Maxsus pedagogika
— 2-sinflarda jurnalga ham, daftarga ham yomon baho qo‘yilmaydi
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar 1. Yordamchi maktabda baholashning qanday turlari bor 2. Yordamchi maktabdagi baholashning ommaviy maktabdagi baholashdan
- 5. Baholashning mezonlari haqida tushuncha bering. 103 4-BOB. YORDAMCHI MAKTABLARDA
1 — 2-sinflarda jurnalga ham, daftarga ham yomon baho qo‘yilmaydi.
Yordamchi maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarini og‘zaki «a’lo», «yaxshi» deb rag‘batlantiradi. Yordamchi maktab o‘quvchilarida bunday rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega. Ular o‘z kuchlariga ishona boshlaydilar. Yordamchi maktabda o'qituvchining umuman bunday baholashi aqli zaif o‘quvchi shaxsini emas, balki ko'rsatgan sifatlarini baliolaslini nazarda tutadi. Bu hoi o'qituvchi va o'quvchi o‘rtasidagi munosabatlar yanada yaqinlashishida kerakli omil bo‘lib xizmat qiladi. Savol va topshiriqlar 1. Yordamchi maktabda baholashning qanday turlari bor? 2. Yordamchi maktabdagi baholashning ommaviy maktabdagi baholashdan farqi nimada? 3. Baholashning qanday vazifalari mavjud? 4. Bilimlami chorak va yakuniy tekshirishning qanday shakllari bor? 5. Baholashning mezonlari haqida tushuncha bering. 103 4-BOB. YORDAMCHI MAKTABLARDA TARBIYA NAZARIYASI 4.1. Yordamchi maktablarda o ‘quvchilami tarbiyalashning maqsadi, vazifasi, tamoyillari va usullari Insonning insoniyligi uning m a’naviy va axloqiy jihatdan qalbi pokligi, halolligi, barkamolligi bilan belgilanadi. M a’naviy tarbiya insoniy tarbiyaning eng muhim bosqichidir. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Ma’naviyat va m a’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to ‘g‘risida»gi Farmonida: «Jamiyatda yuksak m a’naviy fazilatlami kamol toptirish, yoshlami boy madaniy merosimiz, tarixiy an ’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlaming hal qiluvchi omilidir»,1 — deb ta’kidlaydi. T arbiya nazariyasi yangi in so n ni sh akllan tirish n in g um um iy qonuniyatlarini ochib beruvchi yetakchi ilmiy g‘oyalar tizimidan iborat. Tarbiya nazariyasi — tarbiyaning mazmuni, uning bolalar yoshiga bog‘liqligi, tarbiya tamoyillari hamda ulardan samarali foydalanish shart-sharoitlari, o ‘quvchilarning m aktabdan tashqari ishlari, m aktab, oila, m ehnat jamoalari, jamoatchilikning bola tarbiyasidagi birgalikdagi ishlar mazmunini ochib beradi. Tarbiya nazariyasi va usullari maktablardagi tarbiyaviy faoliyatning ilmiy asosini tashkil etadi. Ammo tarbiyani ta’limdan umuman ajratib qo‘yish mumkin emas. 0 ‘qish keng ma’noda tarbiya deb atalgan gulning yaprog‘i, xolos. Gulga chiroy baxsh etadigan yaproqlaming hammasi birdek bo‘lgani kabi tarbiyada ham asosiy va ikkinchi darajali narsa bo'lmaydi. Demak, malakalarda sof tarbiya bo‘lmaganidek, sof ta’lim ham bo‘lishi mumkin emas. Ayniqsa, yordamchi maktablarda tarbiyalab ta’lim berish va bilim berib tarbiyalash juda zarur. Bizga m a’lumki, har qanday jarayon m a’lum biror natija olishga qaratiladi. Jarayon natijasiz bo‘lishi mumkin emas. Aks holda holat jarayon 'I.A.Karimovning «M a’naviyat va m a ’rifat» jam oatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoni. Toshkent sh., 1996-yil 9-sentabr. « 0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1996-yil 13-sentabr, 37-son. 104 b o ia olmaydi. Zero, tarbiya ham jarayondir. Tarbiya jarayonidan qanday mahsulot olamiz. Uning asosiy natijasi har tomonlama yetuk, uyg'un, kamol topgan shaxsni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki yoqlama bo‘lib, uyushtirishni va rahbarlikni ham , tarbiyalanuvchi shaxsning faollik ko'rsatishini ham taqozo qiladi. Ammo bu jarayonda 0 ‘qituvchi, tarbiyachi yetakchi rol o ‘ynaydi, chunki u tarbiyaning umumiy maqsadlarini amalga oshirish reja va dasturini ishlab chiqadi, tarbiya shakllari, usullarini asosli tarzda tanlab oladi va hayotga tatbiq etadi. Yetuk shaxs tarbiyalash tarbiyaning yakuniy maqsadidir. Tarbiya tizimining tuzilishini g‘isht, beton plitalari, temir materiallari va boshqa detallardan iborat qurilish bilan qiyoslash mumkin. Qurilishda har bir detal, buyumning o ‘z vazifasi bo‘lib, ayni vaqtda muayyan darajada umumiy vazifalami ham bajaradi. Ammo, ayni vaqtda eng yuqori sifatli buyumlar to ‘plami imorat bo‘lib qolmaganday, tarbiya jarayonining ham alohida qismlari, komponentlari zarur natijani bermaydi. Buning uchun tarbiyada barcha detallar: maqsad, vazifalar, mazmun, shakllar, usullar umumiy, birga bo‘lishi kerak. Shaxs tarbiyasida atroflicha yondashish obyektiv ravishda aqliy, g ‘oyaviy, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiya birligini, 0 ‘quvchilar ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligini, tarbiya jarayonida tashkil etishning individual, guruhli va ommaviy shakllarini qo‘shib olib borishni ta ’minlaydigan kompleks pedagogik tizimlami vujudga keltirishni hamda bu tizimlarning amaldagi tatbig‘ini talab etadi. Tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy-qadrli fazilatlarini shakllantirishga, uning atrofga, odamlarga, o ‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirishga va kengaytirishga qaratilgandir. Shaxsning turmushdagi turli jihatlariga munosabatlari tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo‘lsa, uning o ‘z m a’naviy dunyosi shunchalik boy boiadi. 0 ‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya jarayoni ko‘p omilli mazmunga ega. Buning ma’nosi shuki, bola shaxsining qaror topishi maktab, oila, jamoatchilik, ijtimoiy muhit va yaqin atrofdagi vaziyatning xilma-xil, bevosita va bilvosita ta’siri ostida ro‘y beradi. Hamma narsa: ota-onalar, boshqa odamlar, narsalar, voqealar, pedagoglar tarbiyalaydilar. Tarbiya jarayoni boshqariladigan xarakterga egaligi bilan ajralib turadi. Tarbiya uzoq davom etadigan va aslida uzluksiz jarayon bo‘lib, bu jarayon bola maktabga kelishidan ilgariyoq boshlanadi hamda butun umr bo'yi davom etadi. Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda boMmaydi. Bu narsa ko‘pgina sabablarga, o‘quvchilaming individual ti pologik tafovutlariga, ulaming hayotiy va ma’naviy tajribasiga, shaxsiy munosabatiga bog‘liq. Shuning uchun bir xil tarbiyaviy ta’siming o‘zi «shaxsning hissiy larzaga kelishiga» olib kelsa, ayni vaqtda boshqa bola m a’naviy dunyosiga ta’sir qilmasligi mumkin. 105 Tarbiya jarayoni, odatda, qayta tarbiyalash aqli zaif bolaning atrof-muhitda u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va shaxs xususiyatlarini bartaraf etish bilan qo‘shib olib boriladi. Yuksak darajaga erishadigan tarbiya jarayoni o'z-o‘zini tarbiyalash vazifasini bajaradigan tarbiyadir. Tarbiya dialektik jarayon ekanligini unutmasligimiz darkor. Bola atrof-muhitning murakkab olami bilan xilma-xil munosabatlarga kirishadi. Mavjud tarbiya jarayonida bu holatni hisobga olmaslik mumkin emas. Bu holat tarbiya jarayoniga puxtalik, jo ‘shqinlik, o‘zgaruvchanlik olib kiradi. Tarbiya vositalarining hech biri doimiy bo‘la olmaydi. Chunki bola o‘zgarib, rivojlanib, murakkablashib boradi, tarbiyajarayonining alohida dialektikasiga yana shu narsa sabab boiadiki, tarbiyalanuvchi bu jarayonda obyektgina emas, balki ko'pincha subyekt sifatida ham qatnashadi. Umuman tarbiyada «subyekt» va «obyekt» tushunchalari bir-biri bilan chambarchas aloqada bo‘lib, bir- birini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining dialektikasi uning ziddiyatli ekanligida namoyon bo‘ladi. Aslida bu narsa tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablar bilan ulaming tayyorgarlik darajasi, rivojlanish darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilikni hal etishga qaratilgandir. Dialektikaga binoan har qanday rivojlanishning harakatlantiaivchi kuchi ichki omillardir. Ammo ular namoyon bo‘lishi uchun qulay tashqi sharoitlar yaratilgan taqdirdagina rivojlanish mazmuni va yo‘nalishini belgilaydi. Bolaning ichki kuchlari tashqi ta’sir ostida tarkib topib, o‘zgarib, shaxsning o‘z rivojidagi yuksakroq darajaga o ‘tishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya jarayonining harakatlantiruvchi kuchi bilan ziddiyatlar tashqi va ichki bolishi mumkin. Tashqi ziddiyatlar obyektiv mavjud boigan narsa bilan atrofdagi kishilar yurish-turishi o‘rtasidagi nomuvofiqlikda, tafovutda namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha yordamchi maktab o'quvchisi tengdoshlari va katta yoshdagilaming ijtimoiy normalarga zid xatti-harakat qilganliklarining guvohi bo‘ladi. Taibiya jarayonining tashqi ziddiyatlaridan biri tashqi talablar bilan aqli zaif o‘quvchining o‘z xulq-atvori o‘rtasidagi ziddiyatdir. Tarbiya jarayonining obyekti boigan aqli zaif bolaning xarakterli xususiyati uning real imkoniyatlari bilan, jamiyat tom onidan uning xulq-atvori va faoliyatiga qo‘yilgan talab o ‘rtasida, tarbiyalanuvchining munosabati bilan uning mustaqillikka intilishi o'rtasidagi ziddiyatdan iboratdir. Yordamchi maktab o‘quvchisi talablari bilan uning imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyat ham ichki ziddiyatlar jumlasidandir. Bu ziddiyat xulq-atvorda ravshan ifodalanishi mumkin: va’da berib, uni bajarmaslik, biror ishni boshlab oxiriga yetkazmaslik va boshqalar. U holda tarbiya jarayonida nizoli vaziyat vujudga keladi. Insonning shaxs sifatida kamol topishidagi asosiy manbalardan biri talablar bilan ularni qondirish usullari o ‘rtasidagi ziddiyatdir. Agar yordamchi maktab o ‘quvchisining talablari tegishli ashyo yoki harakat bilan va zarur hajmda qondirilsa, ziddiyat ilk bosqichdayoq bartaraf etiladi yoki to‘g‘rilanadi. Aslida esa bola talablari darhol, to‘la qondirilmaydi. Buning oqibatida turli ziddiyatlar kelib chiqadi va asabiy holat yuz beradi. Tarbiya 106 jarayonini iJmiy asoslangan tarzda olib borish uchun uning qonuniyatlarini chuqur o‘rganish talab qilinadi. Bu qonuniyatlar vazifalaming muayyan rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat o'rtasidagi muhim, zarur ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. L. S. Vigotskiyning ta’kidlashicha, bolani maksimal darajadagi ijtimoiy mavjudot deb atash mumkin. Bolaning tashqi dunyoga har qanday, hatto eng oddiy ibtidoiy munosabati ham hamisha boshqa odamga munosabat orqali aks etgan bo‘ladi. Ko'pgina faktlar, narsalar shundan dalolat beradiki, bola qoiidagi o'yinchoq ko‘pincha kattalar bilan muomala vositasi bo‘ladi. Bolalar kattalardan yordam olish uchun emas, balki muomalaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun ham o‘yinchoqqa murojaat qiladi. Aqli zaif bolalar muomalasi ular faoliyatining o ‘ziga xos turi bo‘lib, bunda boshqa bir odat narsa sifatida namoyon bo‘ladi. Bu faoliyatda muayyan mazmun (o‘qish, dars tayyorlash, model yasash, gaplashish, sayrga chiqish) boshqa bolalar bilan muomala usuligina hisoblanadi. Yoshlardagi muomala tengdoshlarini va o'zini bilishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Aqli zaif 0 ‘quvchi shaxs bo'Iib shakllanishi uchun faoliyat turlari to‘g‘ri tashkil etilgan bolishi kerak. Shakllanayotgan shaxs faoliyatining asosiy turlari korreksion pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilgan taqdirdagina tarbiyaviy jarayon vositalari bo‘la oladi. Faoliyatning ijtimoiy- foydali bo‘lishining o ‘zi kifoya emas, u aqli zaif o ‘quvchining o ‘zini qanoatlantirishi, o‘quvchining shaxsiy idealiga to‘la mos kelmasa-da, asosiy xususiyatlari bilan muvofiq kelishi kerak. Bola nima qilayotganligini, shu paytda unda qanday ruhiy kechinmalar ro‘y berayotganini va u nimaga erishayotganligini, atrofdagilarga qanday munosabatda bolayotganligini ham Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling