Maxsus pedagogika
Aqli zaif o‘quvchilami kasb-hunarga yo‘naltirish
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
Aqli zaif o‘quvchilami kasb-hunarga yo‘naltirish
1—3-sinflardagi qo‘l mehnati aqli zaif bolalarga kasb-m ehnat ta’limi berishning propedevtik (kirish) bo'g'ini hisoblanadi. Qo'l mehnati darslarining kasb-mehnat tayyoigarligi bilan bog‘liqligini yordamchi maktab o'quvchilarida m ehnat ta ’limiga hozirlikni shakllantirishdan iborat (7-rasm). 1 2 2 123 7 -r a sm . 1 0 3 -m a x su s y o rd a m ch i m a k ta b -i n te rn a td a 5- si n fd a (o ‘g ‘il b o la la rd a) m eh n a t d a rs i. Yordamchi maktab o‘quvchilari dastlabki mehnat ko‘nikmalari, bilim va malakalami hosil qiladilar. 0 ‘zlariga qulay bo ‘lgan turli materiallar bilan ishlash usullarini o ‘zlashtiradilar, ulam ing xususiyatlari, asboblar bilan tanishadilar. Buyumlar tayyorlashda ulardan foydalanish mahoratini egallaydilar. T o‘g‘ri ish holatini, o ‘zlarining ishga bo‘lgan g‘ayratlarini boshqaradilar. Oligofrenopedagog qo‘l mehnati darslarida doimo o ‘quvchilarga turli shakldagi mehnatga qiziqishni singdirib borishi lozim. T a’limning yakunlovchi bosqichi bo‘lgan uchinchi yilda endi muayyan ixtisoslarga qiziqish uyg‘otish ishlarini kuchaytirish va bu bilan o ‘quvchilami kasbga yo‘naltirish ishlarini boshlash mumkin. Keyinchalik o ‘quvchilar maktabda o‘rganishi lozim bo‘lgan barcha kasblaming muhimligi, zarurligini qulay va qiziqarli shaklda ochib berishi zarur. Ana shu maqsadda maktab ustaxonalariga, korxonalarga ishlab chiqarish ekskursiyalari uyushtirish tavsiya etiladi. 0 ‘quvchilar bu yerda ommaviy ishlab chiqarish ishlari, o ‘z ota-onalarining mehnati bilan dastlabki tarzda tanishadilar. Aqli zaif bolalaiga ta’lim berishning muvalfaqiyati o'quvchilaming o‘zlariga taklif etiladigan m ehnat topshiriqlarini o ‘zlashtirishga, olingan bilimlar asosida mashqlar bajarishga qanchalik tayyorligiga bog‘liq bo'ladi. Bunday bolalar o ‘z psixologik rivojlanishlar xususiyati tufayli barcha ish bosqichlarini zarur darajada chuqur o ‘zlashtirmasligi mumkin. Yordamchi maktabning o ‘ziga xos xususiyati ta’limning kirish yo‘nalishi yaqqol ifodalanishi bilan ajralib turadi, bunda har bir yangi bosqichdan oldin tayyorgarlik darajasi amalga oshiriladi. Masalan, aqli zaif bolalar buyumni tayyorlashning butun jarayonini esda saqlab qololmasligi mumkin, shu sababli ish tushuntirib beriladi, ayrim usullar, operatsiyalar bo‘yicha namoyish qilinadi, bundan maqsad bola butun ish jarayonini yaxlit va har bir detalini alohida tasaw ur qila olsin. Har bir usul alohida ko‘rsatib va tushuntirib berilgandan so‘ng bolalar dastlabki o ‘qituvchi kuzatuvi ostida, keyin o ‘zlari m ustaqil ravishda namunalar asosida tegishli mashqlar yo‘li bilan ishlab chiqaradilar. Yangi ish usullarini o'rganishda o ‘qituvchi endi o ‘rganilgan ish usullariga emas, balki bolalarning mavjud tajribasiga tayanadi. T a’limning propedevtikligi oddiy operatsiyalardan murakkablariga, yengil usullaridan qiyinlariga sekin- asta o ‘tishni nazarda tu ta d i. Tuzatish va yo‘naltirish vazifasini hal qilishda o ‘qituvchi yetakchi rol o ‘ynaydi. 0 ‘quv-tarbiya jarayoni metodik jihatdan to‘g‘ri yoMga qo‘yilgan taqdirdagina aqli zaif o ‘quvchilaming psixofizik rivojlanishidagi kamchiliklami muvaffaqiyatli tuzatish m umkin. Defektolog o ‘qituvchi o ‘z fanini, o ‘z o ‘quvchilarini yaxshi bilishi, o ‘quv m aterialini, ta ’lim m etodlarini, ko‘igazmali qo‘llanmalami, bolalarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradigan didaktik materialni sinchiklab tanlashi lozim. 0 ‘qituvchi o ‘quvchiga o ‘z shaxsi bilan ham ta’sir ko‘rsatadi (8-rasm). Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling