Maxsus pedagogika
Mehnatning korreksiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifasi aqli zaif
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
Mehnatning korreksiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifasi aqli zaif
o‘quvchilarning psixofizik rivojlanishidagi kamchiliklarini tuzatishda, ularda ijtimoiy mehnat va maishiy ko‘nikma hosil qilish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy sifatlami tarbiyalashda ifodalanadi. M ehnat ta’limiga doir, mehnat ta’limini takomillashtirishga qaratilgan bu m asalalarga lozim darajali e ’tibor beriladi. Yordam chi maktab o'qituvchisi o ‘quvchilarda m ehnat topshirig'ining farqiga borishi, materiallar, buyumlar, asboblaming xususiyatlari va sifatini, m ehnat sharoitini tahlil qilishni, topshiriqning borishini nazorat qilish va rejalashtirishni, o ‘qituvchining rejasiga, predmetli-texnologik kartaga muvofiq ravishda ishni bosqichma-bosqich bajarganligi haqida hisobot berishni avj oldirishi lozim. Korreksion ishlar m ehnat harakatlari, tadbirlari, m o ‘ljal olishni nazo rat qilish, konstruktiv va tasviriy faoliyatni rivojlantirishni, harakatlar va natijalarning to ‘g‘riligini aniqlashni, tayyor buyum sifatiga baho berishni o ‘z ichiga oladi. Q o‘l m ehnati darslari aqli zaifbola analizatorlari butun sistemasini mashq qildiradigan m ehnat malakalarini hosil qilishga yordam beradi. Bu bilan yordamchi maktab o ‘quvchilarining tevarak-atrofdagi olam obyektlarini analitik idrok etishni faollashtirish va yaxshilash uchun har qanday m ehnat turida zarur b o ‘ladigan ko‘rish, sezish, eshitish, hid bilish, kinestezik tasaw urlarni shakllantirish uchun obyektiv shart- sharoitlar yaratiladi. Idrok etishning m o ‘ljal olish, tadqiqotchilik va 121 boshqaruvchilik vazifasi shakllanadi. Fikriy jarayonlar: tahlil qilish va sintez qilish rivojlanadi. 0 ‘quvchi bir xil materiallami boshqalari bilan fakturasiyu shaklli miqdori bo‘yicha taqqoslab ko'radi. Buning natijasida mantiqiy operatsiya bo'lgan taqqoslash usullarini amaliy o ‘zlashtirish sodir bo'ladi. M ehnat operatsiyasini ongli ravishda bajarish odatda buyumni fikran qismlarga ajratib chiqishni nazarda tutadi. Bu hoi ijrochilik operatsiyalari tartibini belgilashga yordam beradi — tahlil qilish usullari ishlab chiqiladi. Detallardan buyumni yig‘ish, ayrim operatsiyalami yaxlit sistemaga birlashtirish sohasidagi faoliyat sintez qilishni rivojlantiradi, faol faoliyatga ko‘pgina tushunchalami kiritish hisobiga yordamchi maktab o‘quvchilarining nutqi boyib boradi, o ‘quvchilar og‘zaki nutqni tuzish ko‘nikm alarini o'zlashtiradilar. Bundan tashqari, oqilona tashkil etilgan m ehnat harakatga doir turli- tum an m ehnat malakalarini rivojlantirish imkonini beradi va yurak-tomir sistemasini m ustahkamlaydi, to ‘g‘ri nafas olishni yaxshilaydi, aqli zaif o ‘quvchilarning motor-harakat sohasidagi turli buzilishlariga barham beradi. Maxsus maktab o'quvchilari orasida harakatlari buzilgan o ‘quvchilar ham uchrab turadi (harakatlami muvofiqlashtirishning buzilishi, falajning qoldiq hodisalari, harakatlaming patologik buzilishi), lekin bunday o ‘quvchilami ham mehnatga o'rgatish zarur. Harakat qilishga doir mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish ishlari aniq maqsadga qaratilgan va m untazam bo'lishi lozim. Shuning uchun ham oligofrenopedagog o'quvchilar bilan m ashg'ulotni tashkil etar ekan, har qanday holda har bir o'quvchi uchun ish sur’ati va maromini belgilashi, bajarilishi kerak bo'lgan dastlabki ishlarni aniqlashi lozim bo'ladi. Ayniqsa, ish usullarini to'g'ri bajarishga alohida e’tibor berish kerak, toki keyin yana o'quvchilami qaytadan o ‘rgatishga ehtiyoj qolmasin. Ish harakatlarining aniq, yengil bo'lishini ishlab chiqish zarur. Jismoniy yuklamani, ayniqsa, ta’limning uchinchi yilida sekin-asta ko‘paytirib borish darkor. Lekin m ehnat o ‘z-o ‘zidan tuzatuvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Q o'l mehnati darslarida yordamchi maktab 0 ‘qituvchisi psixofizik kamchiliklarini tuzatish, o ‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlantirish uchun yaxshi shart- sharoitlar yaratib berishi lozim. Q o‘l mehnati darslarida olib boriladigan korreksion-tarbiyalovchi ishlar ta’lim va tarbiya jarayonini to ‘g‘ri tashkil etish va boshqarishni taqozo etadi. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling