish vositalari, qurol- uskunalari, jarayon ishtirokchilarining harakatlari tarzi, bir-biriga munosabati majmuasi tushuniladi. «Texnologiya» tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan holda fanga 1872-yil kirib kelgan. U ikki so‘zdan: «texnik» — san’at, hunar va «loges» — fan so‘zlaridan tashkil topib, hunar fani m a’nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya - ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida ham da u larning o ‘zaro t a ’sirini inobatga olib o ‘qitish va bilim 0 ‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo‘Has lining tizimli uslubidir (YUNESKO). 1) Dars — ta ’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash funksiyalarining kompleks tarzda amalga oshirilishini nazarda tutadi. 0 ‘quvchining shakllanishiga doir barcha jihatlarga ta ’sir o ‘tkazadi. Shaxsning bilimlarini oshiradi, aqliy qudrati va qobiliyatlarini rivojlantiradi, dunyoqarashini, axloqiy, estetik qo biliy atlarin i, irodaviy fazilatlarin i, m ehnatga munosabatini shakllantiradi. 2) Dars o ‘tishiga, shakliga ko‘ra sistema bo‘yicha olib boriladi: muayyan boshlanishdan, darslarning maqsadlari va vazifalarini belgilashdan, materialni tushuntirish, mustahkamlash va takrorlashdan, uyga vazifa berishdan iborat bo‘ladi. Darsning qismlari o ‘zaro bir-biri bilan bog‘langan bo‘lishi, biridan keyin ikkinchisi o ‘tishi kerak. 3) Dars o‘qitish tamoyillariga muvofiq bo‘ladi: u tarbiyaviy ta ’sir o‘tkazadi, ilmiy tushunish uchun qulay hisoblanadi, o ‘quv materialining puxta va ongli tarzda o ‘zlashtirilishiga, malaka, ko‘nikmalar shakllanishiga imkon beradi. 4) Dars mazmuni o ‘quv dasturiga muvofiq bo‘lib, u boshqa darslar sistem asidagi b o ‘g ‘inlarni qam rab oladi. Ilgari, qanaqa m azm un o‘iganilgani va bu darsdan keyin nimalami o ‘rganishlari kerakligini hamisha esda tutish shart. Faqatgina esda tutish va bilish emas, balki bajargan ishi o ‘quv faoliyati davomida keyinchalik o ‘rganilishi lozim bo'lgan b a’zi g‘oyalar bilan oldindan tanishtirib ketish tendensiyasini vujudga keltirishi kerak. 5) Darsga tayyorgarlik ko‘rish va uni o'qitish chog‘ida, o'qitish va tarbiyalashga nisbatan zam onaviy psixologik-pedagogik va uslubiy yondashish hisobga olinadi. 98 0 ‘qituvchi, shuningdek, maktabdagi muayyan vaziyatni: jihozlarni, texnikaviy vositalarni, mahalliy, ijtimoiy va tabiiy shart-sharoitlarni va boshqa narsalarni ham hisobga oladi. Dars o‘tishga tayyorgarlik va uni o‘tish muvaffaqiyatli sinf dars sistemasi sharoitida o ‘quv jarayonini tashkil etish asoslarini tushuntirib berolganligi bilan belgilanadi. Har qanday darsda maqsad va vazifalar ko‘zda tutiladi. Ta’lim berish maqsadlari alohida ajratiladi. Dars ho/irgi zamon talabini, tarbiyaviy maqsad va vazifalarini ham oV, ichiga oladi. Ular o‘quv materialining mazmuni bilan ham, shuningdek, maktab o‘quvchilari shaxsini tarbiyalash va kamol toptirishga qaratilgan umumiy maqsadlar bilan ham belgilanadi. Tarbiyaviy vazifalar o‘quvchilarning axloqiy, irodaviy, intellektual, uzluksiz jarayoni hisoblanadi. H ar qanday dars o'quvchining ijobiy fazilatlarini shakllantirishga faol yordam berishi shart. Bunda darsning ta’lim berish jihati, uning mazmuni, tashkil etilishi o‘quv faoliyatining muayyan tarbiyaviy yo‘nalishini vujudga keltiradi. 0 ‘qituvchi aniq tarbiyaviy vazifalami belgilaydi. Masalan, mashq qilish, ijodiy yondashish. Darsda ta ’lim berish o ‘quvchilarning shaxsiy tajribalariga tayanib ish ko‘rishni talab qiladi. Agar material o ‘quvchilar shaxsiy boyligiga aylanib qolgan bilimlar bilan bog‘langan, agar u mahalliy tabiiy va ijtimoiy hodisalar bilan alo qador b o ‘lsa, o'q u v ch ilar uchun uni o ‘rganish osonroq, qiziqarliroq, tushunarliroq bo‘lar edi. Shaxsiy tajribaga tayanish darsni muvaffaqiyatli o ‘tkazishning muhim shartidir. 0 ‘quvchilarni o ‘qishga, mustaqil ravishda bilim larni egallashga o ‘rgatish umumiy jihatdan emas, balki har bir darsda muayyan tarzda hal etiladi. Bu eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Jamoa, guruh shaklida va individual tarzda ishlashni mohirlik bilan q o ‘shib olib borish darsni tashkil etish da asosiy masala hisoblanadi. 0 ‘quvchi o ‘quv topshiriqlarini tashkil eta olishi, shakllantira bilish va bajara olishi uchun uni jam oa bo‘lib ham, individual tarzda ham ishlashga o ‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling