Maxsus pedagogika
Buning uchun esa, milliy tarbiya mezonini belgilashda ham maxsus maktab
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
Buning uchun esa, milliy tarbiya mezonini belgilashda ham maxsus maktab
o ‘quvchilarining yosh va individual xususiyatlari, aqliy imkoniyatlari, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqson turlarini inobatga olgan holda yuqorida aytib o‘tilganlar amalga oshirib boriladi. MUIiy g‘ururga o ‘z ona tili, madaniyati, milliy burchini anglashi, o‘z tilida to‘g‘ri so‘zlash kabilar asos bo‘ladi. Milliy odob, sharqona odob-axloq, vijdoniylik, halollik, insonparvarlik, Vatanga sadoqat, erkin fikrlash, rostgo'y —adolatli bo‘lish, Vatan tuprog‘ini e ’zozlash kabi tushunchalami maxsus maktab o ‘quvchilari ongiga har qadamda singdirib borish, tarbiyaning qaysi sohasida bo‘lmasin, uning tarixini, ota-bobolarimiz tajribalarini, ulaming bu boradagi pandnoma va nasihatlarini, o‘gitlarini o ‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda xalq og‘zaki ijodi, hadislardan foydalanish ham kerakli omil bo'lib xizmat qiladi. Buni amalga oshirish maxsus maktab o'quvchilariga predmet darslarini o‘qitish jarayonida va yana ona tili, tarix, tabiatshunoslik, odobnoma, Vatan tuyg‘usi kabi dars jarayonlarida amalga oshirilib boriladi. Ular orasidagi bog‘liqlik, uyg‘unlik oligofrenopedagoglar tom onidan amalga oshirib boriladi. Ayniqsa, mehnat darslarida o ‘quvchilami o‘z mehnatlari bilan yurtimiz ravnaqiga o ‘z hissalarini qo‘shib borishga o ‘rgatib borilishi muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Maxsus maktab o ‘quvchilari ongiga milliy istiqlol g‘oyasi asoslarini singdirish orqaligina ularda zamonaviy e’tiqod va to‘g‘ri dunyoqarashni, zamon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan mustaqil fikrli m a’naviy barkamol insonlarni tarbiyalash mumkin. Shunday ekan, jamiyatimiz a ’zolari bo‘lmish jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni boigan 0 ‘quvchilar mafkuraviy ongini shakllantirishda quyidagilar asosiy vazifa qilib qo‘yiladi: — milliy istiqlol g‘oyalariga, ona-diyorimizga cheksiz sadoqat, mehru muhabbat, e’tiqod, Vatanimiz ozodligi, ravnaqi uchun fidoyilik ruhida tarbiyalashdek turli yo‘llar bilan tarbiyaning samaradorligini oshirish, maxsus maktablarda mehnat, kasb-hunarga yo‘naltirish, hasharchilik an’analarini tiklash va davom ettirish; — ota-bobolarimizga xos mehnatsevarlik odobiga sodiq qolish; — bilim olishga ahamiyat berish; — ustozu ziyolilarga, m a’rifatparvarlarga hurmat-ehtirom ko'rsatish va g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘ularini tarbiyalash va rivojlantirish; — ma’naviy-axloqiy va boshqa qadriyatlami yanada rivojlantirish va ularga to‘la rioya qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantira borish muhim ahamiyat kasb etadi. 112 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling