Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi
bob Geografiya o`qitish metodikasi pedagogik fan sifatida
Download 301.59 Kb.
|
Nuriddinova
bob
Geografiya o`qitish metodikasi pedagogik fan sifatida Geografiya o`qitish metodikasining predmeti va vazifalari Geografiya o`qitish metodikasi geografiyani o‘qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o‘z predmetini o‘qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi. O‘quvchilarga tabiatni o'rgatib borish bilan o‘qituvchi ularni ta’limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilimni o‘quv va ko‘nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, dunyoqarashi, irodasi, xarakterini ham shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko‘ra geografiya o`qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi. O‘qitish jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘gan qismlarni: predmet mazmunini, o‘qituvchi va o'quvchilar faoliyatini, fanni o'qitishni va ko‘nikmalarni egallab olishni o‘z ichiga oladi. Geografiyani O‘qitish metodikasining vazifalari qatoriga o‘quv fani sifatida geografiya mazmunini aniqlash, o‘qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zarur o‘quv jihozlarini tayyorlash kiradi. Geografiya o`qitish metodikasi faqat O‘qitish jarayonini ta’riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, o‘qituvchi ularga asoslanib, shu fan bo‘yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o‘qitishi mumkin. Geografiyani O‘qitish metodikasi o‘qituvchining tayyorlanishidan tortib, to o‘quv materialini O‘zlashtirish natijalarini, jumladan, sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o‘qitish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. O‘qitish amaliyotini har tomonlama o‘rgatish va natijalarni keyin ijodiy umumlashtirish asosida o‘qitishning muayyan qonuniyatlari belgilanadi hamda uni yanada yaxshilash bo'yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Chunonchi, o'rganilayotgan narsalarni (o‘simlik va hayvonlarni) bevosita qabul qilish (bu to‘g‘ri tasavvur hosil bo‘lishini ta’minlaydi) qonuniyati asosida predmetli o‘qitish, qollash bo‘yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi. Geografiyani o’qitish metodikasi o'rganadigan va ishlab chiqadigai masalalarga quyidagilar kiradi: o‘quv fani sifatida geografiya fanining ta’lim va tarbiyavi ahamiyati, uning tarbiya tizimidagi o'rni; o‘quv materialining mazmuni va uni taqsimlanish tizimi; o‘qitish metodlari va o‘quv ishlarini tashkil etish shakllari o‘quv materialini, o‘quvchilaming o‘zlashtirish jarayor va o'qitish natijalarini hisobga olish; jihozlash va o‘quv qurollaridan foydalanish; darsdan va sinfdan tashqari ishlar, o‘qitishning moddiy bazasi. Geografiya o`qitish metodikasi tabiat hodisalarini o'zaro bog'lanishda va rivojlanishda o'rganishga imkon beradi Geografiya o`qitish metodikasi barcha geografiyaga oid materialni o‘rganishning o‘ziga xosligiga muvofiq holda barcha maktab fanlari uchun umumiy hisoblangan pedagogika qoidalariga asoslanadi. Shunday qilib, geografiya o`qitish metodikasi fanining maqsadi boshlang‘ich sinf o'qituvchilarini bugungi kun talablari asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, yosh avlodni geografiya fanini o‘rgatishga tayyorlashdir. Fanning asosi vazifalari quyidagilardan iborat: Talabalarga geografiya haqida eng zarur ilmiy-nazari bilimlarni berish. Boshlang'ich sinflarda geografiya o`qitish metodikas fanini ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini yoritib berish. Talabalarga geografiya fani bazasida zamonaviy pedagogi texnologiya haqida bilim berish. Talabalarni o‘quv metodik adabiyotlar, dastur va darsliklar tahlil qilishga o'rgatish. Talabalarni geografiya o`qitishning turli uslublari va yo‘llari bilan tanishtirish. Talabalarda mazkur fandan o'qitishning turli tashkiliy shakllarini, uslublarini, zarur ko'rgazmali qurollarni to‘g‘ri tanlash malakalarini hosil qilish. Geografiya muammolariga bag‘ishlangan maqolalar, adabiyotlarga taqriz, annotatsiya yozishga o‘rgatish. Kuzatilgan dars va darslardan tashqari tadbirlarni mustaqil metodik jihatdan to‘g‘ri tahlil qilishga o‘rgatish. Fanlararo aloqalar va ta’lim-tarbiya integratsiyasi asosida turli dars tiplari uchun ishlanmalar, reja-konspektlar tuzishga tayyorlash. Maktabda geografiya darslarini o'tishda ekologik va tabiatni muhofaza qilish jihatlarini ko'ra bilishga o'rgatish. Talabalarni Sharq mutafakkirlarining inson va uni o‘rab turgan tabiat bilan aloqalariga bag‘ishlangan asarlari, ularning dunyoqarashlari bilan tanishtirish, shuningdek, tabiatga oid adabiyotimiz, ruboiy va she’rlardan geografiya darslarida foydalanishga o‘rgatish. Bundan tashqari, geografiya o'qitish metodikasining umumpedagogik va o‘ziga xos metodlari, darsni to‘g‘ri tashkil etish tarixi va istiqbolli rejalar tuzish, darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etish usullarini o‘rganish kabi masalalar ham ushbu fanning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Geografiya o`qitish metodikasi fanining ikkinchi tomoni bu metodikani yaxshi bilish jarayoni hisoblanadi. Metodika o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialni o'qitishning muvofiq ravishdagi metod va vositalari o‘quvchilarning tabiat haqidagi eng sodda bilimlarni egallashi hamda kelajakda hayotda qo‘llay olishi o‘quvchilar uchun retseptlar va nasihatlar majmuasi bo‘libgina qolmasdan, u fan, uning tamoyillari, geografiya o'qitish jarayonining qonuniyatlarini bilishga ham asoslangan. Metodika o‘quv fanining mazmuni, ta’lim va tarbiya metodlari hamda shakllarini ko‘rib chiqadi. Metodikaning bu bo‘limlari bir butun bo‘lganligi uchun bir-birini to'ldiradi. O‘quv ishlarining jihozlari hamda vositalari metodika asosida belgilanadi. Metodika nima uchun tabiatni o‘rganish, nimani va qanday o‘qitish, nima asosida va qanday tarbiya berish kerak, degan savollarga javob beradi. Geografiya fanini o'qitilishining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi uchun maxsus o‘quv moddiy bazaga, ya’ni o‘quv qurollari bilan jihozlangan xona, tirik tabiat burchagi va o‘quv-tajriba maydonchasiga ega bo‘lishi kerak. Materialni o'ziga xos bo‘lishi faqat geografiya o`qitish metodikasining o‘ziga xosligini emas, balki uning tarbiyaviy imkoniyatlarini ham belgilaydi. Download 301.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling