Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


O‘quv materialining ilmiy va tushunarli boflish tamoyili


Download 301.59 Kb.
bet12/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

O‘quv materialining ilmiy va tushunarli boflish tamoyili. Uzoq vaqtlar boshlang‘ich sinflarda geografiyani mustaqil o‘quv predmeti sifatida o‘qitishga yetarli darajada e’tibor berilmadi. U goho tabiyot deb nomlanib kelindi, goho predmetli darslar va izohli o‘qish bilan almashtirildi. XX asrning 6O-yillaridan boshlab geografiya mustaqil predmet sifatida o‘qitilmoqda. Hozirgi vaqtda maktab geografiya kursining mazmuni zamonaviy fan taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladi. Geografiya dasturi o‘lkashunoslik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan, boshlang‘ich sinflardagi geografiya ta’limining mazmuni esa botanika, zoologiya, ekologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, geografiya fanlarining hozirgi taraqqiyotiga muvofiq keladi.
Geografiya o`qitish da ilmiylik tamoyili hozirgi zamon fanida qat’iy qaror topgan tamoyillami o‘quvchilarga o‘zlashtirish uchun taklif etilishini nazarda tutadi. Geografiya bo‘yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta’minlash uchun kichik yoshdagi maktab o'quvchilarining idrok qila dish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma’lumotlami tanlab dish kerak. O‘quvehilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o‘quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borish jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to‘g‘ri aniqlash o‘quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, o‘quv materialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi eng to‘g‘ri metodik variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o‘quvchilarning aqliy taraqqiyotini asta-sekin ko'tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirib olinishiga imkon beradi.
O‘quv materialining ilmiyliligi tushunarli bo‘lishi kerak, bunga uni o‘quvchilarning aqliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek, ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi. Geografiya materiallari mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida o'qishga qiziqish uyg'otadi, aqlga

ozuqa beradi, mantiqiy fikrlash, taqqoslash va xulosalar chiqarish amaliy masalalarni yechishga undaydi.



Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling