Maxsus pedagogika


Sharq mutafakkirlari merosida bolalarni ma’naviy-axloqiy


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Sharq mutafakkirlari merosida bolalarni ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalash masalalari
Bu borada yordamchi maktab o'quvchilariga tushunarli bo‘lgan, ularning 
diqqatini o ‘ziga jalb qiladigan, ularning hayot tajribalaridan namuna olgan 
holda hikoyalar tanlash kutilgan natijalar beradi. Yordamchi maktabda 
darsga tanlangan matnlar qiziqarli,tili sodda va tushunarli, fikrlashga 
undovchi, evristik xarakterda bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, 
bu borada ma’rifatparvar adib M unawarqori Abdurashidxonov (1878— 
1931)ning «Adibi avval», «Adabi soniy» kitoblari darslik-majmua yo‘sinida 
yozilgan bo‘lib, ko‘plab she’riy va nasriy hikoyalami o ‘z ichiga olgan. Ular 
mavzuiga ko‘ra har xil. Ko‘pchiligi tarixiy mavzuda bo‘lib, yo‘nalishiga ko‘ra 
ibratomuz pandlardan tashkil topgan, tili sodda, o'qilishi qiziqarli. Masalan, 
«Adabi soniy»dagi ilk hikoyalardan biri «Iskandar ila Arastu» deb nomlangan. 
« 0 ‘tgan zamonda Iskandari Rumiy degan bir podshoh bor edi,— deb 
boshlanadi hikoya. — Oning Arastu otlig* bir olim va dono ustozi bor edi. 
Iskandar Arastuni o‘z yoniga bosh vazir qilib olib, barcha mamlakat ishlarini 
topshirgan edi. Bir ish qilsa shuning maslahati ila qilur edi. Eshikdan kelsa 
o'midan turib joy berur edi. 0 ‘zining otasidan ortiq izzat va hurmat qilurdi. 
Bir kun vazirlardan biri Iskandardan so‘radiki, «Na uchun Arastuni 
otangizdan ortiq izzat qilursiz?» Iskandar aytdi: «Otam go‘yoki meni 
osmondan yerga tushurdi, ya’ni otam meni dunyoga kelmog'imga sabab 
bo‘ldi. Ustozim ilmu adab o ‘rgatub, martaba va izzatimni ortmog‘iga sabab 
bo‘ldi. Shuning uchun ustozimni otamdan ortuq izzat qilurman.
Bu hikoyadan hissa nadur? Bolalarning o ‘zlari topsunlar».
Yuqorida keltirilgan misollaming talabi aynan hozirgi zamon talablariga 
mos tushadi. 0 ‘quvchilar o‘zlari mustaqil fikrlab «Ustoz otadan ulug1» ekanligini 
yodlariga tushiradilar va ular mustaqil ravishda qissadan hissa chiqamdilar.
Bunday korreksion-tarbiyalovchi ishni muntazam olib borish samarali 
natijalar beradi.
Shuningdek, «Avesto»da shunday fikrlar ham uchraydiki, ular bugungi 
kunda tibbiyot fani, pedagogika fani va olimlari tomonidan to‘la e’tirof 
etilmoqda. Masalan, «Avesto»da qarindoshlar o ‘zaro oila qurishi man etiladi. 
Bundan tashqari, mazkur asarda bola tarbiyasining ijtimoiy ahamiyati 
masalasi ham o‘z aksini topgan.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling