Maxsus pedagogika


Husayn Voiz Koshifiy (1440—1505)


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Husayn Voiz Koshifiy (1440—1505) XV’ asrning ikkinchi yarmida 
X urosonda A lisher N avoiy atrofida to ‘plangan allom a, shoir va 
donishmandlar orasida mashhur va qomusiy iste’dod egalaridan biridir. 
Husayn Voiz Koshifiy Hirot madrasalarida talabalarga ta’lim-tarbiya beigan, 
Xuroson shaharlarida axloq-odobdan va’z aytgan. Koshifiy o‘z asarlarida 
ijtimoiy-axloqiy hayot, ma’naviyat masalalariga katta o ‘rin bergan. Ularda 
insonparvarlik, xalqparvarlik, yuqori m a’naviyatga ega boMish, madaniy 
yuksalish g‘oyalarini ilgari surgan. Uning «Axloqi Muhsiniy», «Axloqi 
Karim», «Iskandar oynasi», «Javohirnoma», «Tafsiri Husayn» kabi asarlari 
axloqiy ta’limotning yetakchi g‘oyasidir. U salbiy axloqiy xislatlarni
115


qoralaydi, ulaming inson hayotiga va jamiyat uchun katta zararolib kelishini 
qator hikoyat va rivoyatlar bilan ko'rsatadi.
Koshifiy ijobiy xislatlami kishilarda bo‘lishi shart bo‘lgan insoniy fazilat 
deb tushunadi va sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobitqadamlik, saxiylik
saxovat, rostgo'ylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik, balandhimmatlilik, 
diyonatlilik, ahdiga vafodorlik, andishalilik, izzat-hurmatni bilish, sir 
yashira olish kabi fazilatlami birma-bir ta’riflab o‘tadi.
Abu Abdulloh Rudakiyning (860—941) axloqqa oid asarlarida aql-idrok, 
xulq-atvor va bilim asosiy o ‘rinni egallaydi. Mutafakkir bilimni hamma 
boyliklardan ustun qo‘yadi. Rudakiyning fikricha, insonning to‘la baxtga 
ega bo‘lishi uchun to‘rt narsa kerak: sogliq, yaxshi odob, yaxshi nom va 
aql. U insonlarni voqealaming ichki mohiyatidan, uning tashqi tomonidan 
ajrata bilishga chaqiradi. U yaxshilik, saxiylik va ulug‘vorlikni targ'ib qiladi.
Rudakiy asarlarida Vatanga, xalqqa muhabbat, kishilar o ‘rtasidagi 
do‘stlik va o‘zaro hamkorlikning kishilik jamiyati uchun muhim ahamiyatga 
ega ekanligini bir necha bor ta’kidlab yozgan. Uning fikricha, haqiqiy 
d o ‘stlik uchun kishilaming hatto turli dinda bo‘lishlari ham xalaqit bera 
olmaydi.



Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling