Keyinchalik bu simptomlar qanday nutq kamchiligini yuzaga keltirishi mumkin, yozma nutqda yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolar guruxini ko‘rsatib bering.
Duduqlanish mavjudligi bolani so’zlashuv vaziyatlaridan qochishga majbur qiladi, natijada uning muloqot doirasi va natijada umumiy rivojlanish darajasi qisqaradi. Shubha, ehtiyotkorlik, o’zi va tengdoshlari o’rtasidagi farq mavjudligi hissi yuzaga keladi. Bola va ota-onasi (sinfdoshlar, tengdoshlar) o’rtasidagi tushunmovchilik tufayli, ajralganlik va kamsitilganlik hissi paydo bo’ladi. Ta’sirchanlik oshadi, qo’rquv paydo bo’ladi, bu ruhiyatning tushkunligiga va duduqlanishni yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin.Duduqlanish bola o’zini noqulay his qilishi, uyatchanligi va odamoviligi tufayli maktabda o’zlashtirishning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Muammoning rivojlanishi kasb tanlash hamda oila yaratishga xalaqit berishi mumkin.
Birinchi mezon bolaning yozma ishlarida muayyan xatolarni aniqlashdir. Ushbu xatolar, asosan, harfning fonetik printsipiga rioya qilmaslik bilan bog'liq: so'zning tovush tarkibi to'liq aks ettirilmaydi yoki buzilmaydi.
Xatlarning muayyan buzilishlarini aniqlashning ikkinchi muhim mezoni-bu xatolarning qat'iyligi: ular deyarli barcha yozma ishlarda vaqt davomida aniqlanadi.
Bolada fonematik disleksiya yani o’hshash tovushlarni almashtiradi. Masalan, b-p, d-t, s-sh, j-sh.
Agrammatik disleksika- nutqning grammatik tomoni hamda morfologik va sintaksik umumlashtirish rivojlanmaydi.
Mnestik dislersiya- tovush va harf o’rtasidagi bogliqlikni nutqiy hotirada buzilishiga olib keladi.
Disgrafiya bu yozuv jarayonining buzilishidir. Bu bolada optic disgrafiya yuzaga kelishi mumkin, yani malum harflarni anglamaydi, ko’pincha harflarni aralash yozilishi kuzatiladi; п-н, п-и, у-и, ц-щ, ш-и, м-л, б-д, п-т, н-к. Optik disgrafiyaga teskari yozuvlar ham kiradi, bular ko’pincha yuqorida aytib o’tilgan chapaqay bolalarda uchraydi. Bunda ko’proq grafik jihatidan oxshash qo’lyozma harflar o’rni almashadi.Unga: bir hil elementlardan tashkil topgan, lekin bu elementlar fazoviy joylashishi bo’yicha turlicha joylashgan harflar (в-д, т-ш), bir hil elementlarni o’z ichiga olgan, lekin qo’shimcha elementlar bilan bir-biridan farq qiladigan harflar (и-ш, п-т, х-ж, л-м); teskari yoziladigan harflar(с-з, э-з), bir xil element bilan boglanadigan harflarning elementlarini tushirib qoldirish , ortiqcha element qo’shib yozish va noto’g’ri joylashtirilgan elementli harflarni yozish kabilar uchraydi.
Shu bilan birgalikda motor disgrafiya, yani qo’lning yozuv paytida qiyin harakatga kelish, motor obrazlaridagi aloqalarning, so’zlarning tovush va ko’rish obrazlari bilan birgalikdagi buzilishi unga hosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |