Maxsus pedagogika
Yordamchi maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
Yordamchi maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
0 ‘zbek xalqining birdan-bir Vatani bu — 0 ‘zbekistondir. Vatan haqida, xalq haqida, ajdodlar haqida, o ‘tmish haqida, qadriyatlar haqida, meros haqida, bugun va kelajak haqida baralla so‘zlash imkoniyati tug‘ildi. Binobarin, haqiqiy Vatan muhabbati, Vatan hissi m am lakat ozod va obod, xalq erkin bo‘lgandagina yuzaga kelar ekan. Sohibqiron Am ir Tem ur, Forobiy, A bdulla Q odiriy, U sm o n N osirlarning nom ini tilga olsak, m ustamlaka yillarida ne kulfatlar boshga tushar edi. Ajdodlarimiz haqida erkin g‘urur bilan gapira olarmidik. Vatanni qalban chuqur his qilish uchun ham , xalqning vatanparvarlik nam unalarini ko ‘rsatish uchun ham xalq hur, V atan mustaqil b o ‘lishi shart. Bugun shu mustaqillikka ega ekanmiz, biz uni e ’zozlashimiz, qadriga yetishimiz, har doim mustahkamlab borishimiz kerak. M ana shu tuyg‘ular, 166 m ana shu olijanob fazilat va ezgu harakatlar bugungi kun uchun haqiqiy vatanparvarlik namunasidir. Mustaqillik sharofati tufayli 0 ‘zbekiston Respublikasi butun hayoti, turm ush tarzi o ‘zgardi, kishilaming ruhiyati va hayotga munosabati yangicha tus olmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqil b o ‘lishi natijasida sho‘ro davlatiga xom ashyo yetkazib berish bazasi boiishlikdan, siyosiy va iqtisodiy qaram likdan ozod bo‘ldi; o ‘zbek xalqi o ‘z milliy qadriyatlarini his qilayotir. Bu olam da ona-V atan bittadir. Vatan — ona yurt — kishilar yashab turgan, ulam ing ajdod va avlodlari tu g‘ilib o ‘sgan joyi, m askani, chegarasi, hududi, ijtim oiy taraqqiyot m unosabati bilan jam oa tuzum i sharoitida muayyan qabila yashayotgan joy Vatan hisoblanadi. Qabila tuzum ning yemirilishi, elatlar va davlatlaming paydo b o ‘lishi bilan V atan tushunchasi elat, davlat tushunchasini o ‘z ichiga oladi. Vatanparvarlik tarbiyasi ham insoniy tarbiyaning eng m uhim tarkibiy qismlaridan biridir. Vatan so‘zining m a’nosi nima? Biz nim a uchun «Ona-Vatan», «Jonajon Vatan» deymiz. Vatan so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt degan m a’noni bildiradi. H ar bir xalq uchun taqdiran va tarixan ato etilgan ham da chegaralangan hududga ona-V atan deyiladi. Vatan tuyg‘usi — bu uning egasi bo‘lmish xalqni sevish, hurm at qilish, qadriga yetish va e ’tirof etishdir. Vatan — bu xalqning m a’naviyati, m a’rifati, tili, dini, urf-odati, fe’l-atvori, ota-bobolaridan qolgan oltin m erosi, tom irida gupurib turgan ajdoddan avlodga o ‘tib kelayotgan pokiza qoni, tarixidagi m uhim bosqichlar, buyuk davlat qurish maqsadida olib borilgan kurashidir. H ozirgi vatanparvarlik xalqim iz taraqqiyotini olg‘a siljitgan o ta- bobolarimiz yaratuvchanlik ishining bevosita davomidir. B axt-saodatli kelajakka hozir, h a r daqiq ad a h a r b ir kishi ulush qo‘shmog‘i Vatanga muhabbat, vatanparvarlikning asl ko‘rmishidir. Vatanga m unosib farzand b o'lish, q adrdon tu pro q bilan cham barchas bog'liq ekanligimizni teran idrok etish, uning chin farzandlariga xos munosabatda bo‘lish, undan bir hissa olinsa, yuz hissa qilib qaytarish — Vatanni anglash va ardoqlashning yangi bir ko‘rinishidir. Bu vatanparvarlikdir. 1991-yilning 31-avgustidan 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishdi, qadri ortdi, xalqning qaddi tiklandi. Vatan deganda m uqaddas tushunchadagi soxtaliklar barham topib, mohiyati aniqlandi va tiniqlashdi. Buyuk Vatanimiz o'zbek fuqarolari ongida alohida tuyg‘u, yangi axloq, yangi fazilatlaming eng chuqur va oliy ifodasidir. 0 ‘zbek vatanparvarligi buyuk istiqlolning eng m uhim g‘alabasidir. 0 ‘zbek fuqarolarining eng yuksak fazilati ulam ing o ‘z Vataniga b o‘lgan muhabbatidir. 0 ‘zbek vatanparvarligi 167 o ‘z Vatanini cheksiz sevish hissini, butun dunyo orasida tengligi va erkin jamiyatni baxpo qilishi va Vatanimiz dushmanlariga chuqur nafrat hissini o‘z ichiga oladi. 0 ‘zbek vatanparvarligini yordamchi maktab o‘quvchilarida tarbiyalash uchun o ‘qituvchi-tarbiyachilar tarbiyalanuvchi o ‘quvchilaiga ta’sir etishning barcha xilma-xil uslub va vositalaridan foydalanishi kerak. Bu vositalaiga, ayniqsa, o‘qitish jarayoni — dars birinchi asosdir. 0 ‘zbek xalqi tarixini o ‘iganish o‘zbek vatanparvarligini tarbiyalashda alohida ahamiyatga molikdir. Chunki o ‘zbek xalqi o ‘z o ‘tmish tarixining ko'pgina tomonlari bilan faxrlana oladi. Yordamchi maktabda o'qituvchi va tarbiyachilaming vazifasi tarixiy materialni jonli va qiziqarli bayon qilib, tarbiyalanuvchi o‘quvchilami o ‘z xalqining qahramonona kurashiga, uning olib borgan ijodiy ishiga, shonli rahbarlariga va madaniyat sohasidagi iste’dodli arboblariga qiziqtirish, ulug‘ tarixiy o ‘tmishga ularda m uhabbat tug‘dirishdir. Buning uchun tarixiy hujjatlardan, esdaliklardan va badiiy adabiyotlardan foydalanib, yorqin hikoyalar aytib berish zarur. Geografiya darslarida o‘qituvchi o‘quvchilami eng aw alo ulami o ‘zlari yashab turgan joyning tabiatiga qiziqtiradi. Bevosita kuzatish va sayohatlar o ‘tkazib, tabiatni ular bilan birga o'rganadi. 0 ‘zbekistonning tabiat zonalarini vaqtida o'qituvchi bolaJami davlatimizda tabiat tuzilishlariniiig xilma-xilligini aytib, qiziqtiradi va turii ko‘rinishlarning qiziqaiii suratlarini ko‘rsatib, badiiy adabiyotda va sayohatchilaming esdaliklarida bayon etilgan tabiat tasviiiarini o‘qib berib, bolalarning jonajon mamlakatimiz — buyuk 0 ‘zbekistonga nisbatan mehr-muhabbatlarini oshiradi. Sinfdan tashqari ishlar vatanparvarlikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Sinfdan tashqari ishlar sinfda bajarilgan ishlarga q o ‘shim cha b o 'lib , tarbiyalanuvchi o ‘quvchilaming ijtimoiy hayotini yaxshi anglab olishlariga yordam beradi. M aktab va «mehribonlik uylari» kutubxonalarida «Vatan» mavzuidagi kitoblaming rasmlar bilan bezatilgan tavsiya ro‘yxatlari bo‘lishi kerak. Jonajon 0 ‘zbekistonimiz bo‘ylab sayohatlar tashkil qilish kabi tadbirlardan foydalanish yaxshi natijalaiga olib keladi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, vatanparvarlik tuyg‘usi eng yuksak tuyg'udir. Bu yuksak tuyg‘u Vatanimizda tarbiyalanuvchi o ‘quvchilami iymon, e ’tiqod bilan yashash, unga hamisha sadoqatli bo‘lish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan asosiy vazifalarimizdan biridir. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling