Maxsus pedagogika
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yordamchi maktabda mehnat ta ’limining o ‘rni va roli
119
Bundan tashqari muallif qo‘l mehnatidan boshqa fanlardan ham alohida ish usuli sifatida foydalanishni tavsiya etgan. Bizningcha, qo‘l mehnatining ijobiy tomonlari A.I.Graborov ishlarida birmuncha kengroq va izchilroq aks ettirilgan. «Bola tafakkuri bilan uning muskullari orasida, — deb yozadi u 1920-yiida, — uzviy aloqa bor. Aqli zaif bola ishlay turib, narsalar ishlab chiqara turib, topshiriqlami bajarib, o ‘zida ishonch tarbiyalaydi hamda shaxsini takomillashtirib boradi». Demak, bola mehnat faoliyatida o‘z-o‘zidan rivojlanib borar ekan. Insonning m ehnat faoliyatida harakatlar zaruriy qismlardan b o ‘lib, insonga xos bo‘lgan faoliyatning maqsadga qaratilganligi bilan ajralib turadi. M ehnat faoliyati tarkibiga kiruvchi aqliy harakatlar turli malakalar tarzida namoyon bo‘ladi. Bularga quyidagilar kiradi: a) og‘zaki, yozma, surat va jadvallardan foydalana olish; b) o ‘lchash, hisoblash uchun o ‘lchash ishlarini bajara olish; d) buyumlarning tartib bo‘yicha yasalish jarayonini rejalashtira olish; e) o ‘z ishini izchil nazo rat qilib borish (taxm inan, asboblar asosida); f) m a’lum buyumlar yasash jarayonida sabab-oqibat bog‘lanishlarini tushuna olish. Yordamchi maktabda mehnat ta ’limining o ‘rni va roli H ar bir bosqichning o ‘z vazifalari bor, ularni amalga oshirish sh u n d a n keyingi t a ’lim u ch u n asos y aratad i. Bir b o sq ich d ag i kamchiliklar aqli zaif o ‘quvchilar m ehnat tayyorgarligining keyingi bosqichlarida katta qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Q o‘l mehnati mashg‘ulotlarida o ‘quvchilarni kasb-korlik mehnat ta ’limiga tayyorlash amalga oshiriladi. Bunga qog‘oz, karton, loy va gazlama, sim va yog‘och bilan ishlash, shuningdek, konstruktor bilan ishlash xizmat qiladi. M ehnat ta ’limi va tarbiyasi mehnat m a’lumoti, mehnat tarbiyasi berish va tuzatuvchi-tarbiyalovchi vazifalarga egadir. M ehnat ta ’limining vazifasi o ‘quvchilarda hayotda, mehnatda zarur boiadig an bilimlar, malaka va ko'nikm alam i shakllantirishdan iboratdir. M ehnat tarbiyasining vazifasi o ‘quvchilarda shaxsning ijobiy fazilatlarini - mehnatsevarlik, qat’iyat, mehnatning ijtimoiy sabablarini, jam oada ishlay olish, m ehnat kishilariga, moddiy boyliklarga hurmatni tarbiyalashdir. Bolalar muntazam ravishda aniqlikka, puxtalikka o ‘rgatib boriladi, ular mehnat madaniyatini tushuna va bajara boshlaydilar. Aqli zaif bolalarni bo ‘lajak kasbga tayyorlash uchun qo‘l mehnati darslarida ularda m ehnatdagi tashkiliy ko'nikm alarni tarbiyalashni 120 (mashg‘ulotlarga o ‘z vaqtida kelish,faqat o ‘z ish o ‘rnida ishlash, zarur m ateriallar va asboblarni tanlash , ularni detallarga ishlov berish texnologiyasiga muvofiq joylashtirish; material va asboblarga puxta va avaylab munosabatda bo‘lish, xavfsizlik texnikasi qoidalarini va sanitariya- gigiyena talablarini bajarish ko‘nikmalarini tarbiyalashni) nazarda tutadi. Ish vaqtining bekor sarflanishini tugatish yoki qisqartirish m ehnat intizom ining ahvoli: kech qolishlarga, m ashg'ulotlardan erta ketib qolishga barham berish bilan chambarchas bog‘liqdir. Aqli zaif bolalarga ish vaqtining har bir daqiqasini tejashning ahamiyatini doimo singdirib borish kerak, toki ular ish vaqtining m oddiy qiym atini tushunib yetsinlar. Q o‘l m ehnati darslarida estetik tarbiya ham amalga oshiriladi. Yordamchi maktab o'quvchilari buyum materialini, go‘zalligini, uning fakturasi xususiyatlarini his qilishlari lozim. Shu bilan birga, ularga shunday tushunchani, ya’ni ishning sifatini, buyumning yaxshiligi, mustahkamligi, go'zalligi va mehnat unumdorligi mehnat faoliyatining asosiy mezonlaridir, degan tushunchani qulay shaklda tarkib toptirish kerak. M ehnat ta ’limi va bolalarga taqdim etiladigan buyumlar estetik tushunchalarning shakllanishiga yordam beradi. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling