Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Savol va topshiriqlar
1. Tarbiya deganda nimani tuslumasi/.?
2. Tarbiyaning maqsadi niinadan ilx>mt?
3. Tarbiya tamoyillarini aytib bering.
4. Tarbiya usullarini ayting va la’rillang.
5. Yordamchi maktab tarbiya jarayonlaridagi o'ziga xos xususiyatlar nimalardan 
iborat?
6.2. 
Tarbiya turlari 
Yordamchi maktablarda axloqiy tarbiya
Axloqiy tarbiya deganda shakllanayotgan, rivojlanayotgan, o‘sib kelayotgan 
avlodda xulq-odob me’yorlariga mos keluvchi sifatlaming shakllanishi tushuniladi. 
Albatta, barcha tarbiya turlari aqli zaif bolalar tarbiyasida o ‘ziga xoc o‘ringa ega. 
Busiz mumkin emas. Ammo axloqiy tarbiya, uning mohiyati alohida shaxs 
uchungina emas, balki jamiyatning kelajagi, uning qanday jamiyat bo‘lishi 
u c h u n ham m u him d ir. Bu yerda m u b o la g ‘a yo ‘q. C hu nk i axloqiy 
tarbiyalangan shaxslarsiz yetuk kishilik jamiyati qurish mumkin emas. Axloqiy 
tarbiya boshqa tarbiya turlaridan o ‘zining aham iyati bilangina ajralib
139


qolmasdan, balki murakkabligi bilan ham ajralib turadi. Bu o‘rinda mashhur 
fransuz pedagogi, shifokori Eduard Segenning: «Aqli zaif bola aqlan 
bilmaydi, jism onan bajara olmaydi, ruhan xohlamaydi. Aqli zaif bola 
aqlan bila olardi ham , jism onan bajara olardi ham , agar u xohlasa. Barcha 
balo shundaki, dastlab u xohlamaydi», degan fikrlari e’tiborga loyiq.
Demak, aqli zaif bolalar biror ish qilishni, topshiriqlar bajarishni xohlamas 
ekanlar. Um um iy psixologiya, maxsus psixologiya tarbiya nazariyasi dan 
m a’lumki, agar tarbiyalanuvchi biror ish qilishni xohlam asa, u bilan 
qilinadigan ishlar og‘ir, murakkab kechadi. Axloqiy tarbiyani shakllantirish 
usullari, axloqiy tarbiya tamoyillariga oid fikrlar kishilik jam iyatida juda erta 
mutafakkirlar e ’tiborini tortgan. Aristotel, Platon, G elen, al-Xorazmiy
al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulug‘bek, A.Navoiy, 
A bdulla Avloniy, H .H .N iyoziy , S.Ayniy va bosh qa shu kabi qator 
m utafakkirlarning ta ’lim -tarbiyaga oid nodir, durdona asarlari shular 
jumlasidandir. Zam onam izdan ming yil oldin yashab ijod etgan Abu N asr 
al-Forobiy o ‘zining «Baxt-saodatga erishuv haqida risola» asarida: «Yaxshi 
xulq va aql kuchi birgalikdagina insoniy yutuqdir... Barcha go‘zal va jirkanch 
axloqiy sifatlar hayot davomida orttiriladi», — deydi. Forobiy asarlarida 
didaktika masalalari, ta’limning nazariy, psixologik masalalari ham ochib 
berilgan. Uning ko‘rsatishicha, insonning m a’naviy kamoloti qalb, ong va 
tafakkur bilan belgilanadi. U ning ilg‘or fikrlari ibn Sino, ibn Rushd, 
Radjer, Bekon, Spinoza va boshqa mutafakkirlarning ijodiga ijobiy ta ’sir 
etadi.
Abu Rayhon Beruniy ham axloqiylikka,yaxshilik va yomonlik, vijdon, 
to ‘g‘riso‘zlik, or-nom us masalalariga alohida e ’tibor bergan.
Tibbiyot asoschisi Abu Ali ibn Sino pedagogik qarashlarida ham ta ’lim- 
tarbiyada bolalarning moyillik va qobiliyatlariga alohida e ’tibor berish 
kerakligi, inson ongli mavjudot ekanligi bilan hayvonlardan farq qilishi, 
atrof-m uhitga ta ’sir qilishi aytib o ‘tiladi. Yetuk insonni tarbiyalash bir 
kishining ishi b o ‘lmasdan, balki uzoq vaqt qunt bilan ishlashni talab 
etadigan jarayondir, deb ta’kidlaydi.
Axloqiy tarbiya shaxsning barkam ol shakllanishida asosiy o ‘rinni 
egallaydi. Shuning uchun ham pedagogikada axloq masalalariga katta 
aham iyat beriladi. X o‘sh, shunday ekan, axloqning o ‘zi nima? Axloq — 
ijtimoiy ong shakli bo‘lib, ijtimoiy hayotning ham m a sohalarida insonning 
xulq-atvorini yo ‘lga solib turadigan tam oyillar, talablar, m e’yorlar va 
qoidalar yig'indisidan iborat. Axloqiy tushunchalar: yaxshilik, sharaf, 
vijdon, e ’tiqod, sadoqat va boshqalar baholanuvchi xarakterga ega. Axloq 
m azm uni m uayyan qadriyat yo‘l-yo‘riqlarini, xulq-atvor m e’yorlari va 
motivlarini, insonlararo m uomala shakllarini o ‘z ichiga oladi va ayni vaqtda 
ularni asoslaydi. Axloqiy tarbiya qanday xatti-harakat qilish kerakligi haqida 
gapiribgina qolmay, balki nim a uchun boshqacha emas, bevosita shunday
140


harakat qilish kerakligini tushuntirishga intiladi. «Nuqsonli bolalarni 
axloqiy tarbiyalash — aqli z a if b o lalard a axloqiy sifatlai. xaiaklci 
belgilari, axloqiy xulqning m alaka va k o ‘nikm alarini tarbiyalaslulan 
ib o ra t» ,— deb t a ’k id lan ad i defektologik lug‘atda. Aqli zaif bolalar 

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling