Maxsus pedagogika


takrorlayverishdan iborat deb tushunish yaramaydi, lekin busiz ham aqli zaif


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

takrorlayverishdan iborat deb tushunish yaramaydi, lekin busiz ham aqli zaif 
bolalarda ijobiy odatlar hosil qilib bo‘lmaydi. Bola uchun mashq ongli, ijodiy 
jarayon bo‘Iishi kerak. Turli mashqlar natijasida bolalarda malaka, ko‘nikmalar, 
odatlar shakllantirilib, yangi bilimlar hosil qilinadi, aqliy qobiliyat rivojlanadi. 
Odatlar, ular fikricha, e’tiqodni maylga va fikmi ishga aylantiradigan jarayondir.
Tarbiya usullari ichida rag‘batlantirish alohida ahamiyatga ega. Rag‘batlantirish 
ruhlantirish demakdir. Tarbiyachilar bolalarga turli talablar tizimini ishlab 
chiqqanlar. Talablaming shakli har bir bolaning individual xususiyatlariga bog‘liq 
bo‘ladi. Agar bir bolaga eslatish yoki sha’ma qilish kifoya qilsa, boshqasiga qat’iyroq 
talab qo‘yish kerak bo'ladi. Bolaga sekin, ishchanlik vaziyatida keskin ohangda 
talab qo'yish mumkin. Talablar to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita, maslahat tarzida, 
o ‘yin shaklida, ishonch orqali, ishonchsizlik, iltimos, sha’ma, m a’qullovchi, 
qoralovchi, shartli bo‘ladi. Qo‘yilayotgan talablaming samaradoriigi ham bolaning 
yosh va individual xususiyatlariga, u tushib qolgan vaziyatga, o ‘qituvchi 
ko‘zlayotgan maqsadga va boshqa holatlarga bog‘liq.
Musobaqa o ‘qituvchi-tarbiyachining har bir bolaning imkoniyatlarini ko‘rish 
va baholashda, olg‘a harakat qilish davomida imkoni bo‘lgan istiqbolni
138


belgilaydi, iroda va xarakterni tarbiyalashda yordam beradi. Maqtov va jazo 
rag'batlantirish usuliga kiradi. Maqtov alohida 
0
‘quvchi xatti-harakatlarini
fe’l-atvorini ijobiy baholash yo‘li bilan pedagogik ta’sir ko‘rsatishdir. Jamoa 
o ‘zining u yoki bu a’zosini rag‘batlantirib, bolalarning ijobiy xulq-atvorini 
mustahkamlaydi, bu bilan ulaming axloqini yo‘lga solib turadi. Maqtov bolaning 
o ‘z faoliyati yoki yurish-turishidan mamnuniyat tuyg‘usini keltirib chiqaradi. 
Shu sababli maqtovga berilib ketmaslik kerak. Aks holda, u manmanlik, 
xotiijamlik tuyg‘usini keltirib chiqaradi.
0 ‘qituvchi-tarbiyachi yoki jam oa ayrim bolalarning xulq-atvoridan, uning 
munosabatidan, muomalasidan m amnun bo'lmasa, bolaga o ‘z xulqini tuzatib 
olishda yordam ko‘nsatish uchun jazolash usulidan ham foydalanadi. Maqtov 
singari jazo ham bolaning xulq-atvorini yo‘lga solib turadi hamda uning o ‘zini 
noqulay sezishga, uyalishga majbur qiladi.
Shu sababli bu usuldan bolaning individual xususiyatlarini yaxshi bilgan 
holda foydalanish darkor.
0 ‘qituvchining adolatsiz jazo berishi o ‘quvchi bilan o‘zaro munosabatlarida 
nizoli vaziyatni vujudga keltiradi. Bolaning o‘z kuchiga ishonchidan mahrum 
qilib qo‘yishi mumkin. Jazo berish paytida o ‘qituvchi o ‘quvchining nima uchun, 
qaysi xatti-harakati uchun ja/.olanganini anglab olishga erishishi ayniqsa 
muhimdir.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling