Maxsus pedagogika
Takrorlash — umumlashtirish darslari
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Tekshirish va baholash darslari.
4. Takrorlash — umumlashtirish darslari. Uning didaktik maqsadi
o ‘tilgan mavzuni qaytarish va sistemalashtirishdan iborat. U dastuming birorbo‘limi yoki alohida mavzuning o‘qitilishi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Umumlashtirilgan darsda o'qituvchi o ‘quvchilarning o ‘tilgan mavzuni qanday o ‘zlashtirganlarini aniqlaydi. Bu darslar bolalarning o ‘quv materialini yuqori darajada tushunishiga va o'tilganlarni yangi shaklda qaytarishga imkon beradi. Yordamchi maktablarda umumlashtirilgan holda takrorlash-qaytarish, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Qaytarish paytida mavzu bo‘yicha hamma o'rganilgan material umumlashadi. Masalan, darslarda o ‘quvchilar turli xil mashqlami o'rganishadi, umumlashtirib qaytarish darsida esa ulami taqqoslaydilar. Y o w o y i va uy hayvonlarini o ‘rgangandan keyin o‘quvchilar bu guruh hayvonlami o ‘zaro solishtirib, har bir gumh uchun umumiy va o ‘ziga xos belgilami aniqlaydilar. 5. Tekshirish va baholash darslari. Yordamchi maktab o‘qituvchilari bunday darslami o‘iganilayotgan mavzu o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganiga ishonch hosil qilgandan so‘ng o‘tkazadilar. Bunday darslar og‘zaki, so‘roq shaklida yoki yozma ish shaklida o‘tkazilishi mumkin. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan har bir dars turida, uning tuzilishida umumiy elementlar mavjud bo‘ladi. Biroq dars turidan qat’i nazar, yordamchi maktabdagi darslar bir qancha qism: tayyoigarlik, asosiy va xulosa qismlaridan iborat bo' ladi. 94 Tayyorgarlik qismining maqsadi o‘quvchilarda ishga tayyorgarlikni vujudga keltirish, ularni o‘quv jarayoniga kirishishiga imkon yaratishdan iborat. D arsning bu qismi bir qancha elem entlardan: a) o ‘quvchilar ish ini uyushtirish va darsga tayyorlash; b) darsdagi mashg‘ulotlarga o‘quvchilami psixologik tayyorlash; d) o'quvchilaming darsga didaktik tayyoigarligidan tashkil topadi. 0 ‘quvchilami o‘quv ishiga tayyorlash uchun o‘qituvchi ular diqqatini faollashtiradi, yordamchi maktab o ‘quvchilarining asab sistemasini optimal holatga keltirishga qaratilgan alohida mashqlar tanlaydi. Bunga tashkil qilingan paytdan keyin 5—6 daqiqa va tayyorlov vaqt ajratiladi. Tayyorlovchi mashqlar darsdan keyingi ishlar mazmuni bilan bog'liq bo‘lishi kerak. Mazmunga ko‘ra ular har xil bo'ladi: rasmlami, buyumlami ko'rish, ular to‘g‘risida suhbat o‘tkazish. Nutq bilan bog‘langan o‘yinlar, ertak va hikoyalar eshitish, buyumni tanish, tasniflash, ajratish bo‘yicha amaiiy topshiriqlar, diafilmlar namoyish qilish. Sinfda o ‘qituvchining uy vazifasini tekshirish!, o‘tilganlarni takrorlash asosida yangi materialni o'zlashtirishga o ‘quvchilarni tayyorlashi katta ahamiyatga ega. Bu darsning tayyorgarlik bosqichiga jonli kirishib, o'quvchilarga savollar berib, mustaqil bajarilgan ishlarni ko‘z yugurtirib tekshirish, topshiriqni bajarish, natija va yechimini tekshirish shaklida tashkil qilinadi. Tekshirish qaysi shaklda olib borilmasin, u yangi materialni oYganishga kirishishda katta ahamiyatga ega. 0 ‘quvchilarning didaktik, psixologik tayyorgarligi ularni faqat yozuv asboblari bilan, ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlash bilangina belgilanmay, balki dars mazmunini aniq ta’riflash bilan ham belgilanadi. Ayni shu bosqichda o ‘qituvchi bolalarga ular darsda nim ani o ‘rganganlarini va buning amaiiy aham iyatini tushuntiradi. 0 ‘quvchilarni yangi m aterial bilan tanishtirish, uni o ‘rganish, sistemalashtirish va o ‘tilganlarni chuqurlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakani mustahkamlash va o ‘quv materiallarini takrorlash—bulaming hammasi darsning asosiy qismiga kiradi. Darsning yakunlovchi qismida esa o ‘quvchilaming ishlari baholanadi va ular mustaqil ishlarga jalb etiladi, ya’ni ularga uy vazifalarini bajarish bo‘yicha aniq yo‘llanmalar beriladi. Bu, ayniqsa, yordamchi maktablarda juda muhim, chunki uy vazifasi dars davomida qo‘lga kiritilgan bilim, ko‘nikma va malakani mustahkamlash va kengaytirishga, o'quvchilar faolligi va mustaqilligini rivojlantirishga, ularda o‘z-o‘zini nazorat qilishni tarbiyalashga xizmat qiladi. Biroq rivojlantiruvchi ahamiyatga ega bo‘lgan uy vazifasi, sinfda bajarilgan ishning davomi sifatida qaralganda va o‘quvchilar uni mustaqil bajarishlari mumkin bolgandagina shunday hisoblanadi. Uy vazifalari o‘quvchilami qiyinchiliklami yengishga, topshiriqlami o‘z vaqtida bajarishga va mashqlami bajarishda eng unumli yo'lni topishga o'rgatishi lozim. 95 0 ‘qituvchi o‘quvchilarga uy vazifasini tushuntirib, uni bajarish yo'llarini ko‘rsatib berishi kerak. Ba’zida butun sinfgagina emas, balki ayrim o'quvchilarga alohida tushuntirib, individual vazifalar ham topshiriladi. Bundan tashqari, I.G.Yeremenko darsning yakunlovchi qismida ish joyini tartibga keltirish, nafas olish uchun jism oniy m ashqlar bajarish, didaktik o ‘yinlar, topishmoqlar topishni uyushtirishni tavsiya qiladi. Yordamchi maktabda qaytarish darsning zaruriy elementi bo‘lib hisoblanadi. Qaytarish bola materialni esidan chiqarmasdan oldin bajarilishi kerak. A.N.Graborov iborasiga ko‘ra, qaytarish — unutishning oldini olishdir. Shuning uchun yordamchi maktablardagi darsning har bir bosqichi, aw al o'rganilgan bilimni yangi shakllarda qaytarish bilan, bilimni amaliy qo‘llash jarayonida qaytarish bilan bogiiq bo‘lishi kerak. Shunga ko‘ra A.N.Graborov o ‘ziga xos, ammo majburiy bo‘lmagan, qaytarish alohida o‘rin tutgan dars tuzilishini taklif qiladi: 1. Dars 0 ‘quvchilar tajribasini safarbar qilish bilan boshlanadi. 2. Bu tajriba sistemalashtiriladi. 3. Mavzu bo‘yicha yangi material bayon qilinadi. 4. Yangi va o ‘tilgan material orasida aloqa o ‘matiladi. 5. Material takrorlanadi. 6. Yangi qoidalarga misollar o‘ylab topiladi. 7. Material umumlashtirilib, yakunlovchi qaytarish o‘tkaziladi. 8. 0 ‘quvchilar ongida materialni mustahkamlovchi uy vazifasi beriladi. Yordamchi maktablardagi qaytarish o ‘zgaruvchan xarakterda bo‘lib, u bolaning rivojlanishiga imkon yaratishi kerak. U ayni o ‘tiladigan mavzu bo‘yicha o ‘quvchilarda qanday ko'nikm a va malakani ishlab chiqishi kerakligini, mustaqil ish turlarini belgilashi kerak. Darsga tayyorgarlik jarayonida o ‘qituvchi alohida e’tibor talab qiladigan o‘quvchilami belgilab, awaldan ular uchun alohida savol, uy vazifalari va topshiriqlar tayyorlab, uni o ‘quvchilarga tushuntirib, bajarish usulini ishlab chiqadi, ayrim o ‘quvchilar uchun individual topshiriqlar tanlaydi. Tayyorlanish davrida o ‘quvchilaming bilim, ko‘nikma va malakasini hisobga olish va tekshirish usullari va turlari ham ishlab chiqiladi. 0 ‘qituvchi dars rejasini tuzadi, agar o ‘quv m ateriali m azm uni talab qilsa uning qisqacha konspektini ham oladi. Bizningcha, dars rejasida quyidagi elementlar o ‘z aksini topishi kerak: 1. Dars mavzuining nomi. 2. D arsning asosiy didaktik maqsadlari, ta ’limiy, tarbiyaviy va nuqsonni tuzatish vazifalari. 3. Darsda foydalaniladigan jihozlar. 4. Darsning tuzilishi, ya’ni darsning asosiy qismlari yoki bosqichlarini, ularning ketma-ketligi va o'tkazish uchun ketadigan vaqtni taxminan aniqlash. 96 5. Yangi materialni o‘rganish, mustahkamlash, takrorlashga oid va navbatdagi mavzularni o ‘rganishga oid ishlarning mazmuni. 6. Darsning har bir qismida bajariladigan o ‘quv ishining metod va usullari. 7. Darsning borishida o ‘quvchilar olib boradigan individual ish so‘ralishi kerak bo‘lgan o‘quvchilaming familiyalari. 8. 0 ‘quvchilar bilimini baholash. 9. Uy vazifasi. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling