Maxsus pedagogika
shaxsining o ‘ziga x o s xususiyatlari: aqliy yetishm aslik darajasi va
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axloqiy tarbiyani amalga oshirish ma’lum usullar
shaxsining o ‘ziga x o s xususiyatlari: aqliy yetishm aslik darajasi va
qoldiqlari, axloqiy tasawurlar, tushunchalar, ij'timoiy motivlar, o ‘zlariga tanqidiy qarashning yo ‘qligi bilan belgilanadi. B unday q ator nuqsonlarni to ‘g ‘rilash uchun q a t’iy reja asosida ish olib borish darkor. N uqsonli bolalarni axloqiy tarbiyalash u c h u n quyidagi asosiy tam oyillarga rioya etish alohida aham iyatga ega: 1. M a’lum toifadagi nuqsonli bolalarga tegishli um um iy va individual xususiyatlami aniqlash uchun ulami atroflicha o ‘rganish. Birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarni tahlil etish. 2. Nuqsonli bolalarning nisbatan saqlangan, kuchli imkoniyatlarini aniqlash va shunga tayangan holda ish olib borish. 3. Pedagogikjarayonning bolalardagi nuqsonlarni to ‘g‘rilash va ulam ing o ‘rnini to ‘ldirishga qaratilishi. Asosiy e ’tibomi tarbiyaga oson beriladigan ikkilamchi nuqsonlarga qaratish. 4. Turli toifa nuqsonlilarga alohida-alohida m unosabatda b o ‘lish, ayrim bolalarga individual yondashish. Oligofrenopedagogikada aqli zaif bolalarni axloqiy tarbiyalash masalasi atroflicha ochib berilmaganligini inobatga olib, ular bilan olib boriladigan u n u m li ish u s u lla rin i q id irib to p is h k erak . Y o rd a m c h i m a k ta b o ‘quvchilarining axloqiy tarbiyasi turm ush va faoliyatning turli sohalarida amalga oshiriladi. Aqli zaif bolalar oilada, tengdoshlari orasida, yordam chi m aktablarda, ko‘chada axloqiy ta ’sirni sezadilar. K o‘pincha bu ta ’sir axloqiy talablarga m onand bo ‘lmaydi. Yuksak axloqiy shaxsni surunkali tarzda, sobitqadamlik bilan tarbiyalash yordam chi m aktabda, uyushgan bolalar jam oasida ro‘y beradi. Yordamchi maktabda shaxsni har tom onlam a kamol toptirishga qaratilgan maxsus tuzatish — tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Y ordam chi m aktab o ‘qituvchilari, tarbiyachilari aqli zail o ‘quvchilarni hayotga, m ehnatga tayyorlar ekanlar, ularni h a r vaqt kam tar, halol, o ‘zlarining his-hayajonlarini jiiovlab turishga, V atanni sevishga, o ‘zi uchun va jam iyatim iz uchun m ehnat qilishga, odam larga, atrof-m uhitga nisbatan m ehribon va g‘am xo‘r b o iis h g a o ‘rgatadilar. Ana shu va boshqa m a’naviy fazilatlar axloqiy jihatdan tarbiyalangan shaxsga xos bo‘ladi. Yordamchi maktabning maxsus tarbiyaviy faoliyati ana shunday shaxsni tarbiyalashga qaratilgan bo'lib, u axloqiy tarbiyaning quyidagi vazifalarini hal etadi: — axloqiy ongni, m ustahkam axloqiy e ’tiqodni tarbiyalash; — yordamchi maktab o ‘quvchilarining Vatanga, jamiyatga, m ehnatga m unosabatini anglab olishga qaratilgan axloqiy tuyg‘ulami tarbiyalash; 141 — o ‘quvchilami tanqidiy fikrlashga o ‘rgatish; — odob ko‘nikmalari va odatlarini tarbiyalash. Axloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi har bir bolada faol hayotiy nuqtai nazar hosil qilishdan iborat. Yordamchi m aktab tarbiyaviy ishining um um iy tizimida o ‘quvchilarda axloqiy xislatlami tarbiyalash eng murakkab va shu bilan birga m as’uliyatli vazifadir. Chunki aqli zaif o‘quvchilaming ijtimoiy foydali m ehnatda ishtirok etish samarasi o ‘quvchilarda axloqiy xislatlar qanchalik tarbiyalanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Axloqiy tushunchalar odam xulqining m e ’y o r i va malakalari, uning m ehnatga bo'lgan m unosabati, intizomliligidadir. Bulam ing ham m asi tarbiya natijasi, bolaga maktab, oila va atrofdagilaming murakkab va doim o ta ’sir etish natijasidir. Shuning uchun aqli zaif bolada m a’lum bir axloqiy sifatni vujudga keltirish m aqsadida rejalashtirilgan, maqsadga qaratilgan maxsus pedagogik ta ’sim i tashkil qilish m uhim ahamiyatga ega. Aqliy nuqsonli bolalarni axloqiy tarbiyalashda yordam chi m aktab oldida turgan vazifalardan biri —o ‘quvchilarning xulqida, o ‘qishida va m eh n atid a intizomlilikni tarbiyalashdan iboratdir. Intizom lilik murakkab xislatdir. U n i sh ak llan tirish b ir n e c h a b o sq ich d a am alga oshiriladi. K ichik o ‘quvchilarda oddiy b o ‘ysunishdan tortib, katta o ‘quvchilarda xulq talablarini ongli ravishda bajarishdan iborat. Aqli zaif bolalarni axloqiy tarbiyalash tizim ini yaratishda defektologlarimiz bu bolalarning bilish imkoniyatlaridan kelib chiqadilar. Y ordam chi m aktablardagi axloqiy tarbiyaning o ‘ziga xosligi aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlari, ya’ni ular bilish faoliyatlarining o ‘ziga xosligi, hissiy-iroda sohalarin in g rivojlanm aganligi, xarakter shakllanishining o ‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Quyida shularga to ‘xtalamiz. Aqli zaif bolalar bilish faoliyatining buzilishi natijasida ularning tev arak -atro f bilan m unosabati qiyinlashadi. N atijada aqli z a if bola yordamchi maktabga qabul qilinishida yetarli darajada axloqiy tajribaga ega b o ‘lmaydi. U haqiqatni bilishda ularni tushunib yetmaydi, kishilar va ijtimoiy hayot voqealari o ‘rtasidagi m unosabatni tushunm aydi. Xulq- atvor norm a va qoidalarini tahlil qilish uchun yetarlicha axloqiy tasavvur va tushunchalarga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun u o ‘z xulq-atvorini atrofdagilar xulq-atvori bilan taqqoslay olmaydi. U yoki bu m uom alaning oqibatini o ‘zicha aniq tasavvur etolmaydi. Axloqiy istaklarga to ‘g ‘ri baho b e ra olm aydi. B ularning h am m asi aqli zaif bo lalarn in g x u lq -atv o r norm alari buzilishiga, axloqiy nojo‘ya qiliqlar qilishiga olib keladi. Lekin yordam chi m aktab ta ’limi jarayonida yuqoridagi bu nuqsonlar nisbatan im kon qadar tuzatilib boradi. Aqli zaif bolalarning tafakkuri, nutqiy q iziqishlari bilan birga axloqiy sifatlari ham takom illashib boradi. Y ordam chi m aktabni bitirish arafasida aqli z a if bolalar hayotda o ‘z 142 o ‘rin la rig a ega b o ‘la b o sh la y d i. J a m o a d a x u lq -a tv o i n o im a siiii o ‘zlashtiradilar. Shundan e ’tiboran bu bolalarda m ehnatga nisbatan lo'g' ri m unosabat ham shakllana boshlaydi. Aqli zaif bolalardagi o ‘ziga xos hissiy-irodaviy sifatlar ham ulami axloqiy tarbiyalashda qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uch un oligofrenopedagog o ‘quvchilarning individual xususiyatlarini bilgan holda ularning har biriga alohida yo‘l tutishi lozim. M a’lumki, turli nuqsonli bolalarning hissiy- irodaviy sohalari bir-birlariga t o ‘g‘ri kelm aydi. Birovlari to rtin ch o q , uyatchan, kamgap, yig‘loqi bo ‘lsalar, birovlari shaddot, qaysar, bezbet, uyatsiz bo‘ladilar. Albatta, bularning har biriga o ‘zicha munosabat kerak. Bunday holda individual ish rejasini belgilash talab etiladi. Ba’zan bolalarni haddan tashqari avaylab-asrash kerak b o ‘lsa, b a ’zan haddan tashqari qattiqqollik oqibatida qator salbiy xislatlar shakllanib boradi. Ba’zi oilalarda esa bolalar o ‘qiy olmaydi, bola nuqsonga ega bo‘lganligi sababli ayash qabilida ish tutadilar. Natijada bolalarda m ehnatga nisbatan salbiy axloqiy xislatlar shakllanib boradi. Bulami faqat bolaga nisbatan to ‘g‘ri munosabatda bo‘lish, uning individual xususiyatlarini ch uq u rro q o ‘rganish bilan yo ‘qotish m um kin. H issiy -iro d av iy k a m c h ilik la r bilan bogM angan axloqiy tarb iy a qiyinchiliklarini yo‘qotish maqsadida aqli zaif bolalarni ishlab chiqarish va jam oa orasida ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish katta ahamiyatga ega. Aqli z a if b o la la r x araktcrid ag i k a m c h ilik la r ham ular axloqiy tarbiyasida m a’lum qiyinchiliklar kcltirib chiqaradi. Xaraktcr — bu hayotiy ta ’sir va tarbiya natijasida to'plangan va m ustahkam langan kishilar xulq- o d a ti va aniq m u n o sab at uslubidir. K ishining individual x arak ter xususiyatlari ijtimoiy sharoit ta’siri ostida uning hayoti va tarbiyasida vujudga keladi. U yoki bu kishi xarakterining asosiy sifati qanday b o ‘lishini sharoitning o ‘zi belgilaydi. M aktabni hayot bilan bog‘lash, xilma-xil faoliyat turlarini tashkil qilish asosida bola xarakterini shakllantirish m um kin. Oligofrenopedagogikada axloqiy tarbiyaning quyidagi qator tamoyillari mavjud. Bularga axloqiy tarbiyaning m aqsad sari yo‘nalganligi, hayot bilan bog‘lab olib borilishi, jam oa uchun va jam oa orqali tarbiyalash, bolaning shaxsiga nisbatan hurmat va uning xulqiga nisbatan talabchanlik, tarbiyaning yagona bir butun jarayon ekanligi, axloqiy tarbiyada onglilik va izchillik, bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish va boshqalar kiradi. Axloqiy tarbiyani amalga oshirish ma’lum usullar Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling