Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Mir Alisher Navoiy bolalar tarbiyasini barvaqt boshlagan m a’qul, 
degan barcha mutafakkirlaming fikriga qo‘shilgan holda, insonning voyaga 
yetishida ta ’lim-tarbiyaning o ‘rni beqiyos ekan, bu jarayonni azaliy 
a n ’analarga tayangan holda amalga oshirish lozim, deb hisoblaydi. 
0 ‘rganilayotgan bilimlami yod olish, xotirada saqlash va kezi kelganda 
tez-tez takrorlab turish ta’lim va tarbiya jarayonida muhim o ‘rin egallab, 
bola xotirasini m ustahkam laydi, ilmlar chashmasiga kirib borishni 
ta’minlaydi, tarbiyalanuvchida muayyan tartib-intizomni shakllantiradi
bahs-munozara yuritish madaniyatini yuksaltiradi.
Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarida ilgari surgan ta’limiy- 
tarbiyaviy g‘oyalari, ko'plab nazariy mulohazalari milliy m a’naviyatimizni 
xolis anglab yetishda bugungi avlodlar uchun benazir manba va asos bo‘lib 
xizmat etadi.
Eramizdan avvalgi 523—529-yillar orasida buyuk mutafakkir Zardusht 
tomonidan yaratilgan «Avcsto» kitobida ham ta’lim-tarbiyaga oid qator 
g‘oya va qarashlami ko‘rish mumkin.
«Avesto»da ta’kidlanishicha, tarbiya hayotning tayanchi, shu boisdan, 
har bir yoshni yaxshi o‘qish va yozishga o ‘rgatish lozim. Unga yoshligidanoq 
mehnat qilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish, buning uchun 
daraxt ko‘chati o ‘tqazishga, uy-ro‘zg‘or qurollari yasashga, yerga ishlov 
berish va chorva bilan shug‘ullanishga o ‘rgatish shart. Zotan, uning fikricha, 
yaxshi va ezgu ishlar yaratish uchun kishi mehnat qilishi zarur, o‘z qo‘llari 
bilan moddiy noz-ne’matlar yaratmas ekan, u yashash lazzatini ham his 
qilmaydi, hayot qadriga ham yetmaydi.
Yuqoridagi fikrni davom ettirib, yanada chuqurroq g‘oyani ham ilgari 
suradi. Inson nafaqat mehnati tufayli o‘zini va oilasini boqadi, balki unda 
yerga va yurtiga bo‘lgan muhabbati ham paydo bo‘ladi. Zotan, har inson 
o ‘zi o ‘sib-ulg‘aygan mamlakatni eng yaxshi va go‘zal mamlakat deb 
tushunmog‘i kerak.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling