Maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun «Maxsus pedagogika va psixologiya» fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari
Optik xatolarni oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan metodik qo‘llanmalardan misollar keltiring, topshiriqlarning maqsad va vazifalarini izoxlang
Download 426 Kb.
|
Raximjonova G. Nutq o`stirish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-topshiriq.
Optik xatolarni oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan metodik qo‘llanmalardan misollar keltiring, topshiriqlarning maqsad va vazifalarini izoxlang.
Tovushlar differensiatsiyasini aniqlash va mustahkamlash bo’yicha olib boriladigan logopedik ishlar turli analizatorlarga (nutq eshituv, nutq h arakat va ko’ruv) tayangan holda olib boriladi. Tovushlarning bir-biridan farqlash ustida olib boriladigan ishning muvaffaqiyatli bo’lishi fonematik analiz va sintezni rivojlantirish bilan chambarchas bog’liqdir. Almashtiriladigan tovushlarni bir-biridan farqlash ustida olib boriladigan logopedik ishlar 2 bosqichni o’z ichiga oladi: Birinchi bosqich – tayyorgarlik (almashtirilayotgan har bir tovush ustida ishlash). Ikkinchi bosqich – almashtirilayotgan tovushlarni eshitish va talaffuz jihatdan farqlash. Birinchi davrda almashtirilayotgan har bir tovushning talaffuz va eshitish obrazining ketma-ketligi aniqlanadi. Olib boriladigan ish rejalari quyidagilardan iborat: ko’rish, eshitish, taktil idrok etish, kinestetik sezish orqali tovushlarni jarangdorligi va artikulyatsiyasini aniqlash; bo’g’inlarda tovushlarni ajratish; so’zlarda tovushning o’rnini (boshida-o’rtasida-ohirida) aniqlash; tovushlarni so’zdagi ketma-ketligini aniqlash (tovush sanoq bo’yicha nechanchi o’rinda, qaysi tovushdan keyin kelayapti, o’zidan oldin qaysi tovush turibdi); gap, matnlarda tovush o’rnini aniqlash. Ikkinchi bosqichda almashtiriladigan tovushlarni talaffuz va eshitish jihatdan qiyoslash ishlari olib boriladi. Bunda ham olib boriladigan ish birinchi bosqichdagidek bo’lib, har bir tovush eshitish va talaffuz jihatdan aniqlanadi. Asosiy maqsad ularni bir-biridan farqlashdir, shuning uchun nutqiy materialga almashtirilayotgan tovushlar ishtirok etgan so’zlar tanlab olinadi. Disgrafiyani bartaraf etishda yozuv mashqlari katta o’rin tutadi. Artikulyator – akustik disgrafiyani bartaraf etishda avval tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni to’g’rilash lozimdir. Ishning boshlang’ich davrida tovushlarni aytib takrorlamaslik tavsiya etiladi, chunki bu holatda yozuvda xatoliklarga yo’l qo’yilishiga olib kelishi mumkin. Disgrafiya va fonematik disleksiyani bartaraf etishda tilning analiz va sintez tomonini rivojlantirish. Gapda so’zning soni, ketma-ketligi va o’rnini aniqlash qobiliyatini quyidagi topshiriqlarni bajarish orqali shakllantirish mumkin: 1. Syujetli rasmlar asosida gap tuzish va gapdagi so’zlar sonini aniqlash. 2. Ma’lum so’zlarni son bo’yicha o’ylab topish. 3. So’zlar sonini ko’paytirib, gapni kengaytirish. 4. Gapda so’zlar o’rnini aniqlash (ko’rsatilgan so’z nechanchi o’rinda turibdi). 5. Ma’lum sondagi so’z ishtirok etgan gaplarni matndan ajratish. 6. Gapda nechta so’z bo’lsa, shuni ko’rsatuvchi sonni ko’rsatish. BO‘G’IN ANALIZ VA SINTEZINI RIVOJLANTIRISh Bo’g’in analiz va sintezini rivojlantirish ustida ishlarini yordamchi usullardan foydalanishdan boshlash lozim. Bo’g’in analizini shakllantirishda quyidagi yordamchi vositalar taklif qilinadi, masalan, so’zlarni bo’g’inlarga ajratganda qarsak chalish va so’zdagi bo’g’in sonini aytish. Nutqda bo’g’in analizini rivojlantirish jarayoni so’zlarda unli tovushlarni ajratish hamda bo’g’inlarga ajratishning asosiy qoidalarini o’zlashtirishga asosiy e’tibor beriladi: so’z necha unli tovushdan iborat bo’lsa, unda shuncha bo’g’in bo’ladi. So’zni bo’g’inlarga bo’lishda unli tovushlarga tayanish o’qish va yozuvda unli tovushlarni tushirib qoldirish, unlilarni o’qish kabi xatolarning oldini olish va bartaraf etishga imkoniyat beradi. Unli tovushlar asosida so’zlarda bo’g’in tarkibini aniqlash malakasini shakllantirish uchun unli va undosh tovushlar differensiatsiyasi hamda nutqda unli tovushlarni ajratish bo’yicha dastlabki ishlarni olib borish zarur. Unli va undosh tovushlar haqida, ularni farqlashning (ular artikulyatsiya usuli va jarangdorligi bo‘yicha farqlash) asosiy belgilari haqida tasavvurlar xosil qilindi. Mustahkamlash uchun quyidagi usullardan foydalanish tavsiya etiladi: logoped unli tovushlarni talaffuz etganda bolalar qizil, undosh tovushlarni talaffuz etganda ko’k bayroqchani ko’taradilar. Keyinchalik unli tovushlarni bo’g’in va so’zlarda ajratish bo’yicha ish olib boriladi. Buning uchun avval bir bo’g’inli so’zlar (uy, oy, non, nok, ot) taklif etiladi. Bolalar so’zlarda unli tovush va uning o’rnini (so’z boshida, o’rtasida, oxirida) aniqlaydilar. Buning uchun so’zning grafik sxemasidan foydalanish mumkin. Bolalar unli tovushning so’zdagi o’rniga qarab sxemaning boshi, o’rtasi, oxirida belgi-aylanacha qo’yadilar: Keyin ikki va uch bo’g’inli so’zlar ustida ish olib boriladi. Buning uchun quyidagi topshiriqlarni berish tavsiya etiladi: 1. So’zdagi unli tovushlarni aytish. Buning uchun talaffuz etilishi yozilishidan farq qilmaydigan so’zlar. 2. Berilgan so’zda faqat unlilarni yozish (olma – O____A). 3. Unli tovushlarni ajratish va shu tovushga taalluqli harflarni topish. 4. Berilgan unli tovushlarga taalluqli rasmlarni ajratish. Bo’g’inlarda analiz va sintezni mustahkamlash uchun quyidagi topshiriqlarni berish mumkin: 1. So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib qaytarish. Bo’g’inlar sonini sanash. 2. Aytilgan so’zlardagi bo’g’in sonini aniqlash va shu songa taalluqli raqamni ko’rsatish. 3. Nomlangan rasmlarni ikki qatorga bo’g’inlar soniga qarab ajratish. Aytilishida 2 va 3 bo’g’indan iborat rasmlar (anor, anjir, olxo’ri) tavsiya etiladi. 4. Nomalangan rasmlardan birinchi bo’g’inni ajratish va uni yozish, so’ng ajratilgan bo’g’inlarni biriktirib so’zlar, gaplar tuzish va hosil bo’lgan so’z va gaplarni o’qish. Masalan: "oltin", "malina", "radio", "kesak", "tabiat". Berilgan so’zlarning birinchi bo’g’inlarini biriktirilganda quyidagi so’zlar hosil bo’ladi: olma, raketa. 5. So’zlarda tushurib qoldirilgan bo’g’inni rasmlar yordamida aniqlash. ar______; _______los; ka______; ol_____ri.
7. Gaplardagi ma’lum sondagi bo’g’inli so’zlarni ajratish. FONEMATIK ANALIZ VA SINTEZNI RIVOJLANTIRISh. "Fonematik analiz" atamasi bilan ham oddiy, hamda murakkab shakldagi tovushlar analizini belgilaydilar. Oddiy shakldagi ko’rinish bu so’zlar tarkibidagi tovushlarni ajratishdir. V.K. Orfinskiy ma’lumotiga ko’ra, bu shakl maktabgacha yoshdagi bolalarda paydo bo’ladi. Murakkab shakldagi ko’rinish bu so’zlardagi birinchi va oxirgi tovushlarni ajratib olish va tovush o’rnini (so’z boshida, o’rtasida, oxirida) aniqlashdan iborat. Eng murakkab ko’rinish, bu so’zlarda tovushlar ketma-ketligi, tovushlar soni, boshqa tovushlarga nisbatan o’rnini (qaysi tovushdan keyin kelyapti, o’zidan oldin va keyin qaysi tovush kelyapti) aniqlashdir. Tovushlar analizining bu shakli maxsus o’qitish jarayonida amalga oshiriladi. Fonematik analiz va sintezni rivojlantirishda olib boriladigan logopedik ishlarda tovush analizining ko’rsatilgan shakllarini ontogenezda shakllanishi izchilligini hisobga olish lozim. Olib boriladigan ish quyidagi davrlarni o’z ichiga oladi: 1 davr – fonematik analiz va sintezni yordamchi vositalar va harakatlar asosida shakllantirish. Ish dastlabki yordamchi vositalar: so’zning grafik sxemasi va fishkalar yordamida o’tkaziladi. 2 davr – nutqda tovush analizini shakllantirish. Bunda so’z aytiladi so’ng so’zdan birinchi, ikkinchi, uchinchi va boshqa tovushlar aniqlanadi hamda ular soni belgilanadi. 3 davr – fonematik analizni aqliy faoliyatida shakllantirish. O‘quvchilar so’zlarni nomlamay va eshitib idrok etmay faqat tasavvur asosida tovushlar soni va ketma-ketligini aniqlaydilar. 4-topshiriq. Turli yosh guruhlaridagi bolalar uchun nutqning grammatik qurilishini o‘ziga xosligi bo‘yicha tavsifnoma tuzing. Download 426 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling