Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Muammoli masalalar va topshiriqlar


Download 301.59 Kb.
bet5/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Muammoli masalalar va topshiriqlar

  1. Boshlang’ch sinflarda tabiatni o'rganish to‘g‘risid K.D.Ushinskiy, V.A.Suxomlinskiyning aytgan fikrlaridan namunalar keltirib, ularni izohlab bering.

  2. V.A.Gerd geografiya o`qitish etodikasining asoschisi ekanligi haqidagi fikr-mulohazalaringizni bayon eting.

  3. S.A.Pavlovichning tabiiyot va geografiya darslarini o‘quv qurollari bilan jihozlash haqidagi asarlari va ularning ahamiyati haqida axborot tayyorlang.

  4. O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan so‘ng geografiyani o'qitishda qanday o'zgarishlar yuz bergani haqida ma’lumot tayyorlang
































































  1. Y.M. Belskayaning O‘zbekistonda geografiyani o‘qitilishid bajargan ishlari haqida ma’lumot bering, uning ilmiy ishlarining tadriji jadvalini tuzing.

  2. A.G. Grigoryansning O‘zbekistonda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanini rivojlanishida tutgan o‘rni haqida axborot tayyorlang





















































































  1. O‘zbekistonda tabiatshunoslik va geografiya o`qitish metodikasi fanining rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shgan V.P. Goroshenko va P.G. Malkinalar haqida ma’lumotlar yig'ib, ularni izohlab bering.

  2. Bugungu kunda O‘zbekistonda geografiya o`qitish metodikasi fanining rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shayotgan metodist-olimlar haqida axborot tayyorlang.

Bilimni tekshirish uchun savollar

  1. V.F. Zuyev tabatshunoslik va geografiya o'qitish metodikasi fani rivojiga qanday hissa qo'shgan?

  2. V.F. Zuyev qaysi o‘quv darsligi bilan tabiiyot fani rivojiga o‘z hissasini qo'shgan?

  3. Boshlang'ich geografiya ta’limi to‘g‘risidagi K.D.Ushinskiyning pedagogik qarashlari qanday ahamiyatga ega?

  4. K.D. Ushinskiyning qaysi asarlarini bilasiz?

  5. Nima uchun V.A.Gerdni tabiatshunoslik o'qitish metodikasining asoschisi deb hisoblashadi?

  6. V.A. Gerdning tabiiyot faniga doir yozgan qaysi darslik, metodik qo'llanmalarini bilasiz?

  7. D.I. Tixomirovning tabiyot fanini o'qitishga doir qarashlari nimalardan iborat?

  8. V.A. Gerdning tabiat o'qitish metodikasida tutgan o'rni qanday?

  9. V.P. Vaxterov tabiat va geografiya o'qitish metodikasida qanday o'rin egallagan?

  10. M.N. Skatkin tabiat o'qitish metodikasi fani rivojiga qanday hissa qo'shgan?

  11. P.A. Zavitayev tabiat va geografiya o'qitish metodikasi fani rivojiga qanday hissa qo'shgan?

  12. S.A. Pavlovichning tabiat va geografiya o`qitish metodikasiga qo‘shgan hissasi nimadan iborat?

  13. S.A. Pavlovichning asosiy ilmiy ishlarining mohiyati nimada?

  14. V.A. Suxomlinskiyning tabiatga oid qarashlari to'g’risida nimalarn bilib oldingiz?

  15. «Atrof olam bilan tanishtirish» yangi o‘quv fani qanday fanla bilan chambarchas bog'liq?

  16. Boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslikni o'qitilishi qachon yo'lga qo‘yilgan?


Geografiyani o’qitish metodikasi” fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi

“Geografiyani o‘qitish ” metodikasi pedagogika, fenologiya, botanika, hayvonot olami va odam anatomiyasi, «Odam, uning salomatligini saqlash», «psixologiya», «pedagogika», «fiziologiya» kabi fanlar bilan chambarchas bog’liq.


Tabiiy fanlar kursini o’qitish, o‘qituvchidan tabiatshunoslik fanlari sohasida bilimdon bo‘lishni talab etadi. Nazariy jihatdan tabiat hodisalarini ilmiy tushuntirish uchun, amaliy jihatdan esa tabiatdagi o‘simlik va hayvonlarni bilish, ularni aniqlash, parvarish qilish, o‘stirish ustida tajribalar olib borish uchun zarur.
Geografiya fanida kuzatish, tajriba o‘tkazish va to’plangan faktlarni nazariy jihatdan umumlashtirish tadqiq qilishning asosiy metodlari hisoblanadi. Geografiyani o‘qitish metodikasida o‘quvchilami o’qitishda ularga tabiat haqidagi tushunchalarni sodda qilib, ularning ongiga yetib borishi uchun ko‘proq ko‘rgazmali materiallarni yoki obyektlarni yaqqol ko‘rsatish, tushuncha hosil qildirish, yuqori sinf o’quvchilariga fan erishgan fakt va qonuniyatlar to‘g‘risida aniq misollar keltirish orqali ulardagi tushunchalami mustahkam egallashda to‘g‘rilash ishlarini to‘g’ri yo‘lga qo‘yish maqsad qilib qo‘yiladi. “Geografiyani o’qitish metodikasi” bakalavr talabalar oldiga o‘quvchilarga tabiat haqidagi bilimlami berishda oddiydan murakkabga qarab borish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga nutq o‘stirish darslarida tabiat haqidagi bilimlami oddiy tushunchalar orqali berishni tavsiya qiladi. Maktab o’quvchilari darsda bilimlami tezda o‘z- lashtira olmaydi. Shuningdek, turli xil nutq kamchiliklariga ega bo’lgan bolalarning tafakkuri rivojlanmasligi natijasida ham bilish faoliyati turli xil rivojlangan bolalar maktabda ta’lim-tarbiya oladi. Bunday har xil kontingentga ega bo’lgan bolalarga ta’lim beruvchi tabiatshunoslik o’qituvchisi irodali, o‘z kasbining mohir ustasi bolishi kerak. Shunga qarab o’qituvchi dars berishning turli usullarini qo’llashi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, materiyaning birlamchiligi, ong­ning ikkilamchiligi haqidagi dialektik materializm qonuniyatlarini o’qituvchi oddiy so‘zlar bilan tushuntirishi va tabiat muzeylariga ekskursiyalar uyushtirishi, ko’rsatib tushuntirishi lozim. Hozirgi zamon tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi ta’limga tarbiyaning tarkibiy qismi, shakl va metodlaming yaxlit sistemasi sifatida qaraydi. O’qituvchi va o’quvchilaming butun o’quv ishi doimo rejali ravishda rivojlanib boradi. Har bir mavzuni o’qiganda yildan yilga ulaming dunyoqarashi, tafakkuri, ko‘nikma va malakalari rivojlanadi. Ta’lim va tarbiya metodlari asta-sekin murakkablashadi. Dialektik materializm qonuniyatlarini bilish o’qituvchiga tar­biyalovchi ta’lim jarayonining bir butunligi va qarama qarshiliklarni (metodlaming, ko’rgazmalilikning qo’llanish miqdori, sifati) tushunishga yordam beradi.
Geografiyani o‘qitish metodikasi maktabda hamma tabiat haqidagi fanlami o‘qitishga oid masalalarni o‘qitishning g‘oyaviy yo‘nalganligini, o'qitishning mazmuni bilan metodlarning birligini, o‘quv ishlarining shakllari o‘rtasidagi izchillikni va barcha tarbiyalovchi ta’lim elementlarining yaxlitligini hamda rivojlanishini ko‘rib chiqadi.
0‘qitish tizimi o‘quvchilar bilimining puxta bo'lishi va ongiga yetib borishini ta’minlaydi. Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi barcha predmetlar uchun umumiy tamoyillarga ega bo‘lgan didaktil va tarbiya jihatidan pedagogika bilan chambarchas bog‘langan Maktabda ta’lim-tarbiya jarayoni amalga oshiriladi va o‘rganiladigan materialning mazmuni, uni bayon qilish mantiqi, o'qitish metodlari barcha shakllardagi butun ta’lim jarayonini, o'qituvchi shaxsining o‘zi, uning fanga fidoyiligini ham tarbiyalaydi.
Metodikani didaktik yo‘l bilan pedagogikaga bevosita bog‘lab turib, bular o‘rtasidagi tafovutlarni ham hisobga olish kerak Didaktika pedagogikaning barcha maktab predmetlari uchun umumiy bo‘lgan ta’lim nazariyasi va 0‘qitish tamoyillarini ishlab chiqadigan bir tarmoqdir. Mustaqil ilmiy predmet sifatida qaror topgan tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi tabiat fanlarini 0‘qitishning o'ziga xosligi bilan taqozo qilingan ta’lim va tarbiyaning mazmuni, shakllari va metodlari to‘g‘risidagi nazariy hamda amalb muammolarini ishlab chiqadi.
Darhaqiqat, pedagogik fan sifatida Geografiyani o‘qitish metodikasi didaktika bilan bog‘langan. Faqat ta’lim va tarbiyaning pedagogik maqsadi hamda vazifalariga asoslangandagina maktab tabiatshunoslik fanini to‘g‘ri tuzish, boshlang'ich va undan keyingi sinflar o‘quv predmetlari tizimida uning o‘rni va rolini aniqlash mumkin bo‘ladi.
O'quv materialini tanlash va uni sinflar bo‘yicha taqsimlashga bo‘lgan talablar didaktik tamoyillar bilan izohlanadi, ular fanga xos metodik masalalarni hal qilishda, o'qitish metodlarini tanlashda, shuningdek, o‘quvchilaming o‘quv faoliyatlarini har xil ko'rinish va shakllarda tashkil qilishda ham yetakchidir. Metodik uslublami faqat har bir o‘quvchi psixologiyasini, yoshi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holdagina to‘g‘ri tanlash mumkin.
Geografiyani 0‘qitish metodikasi pedagogikada qo‘llaniladigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi - metodist maktabda tabiatshunoslikni 0‘qitish jarayonini kuzatadi
kuzatilgan faktlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o‘rtasidagi qonuniy bog‘lanishlarni aniqlaydi, xulosa va umumlashtirishning to‘g‘riligini amalda tekshiradi va buning natijasida tabiatshunoslikni o‘qitish tamoyillarini belgilaydi. Kuzatish va tajriba geografiyani o‘qitish metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir.
Hozirgi kunda metodikaning fan sifatida qaror topishida integratsiya sintez — barcha ilmiy materiallarning muammolar bo‘yicha to'planishi hamda tahlil qilinishi, umumlashtirilishi, tizimga solinishi va yagona ilmiy nazariyaga keltirilishi alohida o‘rin egallaydi. Metodika o‘qituvchi ijodi uchun ta’lim va tarbiyaning boy xazinasidagi xilma-xil metodlar, usullar va vositalarni bilib olishga keng imkoniyatlar ochib beradi.
Geografiyani o'qitish metodikasi, shuningdek, fiziologiya, anatomiya, gigiyena, botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va psixologiya bilan chambarchas bog'liqdir. Shu fanlar bilan bo'ladigan aloqa o‘qituvchining o‘sha fanlar asoslarini egallagan bo‘lishida, ularning eng muhimlarini ajratib, materiallami o‘quvchilarning yosh xususiyatiga mos holda tushuntira olish uquvlarida namoyon bo‘ladi.
Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlar, munosabat va xaraktemi o‘z ichiga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat turining — o‘qish, mehnat, o‘yin, muloqotlaming dalillari alohida ahamiyatga ega. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiy qismi bo'lishi kerak. Uni o'qituvchi hisobga olmasa, tabiat to‘g‘risidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirb yuboradi.
Shunday qilib, tabiat bilan to‘g‘ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida go‘zallikni his etishni shakllantiradi, ularda o‘z harakati va ishini o‘zi baholay olish qobiliyatini rivojlantiradi, bu xislatlar xulq-atvorning odobiy hamda axloqiy me’yorlarini anglash, atrofdagilarga nisbatan mas’uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zamindir. Tabiat bilan muloqot jarayonida o'rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr vujudga keladi.
Shuningdek, tabiatshunoslikni o‘qitish jarayoni faqat o‘qituvchinigina emas, balki o‘quvchilar faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. 0‘qitishning natijasi dasturda mo'ljallangan materialning puxta o'zlashtirilganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o'qitish metodlari va o'quvchilarga o'quv jarayonini tashkil etish shakllarini o‘rganish, ularning materialni o'zlashtirib olish jarayonini o'rganishlari bilan birga boradi.

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling