Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Geografiya tushunchalarini samarali o‘zlashtirilishin ta’minlovchi metodik sharoitlar


Download 301.59 Kb.
bet23/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Geografiya tushunchalarini samarali o‘zlashtirilishin ta’minlovchi metodik sharoitlar. O‘quv materialini o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirmaslik hollari ham mavjud. Buning sababi shundaki, ularning bilimlari tasavvurlar darajasidi qolgan. Darsda bir mavzu bo‘yicha shakllantirilgan tushunchalar keyinchalik rivojlantirilmaydi va boshqa tushunchalar bilan bog‘lanmaydi. Tushunchalarni rivojlantirishning zaruriy sharoiti tizimdir. Jumladan, geografiya tushunchalarininj hosil bo'lishi muayyan metodik sharoitlarda amalga oshadi Chunonchi:

  1. tabiiy obyektni kuzatishlar;

  2. qabul qilishni aniqlovchi mashqlar;

  3. o'qituvchining hayajonli hikoyasi qabul qilishning to‘g‘r bo'lishini ta’minlaydi. O‘qituvchining savollari; yoddan rasm chizish, har xil narsalarni tanib olish bo‘yicha mashqlar tasavvurlaming to‘g‘ri bo'lishiga yordam beradi.

Tushunchalarning to‘g‘ri bo'lishini esa:

  1. Muammoning aniq qo‘yilishi;

  2. O‘qituvchi tomonidan o‘quv materialini bayon qilisl mantiqi;

  3. Aniqlash va taqqoslash bo‘yicha mashqlar;

  4. Tushunchalarni bog'lovchi va rivojlantiruvchi takrorlasl tizimi;

  5. Umumlashtirishni talab qiluvchi savollar;

Tushunchalarni o‘quv va ko‘nikmalar bilan bog‘lovchi savollar ta’minlaydi.
Geografiya tushunchalari bevosita qabul qilish — kuzatishlarga asoslanib, o'rganilayotgan narsa yoki hodisa to‘g‘risida aniq va ravshan tasavvur hosil qilingan sharoitda to‘g‘ri bo'lishi mumkin.
Tushunchani birlamchi tarzda hosil bo'lishida obyektlar va ko‘rgazmali materialning har xil turlari (jadvallar, sxemalar, suratlar va hokazolar) katta ahamiyatga egadir.
O‘quvchilar tafakkurini rivojlantirmasdan, ularni fikrlash ishiga jalb qilmasdan turib tushunchalaming o‘zlashtirilishiga erishish mumkin emas. O‘quvchilarning fikrlash faoliyatini rag‘batlantirish uchun o'qituvchi mavzu va darsni boshlab, ular oldiga muammolar qo‘yadi. O‘quv materialini bayon qila borib, o‘quvchilarni sabab va oqibatlarni, tabiat hodisalari o'rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlashga jalb qilishga harakat qiladi. Jonajon o‘lkaning tabiati mavzusi misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin, unda har xil o'simliklar hayotining tuproq, suv, oziq moddalar va boshqa omillarga bog‘liqligi, O‘simlik va hayvonlar hayotining tabiiy sharoitlarga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Geografiya tushunchalarining o'zlashtirilishida predmetlararo (nutqni rivojlantirish, o‘qish, matematika, ona tili, musiqa, ashula, mehnat, rasm olish bilan) aloqa o'rnatish muhim rol o‘ynaydi.
Predmetlararo aloqadan muntazam, uzluksiz foydalanish bolalarni ilgari olingan bilimlarini hayotda qo'llashga, o‘quv faoliyatlarining barcha turlarida mantiqiy bog‘lanish o‘rnatishga o'rgatadi.
O‘quvchilarni faol fikrlashlarini tarbiyalashda o‘qituvchining savollari katta rol o'ynaydi. Geografiya darslarida darslik matnini tiklashda (esga olishda) tahlilni, sintezni, umumlashtirishni talab qiluvchi savollar berish kerak. Javobda sintezni, talab qiluvchi, tushunchalarni kengaytiruvchi savollar alohida ahamiyat kasb etadi. Bunga quyidagi savollar misol bo‘lishi mumkin cho‘lda yashovchi hayvonlarning qaysi moslanishlari ularga qurg'oqchilikka va jazirama issiqqa chidashga yordam beradi? Dasht va cho‘l tabiatining o‘xshashligi nimada? Nima uchun tundrada katta daraxtlar o‘smaydi? va hokazolar.
Tushunchalarni rivojlantiruvchi savollar majmuasi tabiiy narsalarni jadvaldagi ulaming tasviri bilan taqqoslashni, sxemalar chizishni, doskada ulami rasm va gerbariylar bilan uzviylashtirishr o‘z ichiga oladi. Masalan, 3- sinfda quyidagilar shunday savollarda: bo‘lishi mumkin: chigit ekilgandan keyin unda qanday jarayoi boradi? Qish vaqtida daraxt bilan butani bir-biridan qanday ajratisl mumkin? Yerda hamma tomonlarga harakat qilganda ham janubga boradigan joy bormi? (Xarita yoki globusdan ko'rsating). Tabiatd suv aylanishining sxematik tasvirini bering.
O‘quvchilar jadvaldan foydalanib, o'simlik va hayvonlamin; tashqi xususiyatlarini taqqoslaydilar, ular har xil tabiiy sharoitlard yashashga qanday moslanganliklarini hikoya qiladi. Tushuntirish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘z ijodiy daftarlarigi ko‘chirib olishlari uchun doskaga oddiy sxemalarni chizish mumkin. O‘quvchilarga uyda sxemalar chizishni taklif qilish han mumkin, kelgusi darsda esa chizilgan sxemalar birgalikda aniqlanadi va to'ldiriladi.
Shunga o'xshash ishlar o'qituvchi tomonidan oldindan ilib qo‘yilgan jadvallami to'ldirish bo'yicha ham o'tkaziladi. Jadvallarni taqqoslash va umumlashtirish uchun sinfda (umumlashtiruvchi darslarda) hamda uyda to‘ldirilishi mumkin. Solishtirma jadvalla sinfdagi amaliy ishlarda tirik tabiat burchagida hamda maktab o‘quv tajriba maydonchasida tajribalar o‘tkazishda qo‘llaniladi.
Jadval materiali bilan olib boriladigan kontrol ishlar har o'quvchining muayyan tushunchalarni qanchalik o'zlashtirganligini aniqlashga imkon beradi.
O‘qituvchi tushunchalar tarkibini bilib, ulami tashkil qiluvchi elementlar bo‘yicha o‘quvchilar bilimini obyektiv baholashi mumkin. Tushunchalarni o‘zlashtirilishining qadrini bilish o'qituvchiga o‘qitishning borishini fahmlashga, bilimni o'zlashtirish jarayoniga to‘g‘ri rahbarlik qilishga yordam beradi. Tushunchalarni ajratib o'qituvchi tegishli metodik uslublarni tanlaydi va qo‘llaydi (savollami takrorlash tizimini puxta tuzadi, eng samarali ko'rgazmali qurollami aniqlaydi).
Tabiiy material bilan ish olib borilganda taqqoslashga, tafakkuming rivojlanuvchi mantiqiga alohida ahamiyat beriladi. Bu uslubning muhimligini hisobga olib, uni kengroq qarab chiqishga to‘g‘ri keladi.
Taqqoslash — narsa va hodisalar o'rtasidagi o‘xshashlik va tafovut belgilarini aniqlash demakdir. Taqqoslash — aqlning tahliliy ishi. Taqqoslash jarayoni murakkab, o‘z ichiga sintez, umumlashtirish va xulosani oladi. O‘quvchilar narsalaming belgilarini ajrata olsalar, muhimni uncha muhim bo‘lmagandan farq qilsalar, bu sintez, umumlashtirish va xulosali taqqoslash bo'lishi mumkin, chunki bunda faqat muhim belgilar bo‘yicha taqqoslash mumkin bo'ladi.
Taqqoslash uchun topshiriqlar tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:

  1. Faqat bir-biriga daxlli bo'lgan narsa va hodisalarni, ya’ni ular o'rtasida o'xshashlik yoki tafovut bo'lganlari (archa va qarag'ay, zarang va chinor)ni taqqoslash kerak.

  2. Taqqoslash maqsadga yo'nalgan holda (masalan, bo'ri va it, it va mushuk) bo'lishi, taqqoslash faqat tashqi belgilari bo'yi- chagina emas, balki xarakteri va keltiradigan foydasiga qarab ham bo'lishi mumkin.

  3. Taqqoslash xulosa bilan tugallanishi kerak.

Mashqni ikki narsa yoki hodisani taqqoslash bilan boshlamoq zarur. Keyin uch, to‘rt va hatto undan ko'proq obyektlarni taq­qoslash mumkin bo'ladi. Taqqoslashni bir-biriga qarama-qarshi jihatlami qo'yishdan boshlash qulay (qum sochiluvchan, loy esa yopishqoq). Bolalar asta-sekin faqat farq qiladigan belgilami emas balki o‘xshashlarini ham ajrata boshlaydilar, hodisa va narsalaminj eng muhim belgilarini aniqlaydilar.
Kuzatish va suhbatlar taqqoslash uchun materialdir. Taqqoslashga kirishishdan oldin ulami qanday bilib borish kerakligin ko'rsatish kerak. Suhbat jarayoni shu ma’noda juda qulay Chunonchi, 3- sinfda «O‘simlik va hayvonot olami» mavzusin o‘rganishda tabiatdagi kuzatishlardan keyin ushbu savolla bo‘yicha suhbat o‘tkazish mumkin: sen yashayotgan joyda qays o‘simliklar ariq bo‘ylaridagi nam tuproqda, qaysilari ariqdai uzoqda — quruq tuproqda o‘sadi? O‘simlklar va hayvonla hayotidagi o‘zgarishlar jonsiz tabiatdagi qaysi o‘zgarishlar bilai bog‘liq? Nima uchun kuz oylarida havoning harorati o'zgaradi! Suvda o'sayotgan qamish quruqda o'sayotganlaridan tashq ko‘rinishi bo'yicha nima bilan farq qiladi? Qurbaqa va baqaninj tuxumlarida qanday farq bor?
Maktab maydonidagi gulzorda o‘suvchi o'simliklami poyasi barglari, gullari, mevalari bo‘yicha taqqoslashni taklif qilisl mumkin. Taqqoslash asta-sekin mustaqil hikoya belgilarini kasl etib boradi. Taqqoslash yordamida o'qituvchi o'quvchilar bevosit: kuzatmagan, yaqqol ko‘rmagan, qabul qilish vositasida sezgilar sezmagan hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib berish mumkin.
Tahlil butunni belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarg; bo‘lish, o‘xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir. Masalan hamma g‘alla o‘simliklarining ildizi, poyasi, guli va mevasi bo‘ladi Ammo bu belgilarning o'xshashligida, masalan, bug‘doy va makkajo‘xorida farqlar ham bor.
Sintez bog‘lanishIar o‘rnatish, umumlashtirish va xulosj chiqarishdir (g‘alla o'simliklarining ildizlari ko‘pgina ingichkj ildizchalardan iborat; poyasi kovak — poxolcho‘p; bargi ensiz va uzun; mevasi — don).
Fikrlash natijasida ilgari ko'rilmagan yangi bog‘lanishlarn o‘rnatsa bo‘ladi. Tafakkur jarayonida o‘quvchi fikr yuritadi, tahli qiladi, zarur bog‘lanishlami aniqlaydi, unga berilgan aniq vazifagi mos keladigan yechim uslublarini fikran tanlaydi va qo'llaydi O‘qituvchi bolalaming har xil tushunchalardan foydalanishlarida mantiqiy tafakkurning ayrim operatsiyalari jarayonida fik yuritganlarida bu xatolami osonlik bilan payqaydi.
«Nima uchun?», «Nimaga?» savollariga javob talab qilib, o'qituvchi bolalami o'z fikrlarini asoslashga, o‘z oldilariga savollar qo'yishga va ularga to‘g‘ri javob berish uchun harakat qilishga o‘rgatadi.

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling