Maxsus pedagogika
Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi — maxsus maktab
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
4.2. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi — maxsus maktab
o‘quvchilari kamoloti mezoni sifatida Mamlakatimiz o‘z istiqlolining ilk kunlaridan boshlaboq 0 ‘zbekistonning kelajagi bo‘lmish yoshlarni har tomonlama kamol toptirishga, yetuk salohiyatli insonlar bo‘lib yetishishiga alohida e ’tibor bilan qaraydi. Bu borada juda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Ushbu m asalaning davlat siyosati darajasiga k o ‘idrilganidan ham uning mamlakatimiz taraqqiyoti, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi uchun nechog‘li muhim ahamiyat kasb etishini his qilish qiyin emas. Zero 109 prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o ‘mi, mavqei va shuhrati bevosita o ‘z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog‘liq. Milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasi o ‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy g‘oyalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Zero, yoshlarda ona-Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash, ulami mamlakatimizning tinchligi, ravnaqi va farovonligi uchun kurashishga tayyor turadigan fidoyi insonlar qilib yetishtirish, shuningdek, mafkuraviy kurashlar avj olgan hozirgi paytda yoshlaiga yot va begona g‘oyalar ta’siridan muhofaza qilish biz pedagoglaming muqaddas burchimizdir. Shunga ko‘ra, maxsus ta’limga oid o‘quv dasturlari va darsliklar mazmuni milliy g‘oya va mafkuraga oid mavzular va ular orqali dunyoni murakkabliklari bilan anglaydigan zamon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan insonlami voyaga yetkazishdir. Milliy istiqlol g‘oyasi hamda kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy g'oyasi « 0 ‘zbekiston— kelajagi buyuk davlat» g'oyasiga asoslanadi va unga xizmat qiladi. 0 ‘zbekistonning hozirgi davri, ertasi va bundan keyingi taraqqiyoti va istiqboli uchun mafkuraning, to ‘g‘rirog‘i, milliy istiqlol mafkurasining naqadar muhim va zarurligini hayotning o‘zi ochiq-oydin ko‘rsatib va isbotlab turibdi. Milliy istiqlol mafkurasining nechog'li aham iyatli ekanligi Prezidentimizning bir qator asarlarida va suhbatlarida ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Aynan milliy istiqlol mafkurasi jamiyat — taraqqiyotining muhim omili xalqning istiqbolini belgilaydigan qarashlar, g‘oyalar majmui bo'lib, u insoniyat tarixidagi eng ajoyib g‘oyalarga, ya’ni insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ijtimoiy adolat, tenglik, hamjihatlik, o‘zaro totuvlik, inoqlik, do‘stlik — birodarlik haqidagi qoida va ta’limotlaiga asoslanganligi bilan e’tiboiga sazovordir. Milliy istiqlol mafkurasining bir qator xususiyatlari qatorida shuni ham aytish lozimki, u millatu yurtni buyuk maqsadlar sari chorlovchi, safarbar etuvchi bosh mezondir. Milliy istiqlol mafkurasi biz yaratmoqchi boigan muhit, biz qurmoqchi bo‘lgan buyuk davlat, biz orzu qilib yashamoqchi bo‘lgan turmush tarzi alomatlarini belgilab beradi. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling