Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Bilimni tekshirish uchun savollar


Download 301.59 Kb.
bet11/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Bilimni tekshirish uchun savollar

  1. «Tabiatshunoslik va Geografiya» fanlarining ta’limiy vazifalari nimalardan iborat?

  2. Tabiiy fanlar darslarida mantiqiy tafakkumi rivojlantirish qanday amalga oshiriladi?

  3. Boshlang'ich sinflar Tabiiy fanlar darslarida o‘quvchilaming ijodiy faoliyatini rivojlantirishning xususiyatlari nimada?

  4. O‘quvchilarga darslarda moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish qanday ahamiyatga ega?

  5. Tabiatni estetik qabul qilishning ahamiyatini qanday tushunasiz?

  6. Estetik tarbiyada qanday vositalardan foydalaniladi?

  7. Estetik tarbiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  8. Darslarda odobiy tarbiya qanday o‘rin tutadi?

  9. Darslarda ekologik tarbiya berish xususiyatlari nimalardan iborat?

  10. Vatanparvarlik va baynalmilalchilikni tarbiyalashda geografiya fanining ahamiyatini qanday tushunasiz?

11 Tabiiy fanlar darslarida tabiatga muhabbat, uni asrash hamda muhofaza qilishga intilishni tarbiyalashning qanday metodik uslublari bor?

  1. O‘quvchilami amaliy faoliyatga tayyorlashda geografiya fanining ahamiyati qanday?

Geografiyani o'qitish tamoyillari


Hozirgi zamon pedagogikasida o‘qituvchining faoliyati hamda o‘quvchilar bilish faoliyatining xarakteri aniq didaktik tamoyillai bilan belgilanadi. Geografiya o`qitish fani quyidagi didaktik tamoyillarga amal qiladi.

  1. O‘qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili. Maktab geografiya kursi geografiya fanining turli sohalarining qisqartirilgan bayoni emas, balki uning metodik tanlangan, muntazamlashtirilgan unsurlaridir. Materialning bunday berilishi shu bilan izohlanadiki, bunda kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari tabiat to‘g‘risidagi fan asoslarini faqat atrof olamning jism va hodisalarini aks ettiruvchi hamda ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beruvchi dastlab oddiy tabiiy obyektlar, keyin esa murak- kabrog'i bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. Bu bilan geografiya o`qitish da muntazamlilik tamoyili amalga oshiriladi.

O'qitishning muntazamliligi, ya’ni sistemaliligi bilimni bayon qilishda muayyan tizimga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog'lanishning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini nazarda tutadi. Jumladan: 1) nazariy geografiya bilimlarini kuzatish va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o'yinlar (bu boshlang'ich sinflardagi o'qitish uchun xarakterlidir)ni; 2) atrofdagi hayot va qurilish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar)ni; 3) mehnat ta’limi va ijtimoiy foydali mehnatni; 4) maktaboldi maydonidagi ish va unumli mehnat bilan bog‘lanishni nazarda tutadi.
Geografiya kurslarining izchilligi o'quvchilar uchun ular- ning yosh xususiyatlari, tayyorgarligi va rivojlanishi, shuningdek, mazmunda vorislikka rioya qilish zaruratiga qarab o‘quv mate- rialining tushunarli bo‘lishi bilan belgilanadi.
Chunonchi: 1) maktab geografiya kursi jonsiz tabiatdagi o'simlik va hayvonlar hayotidagi, odamlar mehnatidagi mavsumiy o‘zgarishlarni;

  1. jonajon o‘lka tabiatini, odam organizmi va uning salo- matligini;

  2. Vatanimiz tabiatini, undan foydalanish va uni muhofaza qilishni aks ettiruvchi materialni izchillik bilan o'rganishni talab qiladi. Bu mavzular biologiya, geografiya, ckologiya, odam anatomiyasi, sanitariya va gigiyena bo'yicha oddiy (elementar) ma’lumotlarni beradi.

6—11- sinflarda biologiya fani o‘rganilishidan oldin 4- sinfda geografiya fani o'tiladi, u 1-4- sinflarda atrof damning jism va hodisalari bilan tanishtirishga tayanadi. 5-6- sinflardagi botanika va 7—8- sinflardagi zoologiya dasturlari jonsiz tabiat to‘g‘risidagi boshlang'ich bilimlar asosida tuziladi.

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling