Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi
Geografiya o`qitish da o‘quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili
Download 301.59 Kb.
|
Nuriddinova
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qitishning ko‘rgazmalilik tamoyili.
Geografiya o`qitish da o‘quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili. O‘quvchilaming ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili: 1) o'quvchilarning o‘qishga ongli va ijodiy munosabatda bo'lishlarini; 2) o‘rganilayotgan materialni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalay olishlarini; 3) o'qishning ijodiy xarakterda bo'lishini ; 4) bilimlarni amaliyotda ongli qo'llashni va ulami ishonchga aylanishini o‘z ichiga oladi. Onglilik tamoyilini amalga oshirishda bosh rol o‘qituvchiga taalluqlidir, u o‘quvchi oldida turgan vazifalarni aniq qilib ifodalashi va ulami yaxshi bajarishga qiziqish uyg‘otishi kerak.
O‘qitishda onglilikni namoyon bo'lishining oliy shakli o‘quvchilarning ijodiy faolligidir, u gerbariy, maket, model, mulyaj tayyorlash, o‘tkazilgan kuzatishlarni tavsiflash va o‘qituvchi taklif qilgan mavzu bo‘yicha bajarilgan ishlar asosida kichik axborot tayyorlash bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘qitishning ko‘rgazmalilik tamoyili. Ko‘rgazmalilik tamoyilidan foydalanishning asosiy vazifasi o‘quvchilaming bilish faoliyatlarini faollashtirishdir. Bu tamoyil atrof olamni bevosita qabul qilib olish asosidagi o'qitishni nazarda tutadi. Ko‘rgazmalilik tamoyiliga rioya qilish tabiatni o‘rganishning dastlabki bosqichlarida juda muhimdir, chunki kichik yoshdagi maktab o'quvchilari ko‘rganlarida hosil qilgan xususiy taassurotlari asosida to‘g‘ri tushuncha va xulosalar hosil bo‘lishiga yordam beruvchi bilimlar olishlari kerak. Geografiya bo‘yicha dastuming organizmlar hayotini tabiiy sharoitlarda o‘rganishga, tirik tabiat burchagida, maktaboldi maydonchalarida tajribalar, kuzatishlar o‘tkazishga imkon beruvchi metodlarning qo‘llanilishini, ya’ni o‘quvchilarning bevosita ko‘z bilan yoki bevosita ko‘rib, atrof olamning jism hamda hodisalari bilan, shuningdek, ularning tasvirlar bilan tanishishi deb tushuniladigan ko‘rgazmali tamoyilidan foydalanishni nazarda tutishi tasodifiy emas. Geografiya o`qitish dagi ko‘rgazmalilikni mashg‘ulotlar jarayonida faqat tabiiy jismlar (tirik tabiat burchagidagi, zooparkdagi o‘simliklar, hayvonlar, gerbariylar, kolleksiyalar), foydalaniladigan yoki tajriba ko‘rinishidagi hodisalami eslatuvchi predmetli ko'rgazmalilikka va tabiat jismlari yoki hodisalarining surat, jadval, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, sxema va boshqalardan foydalaniladigan tasviriy ko'rgazmalilikka ajratish maqsadga muvofiqdir. Predmetli va tasviriy ko‘rgazmalilikni amalga oshirish asosida o‘qitish, ayniqsa, bolalar tarbiyasining ertangi bosqichlarida, tafakkurning, kuzatuvchanlikning faollashishiga yordam beradi, o‘rganiIayotgan masalalarga o‘quvchilar qiziqishini oshiradi. Ulami oddiy tadqiqotlar olib borishga o‘rgatadi, bilimlarni faol qabul qilishga yordamlashib, o‘zlashtirib olish jarayonini osonlashtiradi, bilimlaming mustahkamligini ta’minlaydi. Tabiat jismlari va hodisalari yuzasidan olib borilgan kuzatishlar materialni tushunib olishga va o‘zlashtirilganlarni mustah- kamlashga, o'qituvchi rahbarligida tabiat hodisalari o‘rtasidagi chuqur bog'lanishlarni aniqlashga, jismlar to‘g‘risidagi fikrlar bilan ko'rishganlarini taqqoslashga imkon beradi. So‘z bilan qabul qilish, so‘z bilan tasawur etish o‘rtasida puxta bog'lanishlarning vujudga kelishi o'quvchilarning tabiat jismlari va hodisalari to‘g‘risida o‘qituvchi hikoya qilib berganlarning va ular to‘g‘risida darslikda yozilganlarning ahamiyatini tushunib olishlariga imkon beradi. Download 301.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling