Maxsus pedagogika
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yordamchi maktabda huquqiy tarbiya
Savol va topshiriqlar
1. Yordamchi maktabda jismoniy tarbiyaning qanday ahamiyati bor? 2. Yordamchi maktabda jismoniy tarbiyaga qanday talablar qo‘yilgan? 3. Yordamchi maktabda jismoniy tarbiyaning o‘ziga xosligi haqida so'zlab bering. Yordamchi maktabda huquqiy tarbiya 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13- iyundagi 296-sonli Qarorida yoshlaming huquqiy ta ’limini takomillashtirishning kompleks dasturi ko‘rsatilgan. Bu dastur huquqiy-ta’limiy ishlarni yanada chuqurroq o‘rgatishga qaratilgan. BMT 1989-yilning 20-noyabrida «Bolalar huquqlari to‘g‘risida» deb ataluvchi xalqaro shartnoma — «konvensiya» qabul qildi. BMT ning ko‘pgina davlatlari bu shartnomaga qo‘shilgan va uni bajarish vazifasini olganlar. Xo‘sh, «Bolalar huquqlari to ‘g‘risida»gi xalqaro shartnomada nima deb yozilgan o ‘zi? Mana, e ’tibor bering-a: — har bir inson 18 yoshga to‘lgunicha bola hisoblanadi; 176 — davlatlar bolani kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan ularni himoya qiladilar; — davlatlar bolaning tinch-osoyishtaligi uchun zarur hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlikni ta ’minlash majburiyatini oladilar; — davlatlar liar bir bolaning yashash huquqini tan oladilar; ulaming tirik qolish va sog‘lom rivojlanishini ta ’minlaydilar; — bola o ‘z fikrini erkin ifoda etish huquqiga ega; — bola o ‘z oilasida yoki u haqida eng ko‘p darajada g‘amxo‘rlik qiluvchilar orasida yashash huquqiga ega; — bola to ‘yib ovqat yeyishga va toza suv bilan ta ’minlanish huquqiga ega; — bola sog‘lig‘ini saqlash huquqiga ega; — davlatlar noraso bolaning alohida g‘am xo‘rlikka egalik huquqini tan oladilar; — bola erkin ilm olish huquqiga ega; — boladan arzon ishchi kuchi yoki askar o 'rn id a foydalanish mumkin emas; —bola ijtimoiy ta ’m inot huquqiga ega; — bola dam olish, bo‘sh vaqtga ega bo'lish, o ‘z yoshiga mos keladigan o ‘yin va ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok ctish huquqiga ega; — d av latlar bolalarni giyohvand m o d d alar iste ’mol qilishdan saqlash choralarini ko‘radilar... Bolalar huquqlari to ‘g ‘risidagi qoidalar ro ‘yxatini yana davom ettirish m um kin. K o‘rib turibsizki, BMT bolalarni o ‘z himoyasiga olgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi 1992-yilda bu shartnom ani imzolagan va unga amal qilish majburiyatini olgan. Bolalar haqida g ‘am xo‘rlik qilish davlatim iz siyosatining asosini tashkil etadi. Respublikamizda bolalar haqida qilinayotgan g ‘am xo‘rlik haqida Y U N IS E F ning 0 ‘zbekistondagi vakili Rudi Rodriges bunday degan edi: «Meni qoyil qoldirgan jihat yurtingizda yetim va nogiron bolalarning hech qachon qarovsiz yolg'iz qoldirilmasligidir. U ning boshida hamisha qaysidir m ehriboni, hech kimi b o im ag an taqdirda uni saqlaydigan jam iyati, davlati bor. Bu kamyob hodisadir». Yordamchi maktablarda davlat huquq asoslari haqida elem entar tushuncha berish aniq dastur asosida olib borilmoqda. Vazirlar M ahkamasining qaroriga binoan barcha fanlar asosida huquqiy tarbiyani amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunda: konstitutsiya huquqidan; ekologik huquqdan; m a’muriy huquqdan; 12-33 177 m ehnat huquqidan;. fuqarolik huquqidan; jinoyat huquqidan elem entar tushunchalar berib boriladi. Bolalar huquqiy ongini yuksaltirish hozirgi davr talabidir. 0 ‘quvchilarning huquqiy ongini oshirmasdan huquqiy fuqarolik davlatini tasaw ur etib bo‘lmaydi. Huquqiy ong poydevoriga maktablarda asos solinadi. M aktabdan tashqari ta ’lim muassasalarida o ‘quvchilarga huquqiy bilim lar, ijtim oiy hayot m e ’yorlari va qoidalari to ‘g‘risida keng m a’lum otlar berib boriladi. H uquqiy ta ’lim -tarbiyaning m azm uni mustaqil 0 ‘zbekiston davlatining iqtisodiy, m a’naviy, siyosiy-huquqiy manfaatlarini o ‘zida mujassamlashtirishi kerak. Rejalashtirilgan turli tadbirlardan tashqari huquqiy ta ’lim-tarbiyaga oid to ‘garak faoliyatida yordamchi maktab o'quvchilari quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari lozim: — huquqiy davlatda qonun ustuvorligi va huquqiy davlatning o ‘ziga xos belgilari; — Konstitutsion huquq asoslariga oid tushunchalarni o ‘zlashtirish; — 0 ‘zbekiston Respublikasining suvereniteti haqidagi bilimlar; — inson h u q u q la ri h am d a fu q a ro la rn in g asosiy h u q u q la ri, erkinliklari to ‘g‘risidagi bilimlar, ya’ni: — siyosiy huquqlar; — iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; — inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari; — 0 ‘zbekiston fuqarolarining asosiy burchlari; — 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati to ‘g‘risida; — yordamchi m aktabda huquqiy ta ’limni o ‘rganishning muhim jihatlaridan biri — huquq-tartibot organlari xodimlari, xalq deputatlari, m ahalla oqsoqollari va boshqa turli huquqiy idoralarga aloqador xodim lar bilan hamkorlikda o ‘qituvchilarning ish olib borishidir. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling