Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Savollar
1. Yordamchi maktab o‘quvchilarining estetik idrokini rivojlantirishda rasm 
darslarming ahamiyati nimalardan iborat?
2. Aqli zaif bolalar estetik tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
3. Estetik tarbiyaning vazifasi nimalardan iborat?
4. Estetik did nima?
160


Yordamchi maktabda ekologik tarbiya
Ekologik tarbiya t o ‘g ‘risidagi dastlabki oddiy tu sh u n c h a lar boshqa 
tarbiya tu rla ri bilan birga ay nan o ila d a n b o sh lan ad i. Ekologik tarbiya 
va unga o id fikrlar o ila d a h ad islar, h ik m atli so ‘z la r asosida berib 
kelingan.
M arkaziy Osiyolik allom alam ing tabiat haqida va uni m uhofaza qilish 
haqidagi ko‘pgina fikrlari o ‘rganib chiqilgan va o ‘rganilmoqda. Bulardan 
zardushtiylam ing m uqaddas kitobi «Avesto», Q u r’oni karim , hadislardan, 
shuningdek, M uham m ad M uso al-Xorazm iy, Abu N asr Forobiy, Abu 
Rayhon Buruniy, Abu Ali ibn Sino, Z ahiriddin M uham m ad Bobur va 
boshqa allom alam ing tabiatni avaylab-asrash va unga to ‘g‘ri m unosabatda 
b o‘lish borasida bir qancha asarlar yaratganliklarini bilamiz, ular hozir 
ham o ‘z qim m atini yo‘qotgan emas.
LA.Karimov o ‘zining « 0 ‘zbekiston XXI asr bo ‘sag‘asida: xavfsizlikka 
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli risolasida «Milliy 
xavfsizlikka qarshi yashirin tahdidlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, ekologik 
xavfsizlik va atrof-m uhitni m uhofaza qilish m uam mosi alohida e ’tiborga 
molikdir», degan edi.
Uzluksiz ta ’lim tizimining o ‘zbek modelini aniqlab bergan «Ta’lim 
to ‘g‘risida»gi Q onun talabiga binoan maxsus ta ’limda ham barcha ta ’lim- 
tarbiya qatori ekologik tarbiya m azm unini ishlab chiqish taqozo etiladi. 
Zero, qabul qilingan qonunlam i am alda bajarish mamlakatimiz har bir 
pedagogi, qolaversa, har bir fuqarosining burchi hisoblanib, bu qonun 
Respublikamizda yashayotgan jam iyatim iz a ’zolari b o ‘lmish yordamga 
muhtoj b o ‘lgan, rivojlanishdan orqada qolgan bolalarga ham taalluqlidir. 
Chunki, maxsus maktablarda ekologik ta ’lim-tarbiyaga umumiy pedagogik- 
didaktik jarayonning ajralmas qismi sifatida qarash lozim.
Hozirgi kundagi ekologik m uhit bolalardagi kamqonlik, turli somatik 
kasalliklar, allergiya, nuqsonli tug‘ilishlar, ekologiyaga oid adabiyotlarni 
o ‘rganib chiqish, zam onaviy pedagogik izlanishlar, tahlil, psixofizik 
kamchilikka ega bo'lgan bolalar ekologik tarbiyasi m uam mosiga qiziqishni 
yanada orttirdi.
Milliy istiqbolimizdagi eng m uhim qoidalar va g‘oyalar hayotga joriy 
etilib, katta ijtimoiy kuchga aylanishi haqida fikr yuritilar ekan, maxsus 
ta ’lim -tarbiya kuchlari ham bu masalada m uhim ahamiyat kasb etishini 
unutmasligimiz kerak.
D unyodagi turli joylarda vujudga kelayotgan og‘ir holatlam ing inson 
sog‘lig‘iga salbiy ta ’sir etayotgani atro f-m u h it m uhofazasiga oid ekologik 
ta ’lim va tarbiyaning ilmiy asoslangan reja va dastur asosida olib borilishi 
zarur ekanligini kun tartibiga q o ‘ydi.B unday dasturlar «YU N ESK O », 
« Y U N E P » , « E K O S A N » , « S o g T o m a v lo d u c h u n » ta s h k ilo tla r i,
1 1 - 3 3
161


jam g‘armalari tom onidan ishlab chiqilgan bo‘lsa ham, yordamga muhtoj 
bo‘lgan bolalar uchun ulaming o ‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan 
holda biron-bir m ukam mal dastur yoki adabiyotlar, qo‘llanm alar yo‘q 
hisobida. Shundan kelib chiqqan holda yordamga muhtoj b o‘lgan bolalar 
maxsus muassasalarida ekologik m a’lumot ta ’lim va tarbiyaning tub m a’nosi, 
bu tabiatga, bizni o ‘rab turgan borliqqa nisbatan hurm at, uning yashil 
nabototlariga, harakatdagi jonivorlariga, oqayotgan zilol suviga, tanamizga 
kirayotgan havoga, ona-Yerimizga nisbatan e ’tibom i, ekologik bilimni 
chuqurlashtirib, ekologik ongni, ekologik madaniyatni shakllantirib borishni 
psixofizik kamchilikka ega b o lg an bolalarga faqatgina maxsus maktablarda 
mutaxassis pedagoglar, ya’ni oligofrenopedagoglargina amalga oshira oladi. 
Ekologik ta’limnmg nazariy asosini esa, oila, bog‘cha, maxsus maktabda 
m a’lum o ‘quv reja va dasturlar asosida olib borish zarur bo‘ladi.
Y ordam chi m aktab o ‘quvchilarida ekologik bilim ni, ekologik ong, 
madaniyatni shakllantirishda quyidagi tizimda ish olib borish taqozo etiladi:
— yordamchi maktab o ‘quvchilarida nazariy va amaliy ekologik tarbiyani 
amalga oshirish uchun ota-onalar, tarbiyachilar va o ‘qituvchi-defektologlaming 
ekologik savodxonligini oshirish;
— ekologik tarbiyani amalga oshirishda h ar bir b o ‘lim da oila-bog‘cha- 
yordam chi m aktabda olib boriladigan individual va yoshini hisobga olgan 
holda maxsus korreksion pedagogik ishlar;
— yordamchi maktablarda ekologik ta ’lim-tarbiya berish u chun kadrlar 
tayyorlash;
— e k o lo g ik t a ’lim -ta rb iy a fa n la r e k o lo g iz a ts iy a la s h tir ilg a n , 
integratsiyalashgan yordamchi maktab o ‘quvchilariga moslashtirilgan holda 
o ‘qitilishi kerak;
— ekologik t a ’lim -tarbiy a vazifalarini siyosiy, huquqiy, axloqiy, 
jism o n iy , m e h n a t tarb iy asig a k o m p lek s tizim aso sid a k o rrek sio n
yondashgan holda hal etish kerak b o ‘ladi.
Sog‘lom bolalarga ekologik ta ’lim va tarbiya to ‘g‘risidagi dastlabki oddiy 
tushunchalar o ‘rta m aktabda o'tiladigan nazariy ekologik predm et fanlari 
asosida o'qitiladi va keyinchalik bilim yurtlari, oliy ta ’lim da chuqurroq va 
h ar tom onlam a o ‘rganiladi.
Lekin yordam ga m uhtoj b o ‘lgan bolalar maxsus m aktablardagina ana 
shu ekologik ta ’lim va tarbiya, tabiat muhofazasi m asalalarining ilmiy 
asoslarini h a r tom onlam a o'rganish, inson faoliyati natijasida biosferada 
ro‘y berayotgan hodisalam ing sabab va qonuniyatlarini tahlil etish o ‘ziga 
xos dasturlar asosida beriladi.
Yordam chi m aktab o ‘quvchilariga ekologik ta ’lim va tarbiya quyidagi 
asosli b o ‘lim larda beriladi:
1. 
Yordam chi maktab o'quvchilariga tabiat go‘zalliklarini sevish, ulam i 
idrok qila olish, estetik zavq olish ruhida tarbiya berish.
162


2. Jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiat bilan 
jam iyat o ‘rtasidagi m urakkab o ‘zaro m unosabatlar, shuningdek, inson 
faoliyatining tabiatga ta ’sir oqibatlari haqida m a ’lum ot berish.
3. 0 ‘quvchilarda ekologik m adaniyatni tarbiyalash. Tabiatni sevish, 
undan to ‘g‘ri va ongli ravishda foydalana bilishni o ‘rgatish. Ekologik 
m adaniyatning asosi b o ‘lgan, yordam ga m uhtoj bolalar tabiat oldidagi 
m as’uliyatini anglash malakasini hosil qiladi. Vatanni sevish, vatanparvarlik 
t a b ia tn i s e v is h d a n b o s h la n a d i. B in o b a rin , y o r d a m c h i m a k ta b
o ‘quvchilarining tabiatga nisbatan haqiqiy m uhabbat tuyg‘usini hosil 
qilm ay turib ularni vatanparvarlik ruliida tarbiyalash rnum kin emas. 
Yordam ga m uhtoj o ‘quvchilarni tabiat quchog‘ida b o ‘lishi uni ruhan 
tetiklashtirib, m ehnat qobiliyatini va ijodiy faoliyatini oshiradi. Ekologik 
tarbiya maxsus korreksion tizim da quyidagi masalalarni o ‘z ichiga oladi:
a) yordam ga m uhtoj bolalarga maxsus ekologik bilim va tarbiya berib, 
ularda bu sohada muayyan m alaka hosil qilishni tarbiyalash;
b) ekologik o ‘zgarishlarni oldindan k o‘ra bilishni tarbiyalash;
d) ekologik m adaniyatni singdirish va tarbiyalash.
Yordamchi maktabda yordamga muhtoj bolalarga ekologik tarbiya berish 
axloqiy tarbiyaning ajralmas qismi b o ‘lib hisoblanadi. Y ordam chi m aktab 
o ‘quvchilarida ekologik ong va tafakkurni, ekologik dunyoqarashni hosil 
qilish tabiatni dialektik tushunishga yordam beradi.
Ekologik tarbiyani am alga oshirishda badiiy adabiyotlar, qiziqarli 
hikoyalar, predm et darslarida ekologiyaga oid tabiat hodisalari, sabab va 
o q ib a t q o n u n iy a tla r in i o c h ib b e r a d ig a n q iz iq a r li m a t e r i a ll a r , 
kinofilm lardan foydalanish kutilgan natijalar beradi. Sinfdan tashqari 
o ‘qish darslarida va sinfdan tashqari o ‘tkaziladigan tadbirlarda ekologiyaga 
oid bilimlar berib borish ham o‘quvchilarda ekologik ongni shakllantirishda 
m uhim aham iyat kasb etadi. M aktabda «Jonli burchak», «D araxtning 
ham joni bor», «Tabiatni asrash — V atanni asrash» ruknlari ostida sinfdan 
tashqari tadbirlar o ‘tkazish, «Tabiatni m uhofaza qilish» to ‘garagi, «Jonli 
burchak» tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalaiga ekologik ta ’lim -tarbiya berish 
dasturini amalga oshirish « 0 ‘zbekiston Respublikasi T a ’lim to ‘g‘risida»gi 
Q onunning 23-m oddasini hayotga tatbiq qilishda kerakli om illardan biri 
b o ‘lib xizm at qiladi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling