Maxsus pedagogika


Tabiat bilan tanishtirish


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Tabiat bilan tanishtirish
T a ’lim -tarbiyani insonparvarlashtirish xalq ta ’limi tizim ini davr talabi 
darajasiga k o ‘tarish ishida markaziy o ‘rinlardan birini egallaydi. U o ‘z 
ichiga ekologik va vatanparvarlik tarbiyasini ham oladi. Bular orasida 
kishilarni ekologik tarbiyalash, ekologik madaniyatni shakllantirish alohida
163


ahamiyat kasb etadi. Yer yuzida aholi sonining tez sur’atlar bilan o‘sib borishi 
natijasida tabiiy boyliklami iste’mol qilishning ko'lami kengayib bormoqda. 
Odamlarning xo‘jalik faoliyati natijasida butun biosfera o‘zgarib, o ‘simliklar, 
hayvonlar, shuningdek, odamlarning yashashi uchun zararli bo'lib qolmoqda. 
Shu sababli atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiat boylildaridan tejab-tergab 
foydalanish masalasi hozirgi kunda butun insoniyat uchun tobora muhim 
ahamiyat kasb etmoqda.
Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, tabiatni qo‘riqlash masalalarini 
ongli ravishda hal etish uchun oila, bog‘cha, maktab, ishlab chiqarish va 
jamoat joylarida kamol topayotgan yoshlar tabiat sirlaiini va undan to‘g‘ri 
foydalanishni puxta bilib olishlari zarur. Tabiatni saqlash, kelajagimiz yoshlar 
qo‘Iidadir. Shu bois yoshlami ekologik bilimlar bilan shunday qurollantirish 
kerakki, ular kelajakda tabiat boyliklarini m uhofaza qila oladigan, bu 
boyliklardan rejali, oqilona foydalanadigan bo'lsinlar.
Pedagogikamizning tarixiga nazar tashlasak, zardushtiylaming muqaddas 
kitobi «Avesto»da ilgari surilgan tabiatga munosabat odobi kabi tarbiyaviy 
g‘oyalar ancha-m uncha ibratlidir. «Avesto»da yer, suv, zamin, xona, badan, 
kiyim-kechak, oziq-ovqatlami toza tutish, saqlashga alohida e’tibor berilgan. 
0 ‘sha davrda yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 
qamchi urish jazosiga mahkum bo'Igan. 0 ‘t-olov, ekin-tikin, meva-cheva 
yetishtiradigan, hammadan ham ko‘proq chorva boqiladigan joy eng yaxshi 
joydir, deb yozilgan.
Bolalar yosh paytidanoq daraxt ko‘chati o ‘tqazish, uy-ro‘zg‘or qurollari 
yasash, yeiga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o‘igatilishi shart bo‘lgan.
Hadisi sharifda shunday deyiladi:
• Kimki ekin eksa, daraxt o ‘tqazsa, so‘ng uning mevasidan qush yoki 
hayvon yesa, uning ekinidan yeyilgan narsaning har biridan unga sadaqa 
savob yoziladi.
• Kishilaiga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan do ‘zaxga 
tashlanadi.
• Ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytda, bexosdan qiyomat 
qoyim bo‘lib qolishi aniq bolganda ham ulgursangiz, uni ekib qo‘ying.
• Yenglar, ichinglar, kiyinglar, lekin isrof qilmanglar.
Bu hikmatlar bugungi kunda yoshlami tarbiyalashda kerakli omil bo‘lib 
xizmat qiladi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling