Maxsus pedagogika


boradigan o ‘qituvchi-defekto!og, tarbiyachilar barcha ta’lim-tarbiya


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

boradigan o ‘qituvchi-defekto!og, tarbiyachilar barcha ta’lim-tarbiya 
jarayonlarida umumiy kam olotida biror nuqsoni bor bolalar bilan 
ishlayotganligini hech qachon unutmasligi kerak. Shundagina ular amalda 
uchrab turadigan har xil ko‘ngilsiz, noxush holatlarni to‘g‘ri tushunadilar 
va ularning oldini ola biladilar. Aks holda, aqli zaif bolalarning nuqsonlari 
sababli yuz beradigan turli noxush holatlarni tushunib yetmaydilar. Demak, 
bunday bolalar bilan yakkama-yakka tarbiyaviy ish olib borilmaydi.
Tarbiya usullari deganda har tom onlam a barkamol shaxsni shakllantirish 
m a q sa d id a b o lan in g o n g i, h is-tu y g ‘u lari, iro d a si, x u lq -a tv o ri va 
munosabatlari tizimiga ta’sir ko'rsatish usulini tushunish kerak (3-chizm a).
3-chizma
135


Tarbiya usullari, ta’limda bo ‘lganidek, ayrim elementlarga bo'linib, ular 
tarbiya yo‘llari deb ataladi. Yordamchi maktab o ‘qituvchisi yoki taibiyachisi 
birinchi bor sinfni tozalash bo'yicha shanbalik tashkil qiladi. U bolalarning 
ishini muayyan qismlarga taqsimlashdan aw al qanday yuvish, qanday artish, 
polni yuvish oson b o ‘lishi uchun partalam i qanday surish kerakligini 
tushuntiradi va ko‘rsatadi. 0 ‘qituvchining ana shunday tushuntirishi mazkur 
holda bir usul sifatida namoyon bo‘ladi. Tarbiya usullari bolalarga ta’sir 
ko‘rsatishdangina iborat emas. Tarbiya ikki tom onlam a jarayon bo‘lib, 
o ‘qituvchi, tarbiyachi faoliyati bilan o'quvchi faoliyatini birlashtiradi. Bolaning 
tarbiyaviy ta ’siiga faol tayyor bo‘lishiga erishish uchun uni muayyan sharoitga 
qo‘yish, uning faol harakatini tashkil etish kerak. Shu sababli pedagogika 
fanida tarbiyaning tashkiliy shakllari o ‘quvchilaming jam oa va individual 
faoliyatini pedagogik nuqtai nazardan muvofiq ravishda tashkil etish usullari 
deb hisoblanadi. Sinf m ajlislarini, ertaliklar, suhbatlar, bolalar bilan 
turaq'oylarda olib boriladigan ishlami tarbiyaning tashkiliy shakllari deyish 
mumkin. U yoki bu tarbiyaviy vazifalami hal etishning maqsadga muvofiq 
tashkil etishning uslubiy yo‘llari tarbiya vositalari deb ataladi.
Bolalar bilan tarbiyaviy ishda foydalaniladigan narsalar (ko'rgazmali 
qurollar, kitoblar, radio, televideniye) ham da bolalar jalb qilinadigan faoliyat 
turlari tarbiya vositalari bo ‘la oladi. Kinofilmlar, san’at asarlari, murabbiy 
o ‘qituvchining jonli so‘zi, bolalarning o'yinlari, jamoatchilik, jismoniy tarbiya 
va havaskorlik to ‘garaklari tarbiya vositalari vazifasini bajaradi. Tarbiya natijasi 
tarbiyaviy jarayonni tashkil etish usullari, vositalari, shakllaridan mohirona 
foydalanishga va ularni qo‘shib olib borishga bog'liq.
Yordamchi maktabda tarbiya usullarining qo‘llanish samaradorligi va 
harakatlantiruvchi kuchlari aqli z a if bolalarning individual-tipologik 
xususiyatlari va tarbiyalanganlik darajasi bilan, bola yashayotgan aniq pedagogik 
vaziyatning tabiati bilan qanchalik hisoblashishiga ham bog'liq. Tarbiya usulini 
tatbiq etish muayyan yoshdagi bola faoliyatining yetakchi tipiga, bolalarning 
ruhiy, jismoniy holatiga mos kelsa, muvaffaqiyatli bo'ladi. Amalda tarbiya 
usullari o'zaro ancha murakkab, ba’zan esa qarama-qarshi aloqada namoyon 
bo‘ladi. Shubhasizki, qandaydir alohida usul tarbiyaning boshqa usullaridan 
ajralgan holda qo‘llanishi ham mumkin, lekin u albatta boshqa usullar bilan 
o ‘zaro alo q ad a b o 'lish i m u m k in . Y o rd am ch i m ak ta b d a tarbiy achi 
tarbiyalanuvchilarga maktabda, sinfda yurish-turish qoidalarini, o'rtoqlari 
bilan muomalani o'rgatadi. 0 ‘qituvchi ham birinchi kundayoq o ‘z sinfini, 
butun maktabni ko‘rsatadi, o ‘quvchilar o ‘zlarini qanday tutishlari, nimalar 
bilan shug‘ullanishlarini, darsda qanday o'tirishlari, tanaffus vaqtida qanday 
dam olishlari lozimligini o ‘rgatadi. Tushuntirish bilan bir qatorda, tarbiyachi 
ularni o ‘qituvchi, direktor va boshqa katta yoshdagi kishilarga salom berish 
uchun partani taqillatmasdan o‘m idan turishni, sinfdan chiqishni, ish joyida 
tartibga rioya qilishni, o ‘qituvchiga, taibiyachiga murojaat qilish tartibini va
136


hokazolami o ‘rgatadi. Yordamchi maktabga kelgan birinchi sinf o'quvchilari 
rivojlanishi, xususiyatlari jihatidan xilma-xildir. Birlari tarbiyachi gaplarini 
tushunib, barcha tarbiyalanuvchilarga qaratilgan uning iltimosini tezda 
bajaradilar, topshiriqlami qunt bilan ishlaydilar. Ayrimlari esa, tarbiyachining 
gapiga yaxshi quloq solmaydilar, tushunmaydilar, tarbiyachining hamm a 
tarbiyalanuvchilarga qilgan murojaatini darhol anglab yetmaydilar. Yordamchi 
maktab bolalari rag‘batlantirishni, ayniqsa, yaxshi ko'radilar. Dastlabki 
kunlardanoq tarbiyachi tarbiyalanuvchilaming ayrimlarini yaxshi xulqi uchun 
maqtab qo‘yadi, boshqalariga esa, gapga e’tibor bilan quloq solish kerakligini 
tushuntiradi. Shu tarzda aqli zaif bolalarni tarbiyalash jarayonida yordamchi 
maktab tarbiyachisi ta’sir etishning turli usul va yo‘llaridan foydalanib, aqli 
zaif bolalarning individual xususiyatlari va tarbiyalanganlik darajalarini, 
pedagogik vaziyat xarakterini hisobga oladiki, bu narsa ayrim tarbiyalanuvchilar 
va um uman yordamchi maktab manfaatlari yo'lida har xil yechimlarga kelishni 
talab qiladi.
Yordamchi maktab o ‘quvchilari bilan amaliy ishlashda tarbiya usullaridan 
foydalanish ko'nikmalari va malakalarini o'rganish va hosil qilish qulay 
bo‘lishi uchun ulami shartli ravishda bir nccha guruhga birlashtirish mumkin. 
Yordamchi maktab o ‘quvchilari ongini shakllantirish usullari, jamoatchilik 
xulq-atvorini shakllantirish yoMlari, rag'batlantirish usullari va o ‘z -o ‘zini 
tarbiyalash usullari ham qo'llaniladi. Shuni aytib o'tish o ‘rinliki, ayrim 
adabiyotlarda yuqorida aytib o'tilgan tarbiya usullari ham son jihatidan, ba’zan 
m azm un jihatdan ham o ‘zgacha bayon etilgan. Masalan, 1985-yilda Kiyevda 
c h iq a r ilg a n I .G .Y e r e m e n k o n in g « O lig o fre n o p e d a g o g ik a » o ‘quv 
q o ‘llanm asida tarbiya usullari 3 ta: m ash q qildirish, ishontirish va 
rag‘batlantirishdan iborat, deyilgan.
Yordamchi maktab o'quvchilarida dunyoqarash va e ’tiqodlar tizimini 
shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga har tomonlama 
ta’sir ko‘rsatish usullari ham tarbiya usullariga kiradi. Bu toifadagi usullaming 
mohiyati shundan iboratki, ulaming vositasi bilan jamiyat yosh avlodga 
nisbatan qo‘llayotgan talablar bola ongiga yetkaziladi.
Yordamchi maktab o ‘quvchilarini tarbiyalashda o'qituvchi-tarbiyachi 
dasturxon atrofida, ko‘chada, kattalar bilan m uom alada to ‘g‘ri xatti- 
harak atlar qilish odatlarini tarkib toptirishga, ana shu m uom aladan 
zavqlanish, yaxshi xulqi uchun kattalar m aqtovidan m am nun bo‘lish 
tuyg‘usini shakllantirishga ko‘proq e’tibor beradi. Yordamchi maktab quyi 
sinflarida tushuntirish e’tiqod hosil qilishning keng qo‘llaniladigan usulidir. 
Tushuntirishdan maqsad — bolaga xatti-harakatlar, voqealar, hodisalarga 
nisbatan u yoki bu talablarning ijtimoiy, m a’naviy, estetik m azm unini 
ochib berishda, unga xulq-atvor va insoniy m unosabatlarga to ‘g ‘ri baho 
berishni shakllantirishda ko‘m aklashishdan iborat. Y ordam chi m aktabda 
tarbiyachining va o'qituvchining jonli so‘zi hamisha bola shaxsining g'oyaviy
137


va m a’naviy shakllanishida ta’sirchan bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qoladi. 
Tarbiyaviy m azm unli suhbatlar turli m azm unlarda: etik (jamiyatdagi 
insonlaming yurish-turishlari haqida); estetik (atrofdagi voqealaming, insoniy 
munosabatlar va xulq-atvoming go'zalligi haqida); siyosiy-ta’limiy bo'I ish i 
mumkin.
Tarbiyaning asosiy, yetakchi usullaridan biri namuna asosida tarbiyalashdir. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi katta bo‘lishga intilayotganida kattalar, o‘zi hurmat 
qiladigan kishilardan namuna olib, ularga taqlid qilishga harakat qiladi. Taqlid 
qilish asosida turli sabablar bor. Ayniqsa, ulardagi hayotiy tajribalaming 
yetishmasligi, yurish-turishning barqaror odatlari kamligi ham taqlidga sabab 
bo‘ladi. Yosh ulg‘aygan sari taqlid qilish darajasi kengayib boradi.
Ba’zan yordamchi maktab tartibini buzuvchilar, ulaming qo‘polligi, 
qo‘rsligi, o ‘jarligi, soxta jasorati ayrim bolalar e’tiborini jalb etadi. Har doim 
ham aqli zaif bolalarni yomon o ‘makdan ajratib qo‘yishning iloji bo‘lavermaydi.
Tarbiyada muvaffaqiyat qozonish uchun oilada va maktabda bola hayotini 
shunday tashkil etish zarurki, bu narsa uning uchun zerikarli, mazmunsiz, 
majburiy bo‘lmasdan, aqli zaif bolalarni yomon ishlardan qaytarishga, unga 
qarshi turishga o ‘rgatish lozim. H ar bir shaxs alohida, takrorlanmas shaxs 
sifatida o‘ziga xos ravishda rivojlanishiga erishish kerak. Bolani o‘rab olgan barcha 
shaxslar bolaga o‘mak bo‘ladigan darajada bo ‘lishi lozim. Tarbiyachilaming 
ta’kidlashicha, tarbiya to‘g‘ri xatti-harakatga o ‘rgatuvchi mashqdan boshqa 
narsa emas. M ashq bolalarning oqilona, bir maqsadga qaratilgan va har 
tomonlama faoliyatini (qabul qilingan axloqiy normalar va qoidalarga muvofiq) 
tashkil etishdir. Mashq muayyan harakatlar va ishlami ko‘p marta takrorlashni 
o ‘z ichiga oladi. Mashqni aynan bir harakatning o‘zini mexanik tarzda 

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling