Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Muammoli masalalar va topshiriqlar


Download 301.59 Kb.
bet3/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Muammoli masalalar va topshiriqlar

  1. Geografiya o`qitish metodikasi predmetining asosiy maqsadini yoritib bering.

  2. Geografiya o`qitish metodikasining dolzarb vazifalarin izohlab bering.

  3. Pedagogik tadqiqotlar va ularning geografiyani o'qitisl metodikasi fanida qo'llanilish asoslarini izohlab bering.

  4. Geografiya o`qitish metodikasi o'rganadigan va ishlal chiqadigan muammoli masalalar doirasini tahlil eting.

  5. Geografiya predmetining geografiya o'qitish metodikas fanidan farqlanuvchi asoslarini yoritib bering.

Bilimni tekshirish uchun savollar

  1. Geografiya fani nimani o'rgatadi?

  2. Geografiya o`qitish metodikasi nimaga asoslangan?

  3. Metodika nima?

  4. Geografiya o`qitish metodikasi nima uchun pedagogik far sifatida tan olingan?

  5. Geografiya o`qitish metodikasi fani qaysi savollarga javob bera olishi kerak?

  6. Geografiya o`qitish metodikasi qaysi fanlar bilan uzviy bog'langan?

  7. Geografiya o`qitish metodikasi fanida tadqiqot metodlarininj ahamiyati nimada?

  8. Geografiya o`qitish metodikasi fani oldiga qanday vazifalai qo'yilgan?

  9. O'quvchilarning faoliyat turlariga nimalar kiradi va ular geografiya o'qitish metodikasi fanida qanday ahamiyatga ega?

  10. Nima uchun kuzatish geografiya o'qitish metodikasi fanida eng muhim metod hisoblanadi?

  11. Nima uchun tajriba geografiya o`qitish metodikasi fanida yetakchi metodlardan biri hisoblanadi?

  12. Geografiya o`qitish metodikasi fanida tabiatni muhofaza etish masalalari qanday yoritilgan?



Geografiya o`qitish metodikasi fanining qisqacha tarixi. O’bekistonning boshlangich sinflarida geografiyaning o’qitilishi.
Geografiya o`qitish metodikasining tarixi shuni ko‘r- satadiki, muayyan darajadagi hal qilinadigan asosiy muammolar. ya’ni ta’limning mazmuni, o'qitish metodlari va ularni tarbiyalovchi ta’siri kabi masalalar o‘qituvchilar va metodistlar tomonidan hal etiladi. Bu narsa ko'pincha ulaming ijodiy tashabbusiga bog‘liq bo'ladi. Geografiya o`qitish metodikasi ham o‘z tarixiga ega. Uni vujudga kelishiga ko‘plab olimlar, metodistlar va o‘qituvchilaming xizmatlari singgan.
Turli ijtimoiy sharoitlarda yaratilgan ko‘plab metodik qo‘llanmalar va darsliklar shular jumlasidandir.
Boshlangich sinflarda geografiyaning o‘qitilishi. O‘zbek tilida geografiya bo‘yicha birinchi tarjima adabiyotlar 1919- yilda vujudga keldi. Bular: «Boshlang‘ich jug'rofiya» (A.A. Kruber kitobining ruschadan tarjimasi), «Turkiston» (A.A. Kruber kitobining ruschadan tarjimasi) kabi asarlar edi. T. N. Qori Niyoziyning «Tabiatning parchasi» kitobi o'qituvchilar uchun yaratilgan dastlabki qo'llanmalardan biri hisoblanadi.
1927—1929- yillarda birinchi bosqich maktab o‘quvchilari uchun o'lkashunoslik darsliklari — «Kichik turkistonlik», «Bizning o‘lka», «Tabiiyot bo‘yicha o'qish kitobi» hamda boshqa darsliklar nashr qilindi.
1948- yildan boshlang‘ich sinflarda tabiiyotni o'qitish tizimi o'zgardi. 1-3- sinflarda geografiya materiali izohli o'qish orqali o'rganila boshlandi. Tabiiyot o‘quv predmeti sifatida 4- sinfga kiritildi va o'zbek tiliga tarjima qilingan dasturlari bo'yicha mahalliy materiallardan foydalanib o'rganildi. 1948- yili Y.M. Belskaya shu dasturga asoslanib, «Rus tilida o'qish olib boriladigan O‘zbekiston maktablarining 4- sinflari uchun dastur» — metodik yo‘l-yo‘riqlar yaratdi, unda 1-3- sinf o‘quvchilari bilan darslar va darsdan tashqari vaqtlarda (o‘qituvchi rahbarligida) kuzatish va tajribalar o‘tkazishga alohida e’tibor berildi.
196O- yildan boshlab yangi dasturlar joriy qilindi. Bunda 3-sinflardagi tabiat darslari mehnat darslari bilan almashtirildi. Tabiat fanini o‘qitish faqat 4- sinfda qoldirildi, 1961- yili O‘zbekistonning tabiiy sharoitlari, o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi «Tabiatshunoslik» darsligi (Y.M.Belskaya va boshqalar) tomonidan yaratildi.
197O- yillarda O£zbekiston maktablarida yangi o‘quv rejasi va dasturlari joriy etilishi munosabati bilan 2-3- sinflarda «Tabiatshunoslik» predmeti o'qitila boshlandi, uni o'rganishga o'qish rus tilida olib boriladigan sinflarda 35 va 70 soatdan, o‘qish o'zbek tilida olib boriladigan sinflarda esa 35 soatdan vaqt ajratildi.
1972- yili Y.M. Belskaya tahriri ostida rus va o‘zbek tillarida 2- sinf uchun «Tabiatshunoslik» darsligi nashr qilindi. Bu darslik uch yillik boshlang'ich maktab dasturi bo'yicha o'qitildi. U ikkinch sinf o'quvchilarining yosh xususiyatini hisobga olgan holda tuzildi unda O'zbekiston o'simliklari va hayvonot dunyosining tipik xususiyatlari o‘z aksini topdi.
1974- yili 3- sinf uchun «Geografiya» darsligi chop etildi Unda «O‘lkamizning tabiati» mavzusiga katta e’tibor berildi. Uni o'rganish 2- sinfda o'tkazilgan kuzatishlarni umumlashtirish bilar boshlanar, tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarni hisobga olgan holda olib borilar edi. Topshiriqlar O‘zbekistonning jonsiz tabiat obyektlari, o'simliklari va hayvonlarini kuzatishlardan mukammal foydalanishni nazarda tutar edi.
O'qituvchilar uchun ham metodik qo'llanmalar nashr etilgar bo'lib, ularda geografiya kursi metodikasi 2-3- sinflarda shu fanni o'rganish xususiyatlari hisobga olingan holda bayon qilingan
1986- yildan boshlab maktablarda to'rt yillik boshlang'ich ta’limga o'tish munosabati bilan boshlang'ich sinf uchun atrofdag olam bilan tanishtirish va tabiatshunoslik bo'yicha dasturlar hamde «Atrof olam bilan tanishtirish» va «Geografiya» kurslar; bo'yicha o'quv-metodik komplekslar (darsliklar, metodik qo'llanmalar, kuzatishlar kundaligi) nashr qilindi. Tabiatshunoslih sikli bo'yicha o'quv kompleksi muntazamlilik, mazmunining rivojIantirilishi sinfdan-sinfga o'tgan sari asta-sekin chuqurlashtirib. kengaytirib borish, tuzilishga vagona yondashish, tuzilishning vorisligi bilan ta’minlandi.
Ushbu dastur hamda darsliklar Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng uning dastlabki yillariga qadar amalda bo'ldi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach iqtisodiy hamda ijtimoi rivojlanishning o'ziga xos yo'liga ega bo'ldi. Mustaqillik barcha sohalarda bo'lgani kabi ta’lim sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini vujudga keltirdi.
O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari birinchi darajali ehtiyojga aylandi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Uzluksiz ta’lim tizimida davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida»gi 1998- yil 5- yanvar qarori chiqdi va ushbu qarorga binoan «Davlat ta’lim standard to'g'risidagi Nizom» tasdiqlandi. Unda boshlang'ich ta’lim 4 yillik deb qabul qilindi va 1-2- sinflarda «Atrofimizdagi olam» va 3-4- sinflarda «Tabiatshunoslik» fanlarining o'qitilishi ko'rsatib o'tildi.
Respublikamiz miqyosida ushbu hujjatlarga muvofiq va «Davlat ta’lim standard to‘g‘risidagi Nizom»ga amal qilingan holda ta’lim jarayoni olib borilmoqda.



Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling