Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi
Download 301.59 Kb.
|
Nuriddinova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazmuni bo‘yicha tushunchalar oddiy va murakkabga bo’linadi.
Geografiya tushunchalari umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan obyektlar, hodisalar, jismlarning butun guruh to‘g‘risidagi umumlashgan bilimlardir.
Chunonchi, «o'simliklar» tushunchasiga barcha o'simliklar uchun umumiy bo‘lgan muhit belgilari bilan bir guruhga birlashtirilgan har xil narsalar kiradi. Ularning hammasi o‘sadi rivojlanadi, nafas oladi, ko'payadi, ya’ni tirik organizm hisoblanadi. Tushunchalarni tasavvurlardan farq qila bilish kerak. Tasavvur sezgi organlar faoliyatining, xotiraning yoki tasavvur qilishning mahsulidir. Tushuncha tafakkur mahsuloti hisoblanadi Tushunchalar qabul qilinadigan va tasavvur etiladigan narsala ustida fikr yuritish natijasida vujudga keladi. Masalan, qushni tasavvur qilish uchun unga qarash kifoya. O‘sha qush to‘g‘risidi tushuncha hosil qilish uchun esa aniq bilimlar va ularn tizimlashtirish bo'yicha fikrlash kerak bo‘ladi. Qabul qilish va tasavvurlar ayrim narsalarning qiyofasidir. Tushunchalar esa o'zida butun narsalar sinfiga taalluqli umumlashgan mazmunni aks ettiradi. Masalan, «barg» tushunchas daraxt, buta, o‘t o‘simliklarda o‘sadigan hamma barglarga taalluq lidir. Tasavvurlar tushunchalaming sezgili asosi hisoblanadi, biroq tasavvurlar bilan tushunchalar o'rtasida keskin chegara yo‘q Tasavvurlar narsalarning muhim xususiyatlarini tobora ko‘proq aks ettirib borishi bilan umumlashadi hamda tushunchalarga aylanadi. Ayni vaqtda tushuncha o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. yoki bu narsa yoxud tabiat obyektlari to‘g‘risida tasavvurlarini bo'lishi ular to‘g‘risidagi tushunchadan dalolat bermaydi. Tushuncha ko‘pgina ayrim hodisalarning muhim belgilarini umumlashishi sifatida hosil bo‘ladi. 1-, 2- sinflarda o‘quvchilar ««Tabiiy fanlar» da umumiy geografiya tushunchalarini oladilar. Kelgusi sinflarda ular tajribalar o‘tkazish, kuzatishlar, ekskursiyalar, amaliy ishla vaqtida tabiat to‘g‘risida aniq tushunchalarga ega bo‘ladilar. Umumiy tushunchalarni shakllantirishda o‘qituvchi: obyektlarni maqsadga yo'nalgan holda qabul qilib olinishini tashkil etishi; tabiat jismlari va hodisalari to‘g‘risidagi har bir yangi tu- shunchani tahlil qilishi va barcha narsalarda, ilgari o'zlashtirilganlarda takrorlanadigan muhim belgilarni ajratishi; ikkinchi darajali, uncha muhim bo'lmagan barcha belgilarni mavhumlashtirish, buning uchun uncha muhim bo‘lmagan turlanadigan belgili, lekin muhim belgilarini saqlagan (masalan, lola va binafsha, boychechak va lola) narsalardan foydalanishi lozim. Geografiya tushunchalarini shakllantirishda har xil fikrlash operatsiyalaridan, ya’ni tahlil, sintez, taqqoslash, mavhumlashtirish, konkretlashtirish, umumiylashtirish kabilardan foydalanishga alohida ahamiyat berish kerak. «Tabiiy fanlar» kursida tushunchalar umumiylashtirish va mavhumlashtirishning darajasi bo'yicha har xildir. Ulaming asosiy ta’riflari: mazmuni; hajmi; shu tushunchaning boshqa tushunchalar bilan bog'lanishi va munosabatidir. Mazmun tushunchalarning eng muhim belgilari bilan xarakterlanadi. Tabiatning eng muhim belgilarini ajratish uchun «belgi» va «eng muhim belgi»ni farqlash kerak. shu bilan boshqa tur va guruhdagi narsalardan farqlanadi... Agar bu belgi mustasno qilinsa, bunda tushuncha parchalanadi, mavjud bo‘lmay qoladi». Mazmuni bo‘yicha tushunchalar oddiy va murakkabga bo’linadi. Masalan, «Quruqlik yuzasining shakllari» murakkab tushuncha. Uning eng muhim belgisi: tekis yuza (tekislik) ning ko'tarilgan (tepalik, tog‘lar), pasayganligi (tog‘ oralig'i jarlik) dir. Shu paytning o'zida tepalikka oddiy tushuncha sifatida ham qarashimiz mumkin uning eng muhim belgisi tagi, cho'qqili va yon bag'irligidir. Download 301.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling